Bag’ishlov Endi baxt ostonasiga, qo’yasiz qadam,
Hayotingiz tubdan o’zgara boshlar.
Garchi qalbingizda, bo’lsada motam,
Dilga cho’kib ketar, ko’zdagi yoshlar.
Mehr ila boqingiz mehr berganda,
Ko’ngildan g’ashlikni chiqarib tashlan.
Duo qilib doimo Parvardigorga,
Imonli insonlar safida yashang.
Mudom samimiyatdan kulshin ko’zingiz,
Yurakdan yurakka borsin so’zingiz.
Alamlarni yashirib kulsin yuzingiz,
Baxtni qidirmang! baxt bu sizning o’zingiz.
Tilingiz istig’for aytib tolmasin,
Yaxshi bo’ling, yo’lingizdan chiqsa yomonlar.
Axir siz baxt uchun yaratilgansiz,
Yiroqlab ketsinlar yomon gumonlar.