Informatika VIII sinf



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə1/3
tarix27.09.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#149574
  1   2   3
8-sinf informatika fanidan to\'garak konspekti 1-dars


Dars fani: Informatika - VIII sinf 1-Dars
Dars mavzusi: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi, kompyuter texnikasi vositalari. Dasturiy ta'minotga oid qo'shimcha internet materiallarini izlab toppish va foydalanish.
Maqsad: Dasturiy ta'minotga oid qo'shimcha internet materiallarini izlab toppish va foydalanishni o’rgatish
Asosiy tushunchalar: Hisoblash texnikasi
Dars jihozlari: Kompyuter va multimedia qurilmalari
Dars borishi.

  1. Tashkiliy vaqt. Salomlashish va davomatni tekshirish.

  2. Yangi mavzu bo’yicha ishlash. Mavzuni tushuntirish.

Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy, ham amaliy asosga ega ekanligini ko`rish mumkin. Amaliy asos o`sha davrda texnika erishgan yutuqlar bo`lsa, nazariy asos fanlar sohasida olingan natijalardir. Hisoblash texnikasi nazariy tomondan pozitsiyali sanoq sistemasining rivoji, qat’iy tartib-qoida va mantiq nаzariyasiga asoslangan.
Eramizdan avvalgi IV asrda yashab o`tgan Arastu (Aristotel) o`zining asarlarida inson fikrlashi va mantiqiy xulosalar chiqarish usullarini tahlil etgan. Bu yo`nalishning rivojiga Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716) belgili mantiq yo`nalishini kashf etish bilan katta hissa qo`shdi. Ingliz matematigi Jorj Bul (1815-1864) Leybnitsning bu g`oyasini "Mantiqning matematik tahlili" asarida (XIX asr) yanada rivojlantirdi. E’tiborli tomoni shundaki, Jorj Bulning asaridagi har qanday miqdor va mantiqiy amallar natijasi faqat 0 yoki 1 qiymatni qabul qiladi.
Shunday qilib matematikada Bul algebrasi yo`nalishi vujudga keldi. Bul algebrasi hisoblash mashinalari kashfiyotchilari uchun juda katta imkoniyat ochib berdi.
Hisoblash texnikasining rivojiga vatandoshimiz Muhammad al Xorazmiy "Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kilob", "Hind hisobi haqida kitob" va "Qo`shish va ayirish haqida kitob" asarlari orqali (IX asr) katta hissa qo`shganligini e’tirof elmaslik mumkin emas. Muhammad al-Xorazmiy o`z asarlarida hindlarning sanoq sistemasini tartibga solgan va mukammallashtirgan, arifmetik amallarni bajarish tartib-qoidalarini ishlab chiqqan, algoritm nazariyasiga turtki bergan va algebra faniga asos solgan. Al-Xorazmiy asarlari oradan 300 yil o`tgach Yevropaga tarqaldi va shundan keyin pozitsiyali sanoq sistemasi butun dunyoga yoyildi. Ma’lumki, zamonaviy kompyuterlarda pozitsiyali sanoq sistemalari qo`llaniladi.
Hisoblash texnikasi tarixi, asosan, 4 davrga bo`lingan. Ular bir-biridan hisoblash vositalarining ishlash tamoyili (prinsipi), tezligi va boshqa imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin