Ing ta’bing sо‘z ustodidur. Qalaming ochqichi bilan sо‘z eshigini ochding



Yüklə 54,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix26.12.2023
ölçüsü54,7 Kb.
#197356
1   2   3   4
66Userbay BAYKABILOV 2-son 2023. 4-6-betlar

Userbay BAYKABILOV, 
Chirchiq davlat pedagogika universiteti O‘zbek 
tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi
XALQARO BAHOLASH DASTURLARINING AHAMIYATI
jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar bel-
gilab berildi.
Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli “Xalq 
ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqa-
ro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risi-
da”gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish 
davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash 
bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy 
markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, ta’lim sifatini 
baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish 
vazifalari belgilandi.
Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati nimada?
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayot-
gan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsat-
kichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali 
kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yana-
da oshirmoqda.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
5
2023-yil 2-son
TIL VA ADABIYOT
TA’LIMI
ANGUAGE AND LITERATURE
TEACHING
L
Я
ПРЕПОДАВАНИЕ
ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
Dolzarb mavzu
Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qizi qish 
xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tamonla-
ma ta’lim-tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. 
Yuqoridagi talablar ta’lim tizimi uchun juda muhim bo‘lib, 
aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari 
rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim 
sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga 
jalb qilish kerakligini anglatadi.
Ta’limni baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok 
etish O‘zbekistonga nima beradi?
– tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakat ta’lim si-
fati va uning xalqaro standartlarini hisobga olgan holda 
uning xalqaro reytingda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulo-
salar chiqarish imkonini beradi;
– milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmuni-
ni, pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini
oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxas-
sislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratish-
da qo‘llaniladi;
– xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tad-
qiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
– xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy sa-
maraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish im-
konini beradi;
– O‘zbekistonda turli tashkilotlarning yetakchi mu-
taxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda 
ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda mo-
nitoring tadqiqiotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, 
ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga mos-
lashuviga olib keladi;
– milliy ta’lim sifatini baholash nazorat materiallarini 
xalqaro tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat material-
lari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini beradi.
Mazkur tadqiqotlar doirasida O‘zbekiston 
Respublikasi o‘quvchi-yoshlarining savodxonlik dara-
jalari ilk bor sinab ko‘rilar ekan, bunga o‘ta mas’uliyat 
bilan tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi. Buning uchun, 
xalqaro tadqiqotlar talablariga mos ravishda ishlab 
chiqilgan topshiriqlar asosida tajriba-sinovlar o‘tkazish, 
o‘quv jarayonlariga bosqichma-bosqich integratsiya 
qilib borish orqali o‘quvchilarda maxsus ko‘nikmalarni 
rivojlantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi, umum-
ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagoglar, o‘quvchilar 
foydalanishlari maqsadida o‘quvchilarning matematik, 
tabiiy-ilmiy fanlar va o‘qish savodxonligini baholashga 
qaratilgan topshiriqlarni o‘rganish muhimdir. Buning 
dalili sifatida ko‘rish mumkinki, 2022-yilda ta’lim 7 tilda 
olib boriladigan maktablar uchun milliy reyting asosida 
6-, 7- hamda 10-sinf darsliklari nashrdan chiqib, o‘quv-
chilar shu darsliklar bo‘yicha bilim olmoqda. Hozirgi 
vaqt 
da pedagoglar uchun “Pisa testlari”ni yechish 
ko‘proq qiyinchilik tug‘dirmoqda. Shu muammoni bar-
taraf etish uchun eng avvalo test tushunchasini chuqur 
tushunib olishimiz zarur.

Yüklə 54,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin