6
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 2-son
TIL VA ADABIYOT
TA’LIMI
ANGUAGE AND LITERATURE
TEACHING
L
Я
ПРЕПОДАВАНИЕ
ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
Dolzarb mavzu
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya masalasi, jumladan, ona
tili va adabiyot ta’limi murakkab va serqirra jarayon,
uni davr talablariga javob
beradigan darajada amalga
oshirish uchun qator ilmiy-nazariy muammolarni hal qi-
lish kerakki, bu esa avvalo quyidagi omillarga bog‘liq.
Bunda davlat siyosati (davlat tomonidan yaratilgan
shart-sharoit), o‘quv qurollari (darslik, qo‘llanma sifati,
saviyasi), ularning mazmunini o‘quvchi ongiga singdi-
rishda qo‘llanadigan usul va vositalar (texnik, ashyoviy
va hokazo), ta’limni amalga oshiradigan shaxs (o‘qituv-
chi)ning kasbiy mahorati, shaxsiyati (jonkuyarligi, vijdo-
ni va hokazo), o‘quvchining qobiliyati (zehni, xotirasi),
uquvi, tarbiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Davlat ta’lim siyosatining bugungi kundagi muhim
vazifasi innovatsion texnologiyalar asosida ta’lim jara-
yonlari sifat
va samaradorligini oshirish, shaxsni rivoj-
lantirish va uni hayotga tayyorlashga yo‘naltirilgan kom-
pleks chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. XXI
asr yuksak texnologiyalar zamoni, tafakkur asri, yalpi ax-
borotlashuv asri, globallashuv davri deb ta’rif etilmoqda.
Globallashuv – insoniyatning ong-u shuuri, tafakku-
ri samarasi sifatida
vujudga kelgan umumiy jarayon, u
chegara va hududlarni bilmaydigan, tuzumlarni tan ol-
maydigan, uzluksiz kuchayib va rivojlanib borayotgan
jarayondir.
Ana shunday globallashuv davrida har qanday dav-
latning rivojlanishi, uning rivojlangan davlatlar qatori-
dan mustahkam o‘rin olishi, birinchi navbatda, davlat-
ning intellektual salohiyati, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi
va zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimiga bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
7-fevraldagi F-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan
“2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlan-
tirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi”ning Ijtimoiy sohani rivojlantirish yo‘na-
lishining to‘rtinchi – “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish”
bo‘limida: jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlan-
gan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy
nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik
islohotlarni chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivoj-
lantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish
kabi vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning
amalga oshirilishida maktab o‘qituvchilarining zimmasi-
ga keng ko‘lamli vazifalar yuklanadi. Bu vazifalarni ba-
jarish o‘qituv chidan yangicha faoliyat – innovatsion faoli-
yatni talab etadi. Bugungi rivojlangan texnologiyalar asri
va shiddatli zamon taraqqiyoti bevosita ta’lim sohasi va,
shu bilan bir qatorda, ta’limning asosiy ish quroli bo‘lgan
darsliklarning ham zamon talabi darajasida bo‘lishini
taqozo qiladi. Darslarni turli slaydlar, audioeshittirishlar
vositasida tashkil etish, albatta, dars jarayonida vaqtdan
unumli foydalanish, ta’lim sifat-saviyasi, samaradorligini
oshirish, bolani darsga qiziqtirishda
katta ahamiyatga
ega. Zero, XXI asrda o‘qitish XXI asr ko‘nikmalaridan ke-
lib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: