ayirmali mashina ixtiro etdi. U dastur bilan boshqariladigan arifmetik, boshqarish, xotira, kiritish va chiqarish qurilmali hisoblash mashinasi g`oyasi asoschisidir. Ch. Bebbijning bu g`oyasi hozirgi kompyuterlarning tuzilishiga asos bo`lgan. U bilan birga ishlagan ingliz matematigi Ada Avgusta Lavleys (Bayron) Bebbij mashinasi uchun birinchi dasturlarni ishlab chiqdi va ba’zi tushuncha va atamalarni kiritdi. Lekin, o`sha zamon texnologiyasining chegaralanganligi sababli g`oya hayotga tatbiq etilmay qoldi.
Yuqoridagi ixtirolar asosida quyidagi savollarga dastlabki javoblar olindi:
Sonlarni mashinada qanday qilib tasvirlash kerak?
Hisoblash uchun boshlang`ich qiymatlarni mashinaga qanday usulda kiritish kerak?
Arifmetik amallarni mexanik ravishda qanday bajarish kerak?
Amal bajarish davomida o`nliklarni qanday qilib o`tkazish kerak?
Amal bajarish natijasida hosil qilingan sonlarni qanday tasvirlash kerak?
E lektromexanik mashinalar davri.
Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo`l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalarining ishlab chiqilishi elektromexanik hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi.
- 1831- yilda amerikalik J.Genri Mark-1 elektromexanik rele ixtiro qildi. 1918-yilda bir-biridan bexabar holda rus olimi M.A. Bonch-Bruyevich va ingliz olimlari V. Ikklz va F. Jordantrigger deb atalgan elektron rele ixtiro etishdi.
1930- yilda Vannevar Bush elektromexanik releda yig`ilgan hisoblash mashinasini yasadi. 1941- yilda nemis muhandisi Konrad Suze elektromexanik releda yig`ilgan Z3 nomli hisoblash mashinasini yasadi. Uning mashinasi quyidagi imkoniyatlari bilan ajratib turardi: dastur asosida boshqariladi, ikkilik sanoq sistemasida Ifodalangan qo`zg`aluvchan nuqtali sonlar ustida amallar bajaradi, mantiqiy sxemaga asoslangan. 1944- yilda Govard Eyken "Mark-1" nomli elektromexanik releli dastur asosida ishlaydigan mashina yasadi.
E lektromexanik mashinalarelektromexanik rele asosida yasalgani uchun yetarlicha ishonchli emas edi. Inglizolimi Jon Fleming 1404 yilda diodni (grek. di - ikki, hodos — yo`l) ixtiro etdi. Amerikalik muhandis Li de Fores 1907- yilda triod — elektron vakuumli lampani kashf etdi. Hisoblash texnikasining keyingi rivojiga diod va triodning kashf etilishi katta ta’sir ko`rsatdi.
Elektron hisoblash mashinalari davri. 1946- yilda birinchi bo`lib AQSHning Pensilvaniya universitetida Jon Mouchli va Jon Ekkert 70 tonnaga yaqin og`irlikdagi, 300 kvadrat metr joyni egallagan, qariyb 18 mingta elektron lampali ulkan elektron hisoblash mashinasi "ENIAC" (Electronic Numerical Integrator And Calculator)ni qurishdi. U sekundiga 300 ta ko`paytirish va 5 000 ta qo`shish amalini bajara olardi. Uning tezligi elektromexanik releli mashinalarga nisbatan 1000 marta katta edi. Shu bilan "ENIAC" elektron hisoblash mashinalari davri boshlandi.
5. Mavzuni mustahkamlash uchun savol-javob o’tkazish.
Hisoblash texnikasi necha davrni o`z ichiga oladi?
Birinchi tabiiy hisoblash vositalariga misollar keltiring.
Dastlabki eng sodda sun’iy hisoblash asboblarini aytib bering.
Birinchi mexanik hisoblash mashinasini kim loyihalashtirgan?
Bebbij mashinasining hisoblash texnikasi rivojidagi ahamiyati haqida so`zlab bering.
Konrad Suzening elektromexanik mashinasi qanday imkoniyatlarni ochib berdi?
"Mark-1" va "ENIAC" hisoblash mashinalari farqini izohlang.
6. O’quvchilarni rag’batlantirish. Jurnalga va kundalikga baho qo’yish.
Uy ishini belgilash va tushuntirish.