Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o'rni va ahamiyati



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə25/32
tarix05.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#173057
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Axborot texnologiyasi ma\'ruza matn

Savol va topshiriqlar
1. Axborot tizimi deganda nimani tushunasiz?
2. Axborot tizimlarining asosiy xususiyatlari va vazifalarini
aytib bering.

  1. Qanday integrallashgan tizimlarni bilasiz? Ularni sanab o'ting.

  2. Taqsimlangan ma'lumotlar ombori haqida gapirib bering.

  3. Ma'lumotlarni chegirish deb nimaga aytiladi?

  4. Axborotning aniqligi nima?

Ombordagi ma'lumotlarni tartiblash
Axborot tizimlari juda ko'p vazifalarni bajaradi. Bunday vazifalar ichida asosiysi axborotlarni to'g'ri tartiblashdir. Chunki kompyuterdagi ma'lumotlarni bexato izlash va ularni ma'lum belgilariga ko'ra qayta joylashtirish uchun ular tartiblanishi lozim.
Ma'lumotlar qiymati va formatini foydalanish uchun qulay holatga keltirish jarayoniga ma 'lumotlarni tartiblash deyiladi.
Tartiblash asosida ma'lumotlarni tasvirlash usullari haqida biror kelishishning kiritilishi yotadi. Bundan kelib chiqib, matnli fayllarni «tartiblanmagan» yoki boshqacha aytganda, «yomon tartiblangan», avtomatik holda qayta ishlanmaydigan axborotlarni o'zida saqlaydigan fayilar deb tushunish mumkin.
Kompyuterda ma'lumotlarni tartiblash belgilarning kodiga ko'ra amalga oshiriladi. Masalan, «A» harfming kodi «B» harfming kodidan kichik bo'lganligi sababli tartiblashda «A» harfi «B» harfidan oldin
joylashadi.
Guruh jurnalida talabalarning familiyasi alifbo tartibida yozilgan bo'lsa, unda quyidagicha ketma-ketlikni ko'rasiz:
Azizov B.
Botirov Sh.
Karimov A.
Hakimov J.
SafoyevaA.
QosimovaG.
Ushbu familiyalarni kompyuterda tartiblashda «H» harfming kodi «Q» harfming kodidan kichik bo'lganligi sababli undan oldin joylashadi Va quyidagicha ketma-ketlikni hosil qiladi:
Hakimov J.
Azizov B.
Botirov Sh.
QosimovaG.
Karimova A.
Safoyeva A.
Bundan kompyuterda harflarni to'g'ri ketma-ketlikda tartiblab bo'lmas ekan-da, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Tartiblashda lotin alifbosi va rus alifbosidagi barcha harflar to'g'ri ketma-ketlikda joylashadi, faqat o'zbek tilidagi «o'», «q», «g'», «h» harflari «tartibni buzadi». Umuman, kompyuterli tartiblashda belgilar quyidagicha o'ringaega bo'ladi:

  1. maxsus belgilar;

  2. raqamlar;

  3. lotin alifbosi harflari.

  4. kirill alifbosi harflari.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin