Italiyada – 1971 yili pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy markaztashkil etildi va
“Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi.
Vengriyada - 1973 yili o’qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi.
O’qitish texnologiyasi bo’yicha Xalqaro seminarda (Budapesht, 1977) olim S.G.
Shapovalenko o’qitish jarayonining uchta texnologik prinstiplarini ko’rsatdi:
1. Bilim va texnikani mukammal egallash.
2. Audiovizual materiallari fondi bilan tanishish.
3. Ulardan samarali foydalanish
metodikasini bilish, shu jumladan ijodiyyondoshishi
rivojlanishi ham.
Vengriya olimi L. Salai “o’qitish texnologiyasi” tushunchasiga rejalashtirish,
maqsadlarni
taxlil qilish, o’quv-tarbiyaviy ishlar jarayonini ilmiy tashkil
etish,samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim vosita va materiallarnitanlashni
kiritib o’qitish jarayonini tashkil etuvchilarni doirasini anchakengaytirdi. E. Bisterski va
J. Stellerlar (AQSh) to’plangan ma’lumotlar bo’yichao’qitish
texnikasi faqatgina
yordamchi vosita va yangi sistemadan iborat bo’libginaqolmay, balki o’qish jarayoni
tashkiliy shaklini, metodi va mazmunini o’zgartiribuning
rivojlanishida katta rol
o’ynadi. Bu esa o’z navbatida o’qituvchilar vao’quvchilarni pedagogik fikrlashlariga
katta ta’sir ko’rsatdi.
Rossiya XX asrning 90-yillarida pedagogik texnologiyalar bo’yicha Markaz tashkil
etildi, “Maktab texnologiyasi”, “Ta’limda innovastiyalar” jurnallarinashr etiladi.
O’zbekiston 1997 yili kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandanboshlab ta’lim
tizimida, pedagogik nashrlarda pedagogik texnologiyalarmuammolari
dolzarb
tadqiqotchilik ob’ektlari sifatida ko’tarila boshlandi.1999 yilda Respublika ta’lim
Markazi qoshida pedagogik texnologiyalarbo’yicha Markaz tashkil etildi. “Ta’lim
texnologiyalari”, “Ta’lim muammolari”kabi jurnallar nashr etila boshlandi, pedagogik
texnologiyalar muammolaribo’yicha maqolalar “Xalq ta’limi”, “Pedagogik ta’lim”,
“Ta’lim va tarbiya”jurnallarida, “Ma’rifat”, “O’qituvchilar gazetasi” va boshqa ilmiy-
pedagogiknashrlarda bosilib chiqarilmoqda.1994 yili pedagogik texnologiyalar
muammolari bo’yicha 1-Respublika ilmiy-nazariy konferenstiyasi o’tkazildi, ma’ruzalar
va hisobotlar materiallari maxsusto’plamda chop etildi.
Dostları ilə paylaş: