Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)


Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyojlar



Yüklə 357,81 Kb.
səhifə54/78
tarix24.12.2023
ölçüsü357,81 Kb.
#191742
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78
Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)-1

100.Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyojlar
Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bo’lmish farzandlarni mas’ulayatni his etadigan, ularni davlat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga salmoqli ulush qo’shadigan munosib fuqarolar bo’lib etishishlariga katta umid bilan qaraladi. Dunyoga “O’zbek modeli” deb nom olgan rivojlanish yo’li bilan tobora ko’proq tanilayotgan O’zbekistonda ham bolalar huquqlarini himoya qilishga juda katta e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda maktab, litsey, gimnaziya, kollej kabi bilim dargohlari bilan birgalikda turli maxsus maktab internatlar, mehribonlik uylari faoliyat ko’rsatayotganligi ham fikrimizning isbotidir. Ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus tashkillangan maktablar bor. Ularning vazifasi bolalarni maxsus o’quv yurtlariga tayyorlashdir. Bolalarni himoya qilish xalqaro tashkiloti Konvensiya tizimiga o’zining asosiy maqsadi etib bola huquqlarini asos etib oladi. Bola huquqlari xalqaro Konvensiya hamma bolalarning ehtiyojini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan ta’lim tizimini yaratish g’oyasini ilgari surdi. Chunki har bir bolada – u sog’lommi yoki nogironmi – takrorlanmaydigan xarakter, qiziqish, imkoniyat va bilimga ehtiyoj bor. Hamma bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan ta’limtizimi inklyuziv ta’lim deyiladi. Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko’zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir. Inklyuziv ta’lim ijtimoiy modelga asoslanadi va u muammoni bolada emas, balki dastur va metodologiyada deb hisoblaydi. Bunday ta’lim tizimiga ba’zi bir o’zgartirishlar kiritishni taqazo etadi. Bunda har bir bolaning ehtiyojini hisobga olgan holda o’quv rejalari tayyorlanadi, uslubiyotning psixologik muammolari bilan bog’liq tomonlari to’g’ri yo’lga qo’yiladi
100,Inklyuziv ta’limning xalqaro va O’zbekistondagi asoslari
O’zbekiston Respublikiasida nogiron bolalar bilan bog’liq tahlil va dastlabki baholash ishlari 1966 yilda boshlangan. Hozirgi kunda O’zbekistonda 250000 ga yaqin turli ko’rinishdagi nogiron bolalar (16 yoshgacha) ta’lim olish ehtiyojiga ega. Nogiron bolalar uchun ta’lim bilan birgalikda maxsus xizmatlar tashkil etish lozim. Ko’zi ojizlar, kar va eshitish nuqsoniga ega bo’lgan bolalar, poliyemiyelit bilan kasallanganlar, aqli zaif bolalar, nutqida nuqsoni bor va soqov bolalarga mo’ljallangan 86 ta maxsus ta’lim va aralash maxsus muassasalar, 982 ta maxsus bolalar bog’chalari mavjud. O’zbskistonda maxsus ta’lim sohasida quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda: - yordamga muhtoj bolalar uchun moslashuvchan va ko’p qirrali ta’lim tizimini yaratish; - mahalliy va mintaqaviy miqyosda maxsus ta’limning tobora oshib borayotgan ahamiyati asosida ta’lim boshqaruvini markazlashtirish; yordamga muhtoj bolalarga yoshlikdan toshhis qo’yish va kasalpiklarni aniqlash uchun sharoit yaratish; - milliy ta’lim standartlari asosida yordamga muhtoj bolalarga mo’ljallangon o’quv qo’llanmalar sifatini yaxshilash; ta’pim muassasalarining moddiy-texnika bozasini mustahkamlash; - nogiron bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish; - ko’zi ojiz bolalar uchun mo’ljallangan turli kitoblar, metodologik adabiyotlarni chop ztish; - nogiron bolalarni maxsus aravachalar, eshitish moslamalari, ko’zoynaklar, sport anjomlari,ish asbob-uskunalari, kanselyariya mollari, maxsus mebellar va tibbiy uskunalar bilan ta’minlash; - maxsus talim sohasida kadrlar tayyorlash. Hozirgi kunda qator ekologiq ijtimoiy va boshqa sabablarga ko’ra, shuningdeq homiladorlikdan keyingi patologik asoratlar natijasida bola rivojlanishi va birinchi navbatda, uning ongi, atrof-muhit tahlili holda faoliyatini nazorat qilish va boshqarish funksiyalarining rivojlanish masalasini o’rganish muhimdir. Ota-onalar qishloq sharoitida yordamga muhtoj bolalariga talab darajasida yordam ko’rsatish imkoniyatiga ega emas. Birinchidan, moddiy tomondan imkoniyat cheklanganligi, ikkinchi tomondan esa, yordamga muhtoj bolalarning go’dakligidan ulorning nuqsonlarini aniqlash uchun o’qituvchi va psixologlarning malakasi talab darajasida emas. Tarbiyachilar, psixologlar, o’qituvchilarning maxsus defektologiyaga asoslangan o’quv dasturlarda olgan bilim va malakalari ularning maxsus guruhlordagi faoliyatlari davamida aniq tashhis qo’yish va sifatli davalashni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi — yordamga muhtoj bo’lgan bolalarga samarali bilim olish uchun sharoit yaratishdir. Ushbu sharoitda yordamga muhtoj bolalarni integrasiyalash va reabilitasiya qilish, har bir bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ularga mos samarali inklyuziv talim turini tanlash lozim.

Yüklə 357,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin