M exanik mashinalargacha bo`lgan davr. Insoniyat hisoblashga ehtiyoj seza boshlaganda dastlabki hisoblash vositasi sifatida barmoqlardan foydalangan. Shu sababli inson tabiiy hisoblash vositasi hisoblanadigan qo`l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash ishlarini bajargan. Lekin, bilasizki, bu vositalar yordamida ikki yoki undan ortiq raqamli sonlar ustida oddiygina qo`shish amalini bajarish ham juda qiyin ish yoki buning umuman imkoni yo`q. Hisoblash bilan bog`liq muammolarni hal etish uchun insonlar asta-sekin turli sun’iy hisoblash vositalarini ixtiro eta boshlashdi. Shubhasiz, birinchi hisoblash vositalari eramizdan 6-5 asr avval foydalanilgan cho`pxat (ya’ni, birka - belgi qo`yib biror narsa hisobi olib boriladigan tayoqcha, taxtacha) va eramizdan 5-4 asr avval yunonlar (qadimgi greklar) foydalangan abakdir. Abakka o`xshash vosita boshqa xalqlarda ham foydalanilgan bo`lib, yaponlarda - serobyan, xitoylarda - suan-pan, ruslarda - cho`t deb atalgan.
K eyingi e’tiborli hisoblash vositalari bo`lib shotland matematigi Jon Neperning tayoqchalari (1617-yil), ingliz matematika o`qituvchilari Vilyam Otredning doiraviy va Richard Delameynning to`g`ri burchakli logarifmik chizg`ich (1632) loyihalari hisoblanadi.
M exanik mashinalar davri. Nemis matematigi Vilgelm Shikkard 1623- yili loyihalashtirgan moslamadan mexanik mashinalar davri boshlandi. Aslida esa Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967- yili Madriddagi milliy kutubxonadan Leonardo daVinchining nashr etilmagan qo`lyozmasi topilgan. Qo`lyozmadagi chizmalar ichida o`n Shikkard moslamasi uchta raqamli sonlarni qo`sha oladigan hisoblash qurilmasining chizmasi mavjud bo`lib, qurilma qo`shish va ayirish amallarini bajaruvchi mashina ekanligi ma’lum bo`ldi. Shunga asosan Uyg`onish davrining buyuk rassomi, italiyalik matematik Leonardo da Vinchi (1452-1519- yillar) birinchi hisoblash qurilmasining ixtirochisi deb hisoblanadi.
1 642- yilda fransuz matematigi va fizigi Blez Paskal qo`shish va ayirish amallarini bajara oladigan "Paskalina" nomini olgan mexanik mashina yasadi. 1642-1645- yillarda Paskal mexanik tarzda hisoblovchi qurilmasining 50 dan ziyod shakllarini ixtiro eldi. Ularning 1645- yilda yasalgan eng mnkammali "arifmetik mashina" yoki "Paskal g`ildiragi" deb nomlandi. Bu qurilma sonlarni "eslab" qolardi va 4 arifmetik amalni bajara olardi.
1673- yilda nemis matematigi va fizigi Gotfrid Vilgelm Leybnits ikkilik sanoq sistemasi qollangan 4 amal bajara oladigan hamda ildiz chiqara oladigan mashina ixtiro etdi.
Yuqoridagi barcha mexanik qurilmalar qo`l bilan harakatga keltirilar edi. Ingliz matematigi Charlz Bebbij 1822- yilda bug`da ishlaydigan va hisoblash jadvallarini chop eta oladigan