Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi
səhifə 3/4 tarix 14.09.2023 ölçüsü 378,84 Kb. #143563
3-S MI INFORMATIKANING NAZARIY ASOSLARI sillabusi sirtqi
Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanning moxiyati va mazmunini to’liq yorita olsa ;
fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo’l ko’ymasa;
fan bo’yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy axamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lsa;
fan doirasida mustaqil erkin fikrlash kobiliyatini namoyon eta olsa ;
berilgan savollarga aniq va lo’nda javob bera olsa;
konspektga puxta tayyorlangan bo’lsa;
mustaqil topshiriqlarni to’liq va aniq bajargan bo’lsa;
fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarni to’liq o’zlashtirgan bo’lsa;
fanga tegishli mavzulardan biri bo’yicha ilmiy makola chop ettirgan bo’lsa;
tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa ;
b) 4 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo’l qo’ymasa;
fanning mazmunini amaliy axamiyatini tushingan bo’lsa;
fan bo’yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o’quv dasturi doirasida bajarsa ;
fan bo’yicha berilgan savollarga to’g’ri javob bera olsa;
fan bo’yicha konspektini puxta shakllantirgan bo’lsa;
fan bo’yicha mustaqil topshiriqlarni to’liq bajargan bo’lsa;
fanga tegishli qonunlar va boshka me’yoriy xujjatlarni o’zlashtirgan bo’lsa.
v) 3 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fan haqida umumiy tushunchaga ega bo’lsa;
fandagi mavzularni tor doirada yoritib , bayon kilishda ayrim chalkashliklarga yul kuyilsa;
bayon kilish ravon bulmasa ;
fan bo’yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
fan bo’yicha matn puxta shakllantirilmagan bo’lsa.
Dostları ilə paylaş: