Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)


Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari



Yüklə 357,81 Kb.
səhifə48/78
tarix24.12.2023
ölçüsü357,81 Kb.
#191742
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)-1

101.Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari
«Inklyuziv ta’lim” o’z maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator quyidagi vazifalarni hal etadi: - inklyuziv va integrasiyalashgan ta’lim tizimi haqida ma’lumot berish; -inklyuziv ta’limning huquqiy asoslarini ochib berish; -inklyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolarni o’rganish va bu muammolarni xal etish yo’llarini izlab topish; -inklyuziv ta’limni qo’llab-quvvatlashnig asoslarini o’rganish; -inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish tamoyillarini taxlil qilish; ish tajribalarini taxlil qilish kabilardan iborat. Shu maqsadni amalga oshirish uchun biz tadqiqotimizning maqsadini va ustivor vazifalarini belgilab oldik. - jamiyatda nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim tizimini yo’lga qo’yish va ularga yordam berishdan iborat.
100.Fransiyada inklyuziv talim tajribasi
Integrasiyalashgan o’quvchilar bilan ishlayotib, o’qituvchilar maktab psixologlari va maxsus pedagoglarni o’z ichiga olgan ixtisoslashtirilgan yordamchi tuzilmalarga yordam so’rab murojaat qilishlari mumkin. Jalb qilinayotgan xodimlar o’ziga xos sohada yoki o’zining butun maktab faoliyatida vaqtincha yoki doimiy ravishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan o’quvchilar hamda oddiy sinflarga integrasiyalashgan, rivojlanishda nuqsonlari mavjud bolalarga yordam ko’rsatishlari lozim. Mutaxassislar turli departamentlardan (sog’liqni saqlash, ijtimoiy masalalar, ta’lim) jalb qilinishi mumkin. Ulardan har biri qisqa yoki uzoq muddatda o’quvchiga yordamlashadi hamda o’qituvchi va maktab xodimlariga ko’maklashadi.
100.Germaniyada inklyuziv talim tajribasi
1979 yilda Germaniyada ta’lim to’g’riyeidagi majlis qatnashchilari tomonidan maxsus ehtiyojli bolalarni integrasiya ta’lim tizimida o’qitish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bu konsepsiyada integrasiyaning xilma xilligi va uning mazmun-mohiyati yoritib berildi. BL.Puzanov va Yu.A.Kostenkova (1999 yil)larning yozishlarichi, 80 yillarga kelib Germaniya ta’lim npimida integrasiyalashning yangicha talqini o’kuv mayetrialini Ukuvchilar imkoniyatlariga moslashtirish ishlari amalga oshirila ioshladi.
Ta’lim qonunchiligi va ta’lim tizimini boshqarish asosan Yer hokimiyatlari mas’uliyati ostidadir, va shu sababli hududlar bo’yicha muhit o’zaro farq qilishi mumkin. Oddiy o’quv yurtlariga integrasiyalashgan maxsus ta’limga muhtoj
o’quvchilarga yordam berishning shakllari ham har xil. Barcha Yerlar uchun “Maxsus ta’limni tashkil qilishga oid tavsiyalarni” (1972 yil, mart) asosiy hujjat deb hisoblash mumkin. Keyingi 20 yil mobaynida nogironlarning ijtimoiy va ta’lim integrasiyasi an’analari kuchaydi; bu esa umumta’lim maktablariga integrasiyalashgan maxsus ta’limga muhtoj o’quvchilarni qo’llab-quvvatlashni yaxshilashga olib keldi.
Hozirgi kunda ta’lim tizimi ichida qo’llab-quvvatlashning turli shakllari mavjud: o’qituvchi va ota-onalarga to’g’ri maslahat berishni ko’zda tutuvchi oldini oluvchi choralar; erta aralashish paytidagi fanlararo hamkorlik. Birgalikda ta’lim/ darslar. Yordam maxsus pedagog yoki boshqa professional tomonidan sinfda yoki uning tashqarisida to’liq yoki qisman ish kuni davomida (bolaning individual ehtiyojlari yoki maktab tashkilish muhitiga bog’liq ravishda) ta’minlanadi. “Kooperativ shakllar”- maxsus va oddiy maktablar o’rtasida o’quvchilarga birga faoliyat olib borish imkoniyatini ta’minlovchi yaqin pedogogik hamkorlikdir. “Kooperativ shakllar” integrasiyalashgan ta’limga jalb qilingan o’quv yurtlarining barcha bolalari va pedagoglarining o’quv faoliyati, butun maktab hayotini boyitish imkonini beradi.

Yüklə 357,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin