Inklyuziv ta’limni muvaffaqiyatli joriy etish” mavzusida esse yozing (1000 ta so‘zdan kam bo‘lmagan).
Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar uchun quyidagi nafli jihatlari mavjudligidan kelib chiqadi:
Inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o’z oilasi mahallasi va qarindosh-urug’lari davrasida bo’lishga imkon beradi. Bolalarni oilasidan, uyidan uzoqda bo’lgan iternatlarga joylashtirish ularning uyi, oilasi hamjamiyat hayotiga ishtirok etish huquqiga to’sqinlik qiladi. Uyidan, oilasidan, ota-ona mehridan uzoqda bo’lgan bola diydasi qattiq bo’lib o’sadi. Chunki oila tarbiyaning bosh markazidir.
Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi. Inklyuziv ta’lim ta’lim sifatini yaxshilashga olib keladigan katalizator bo’lib xizmat qilishi mumkin. Maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim muassasalariga qabul qilinishi o’quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko’proq o’quvchilarni qamraydigan yangi o’qitish uslublarini ishlab chiqishga undaydi. Buning nafi esa hamma bolaga tegadi.
Inklyuziv ta’lim kamsitishlarni oldini olishga yordam beradi. Jamiyatda nogironlargan nisbatan yanglish fikr va munosabat juda yuqoridadir. Ular haqida ma’lumotlarning kamligi va ularni yoshligidan maxsus muassasalarda yopiq tarzda ta’lim tarbiya berilishi bunga sababa bo’lishi mumkin. Bunday munosabatni yo’qotish yoki kamaytirish ancha mushkul ishdir. Lekin tajribadan shu narsa ma’lumki, kattalarga nisbatan bolalar farqli va o’xshashlik jihatlarni tezroq anglar ekanlar. Agarda maxsus ehtiyojli bolalar normal rivojlanishdagi bolalar bilan birgalikda ta’lim tarbiya olsalar, bu barcha bolalarni nogironlarga nisbatan o’zlari singari bola ekanliklarni anglab, kasitmasliklarini ta’minlagan bo’lar edi.
O’zbekiston Respublikiasida nogiron bolalar bilan bog’liq tahlil va dastlabki baholash ishlari 1966 yilda boshlangan. Hozirgi kunda O’zbekistonda 250000 ga yaqin turli ko’rinishdagi nogiron bolalar (16 yoshgacha) ta’lim olish ehtiyojiga ega. Nogiron bolalar uchun ta’lim bilan birgalikda maxsus xizmatlar tashkil etish lozim.
Ko’zi ojizlar, kar va eshitish nuqsoniga ega bo’lgan bolalar, poliyemiyelit bilan kasallanganlar, aqli zaif bolalar, nutqida nuqsoni bor va soqov bolalarga mo’ljallangan 86 ta maxsus ta’lim va aralash maxsus muassasalar, 982 ta maxsus bolalar bog’chalari mavjud. O’zbskistonda maxsus ta’lim sohasida quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda:
- yordamga muhtoj bolalar uchun moslashuvchan va ko’p qirrali ta’lim tizimini
yaratish;
- mahalliy va mintaqaviy miqyosda maxsus ta’limning tobora oshib borayotgan
ahamiyati asosida ta’lim boshqaruvini markazlashtirish;
yordamga muhtoj bolalarga yoshlikdan toshhis qo’yish va kasalpiklarni aniqlash uchun sharoit yaratish;
- milliy ta’lim standartlari asosida yordamga muhtoj bolalarga mo’ljallangon
o’quv qo’llanmalar sifatini yaxshilash;
- ta’pim muassasalarining moddiy-texnika bozasini mustahkamlash;
- nogiron bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish;
- ko’zi ojiz bolalar uchun mo’ljallangan turli kitoblar, metodologik
adabiyotlarni chop ztish;
- nogiron bolalarni maxsus aravachalar, eshitish moslamalari, ko’zoynaklar, sport
anjomlari,ish asbob-uskunalari, kanselyariya mollari, maxsus mebellar va tibbiy
uskunalar bilan ta’minlash;
- maxsus talim sohasida kadrlar tayyorlash.
Hozirgi kunda qator ekologiq ijtimoiy va boshqa sabablarga ko’ra, shuningdeq homiladorlikdan keyingi patologik asoratlar natijasida bola rivojlanishi va birinchi navbatda, uning ongi, atrof-muhit tahlili holda faoliyatini nazorat qilish va boshqarish funksiyalarining rivojlanish masalasini o’rganish muhimdir. Ota-onalar qishloq sharoitida yordamga muhtoj bolalariga talab darajasida yordam ko’rsatish imkoniyatiga ega emas. Birinchidan, moddiy tomondan imkoniyat cheklanganligi, ikkinchi tomondan esa, yordamga muhtoj bolalarning go’dakligidan ulorning nuqsonlarini aniqlash uchun o’qituvchi va psixologlarning malakasi talab darajasida emas. Tarbiyachilar, psixologlar, o’qituvchilarning maxsus defektologiyaga asoslangan o’quv dasturlarda olgan bilim va malakalari ularning maxsus guruhlordagi faoliyatlari davamida aniq tashhis qo’yish va sifatli davalashni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi — yordamga muhtoj bo’lgan bolalarga samarali bilim olish uchun sharoit yaratishdir. Ushbu sharoitda yordamga muhtoj bolalarni integrasiyalash va reabilitasiya qilish, har bir bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ularga mos samarali inklyuziv talim turini tanlash lozim. 1996 yilning noyabr oyida YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi tashabbusi asosida Toshkentda «Maxsus ta’lim sohasida inklyuziv usullar» movzusida milliy o’quv dastur muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. 1998 yilning oktyabr oyida Buxoro shahrida ushbu mavzu bo’yicha mintaqaviy anjuman
tashkil etilgan edi. Mazkur anjuman YuNESKO, YuNISEF (BMTning bolalar jamg’armasi), Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Ushbu tadbirlar notijosida 2001 yilda O’zbekiston Xolq ta’limi vazirligi qoshida Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar ushbu markaz tomonidan bir necha o’quv seminarlari o’tkazildi va qator dasturlar amalga oshirib kelinmoqda. 2004 yilning iyun oyida «Sen yolg’iz emassan» respublika jamoatchilik bolalar jamg’armasi tashabbusi asosida Toshkent shahrida «Yetim bolalarning ijtimoiy muhofozasi» mavzusida ilk bor xalqaro anjuman tashkil etildi. Ushbu anjuman doirasida nogiron bolalar uchun talim dasturlari ham muhokama etildi. 2005 yilning may oyida Toshkent shahrida Respublika bolalar mjtimoiy moslashuvi markazi va «Sen yolg’iz emassan» respublika jomoatchilik bolalar jamg’armasi tomonidan «Ijtimoiy nochor bo’lgan bolalarga ko’mak berishning samarali shakl va usullari» nomli xalqaro forum o’tkazilgan edi. Ushbu forum tavsiyanomalari asosida YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda YuNESKO tashkiloti rahnamoligida Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi madaniy markaziga (Tokio, Yaponiya) maxsus loyiqa taqdim etilgan edi. Ushbu YuNESKO markazi tomonidan «O’zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy etish bo’yicha bog’cha va o’rta maktablarda tajribaviy guruhlar ochish» nomli loyiha qo’llab-quvvatlandi va yaqin kunlarda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi nogiron bolalarda turfa xil malakalarni oshirish va ularning qobiliyatlorini barqaror rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan iborat. Ta’lim tibbiy va ijtimoiy xizmat bilan birgalikda olib boriladi. Oila va maqallada ota-onalar uchun profilaktika hamda reabilitasiya ishlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlari tashkil etiladi. Ota-onalar nogiron bolalarini tarbiyalash va ularning aqliy rivojlanishlarini rag’batlantirish bo’yicha pedagogik usullar, shuningdeq ularning mustaqil bo’lishlari uchun tengdosh sog’lom bolalar bilan muloqot qilishlari bo’yicha o’qitiladilar. Loyiha to’qqiz bosqichdan iborat bo’lib, har bir bosqich quyidagi faoliyatlarni qamrab oladi:
1 -bosqich: Respublika ta’lim markazi qoshidagi Maxsus talim bo’yicha manba markazida ko’chma ta’lim guruhi tashkil etiladi. Ko’chma ta’lim guruhiga texnik yordam ko’rsotish.
2-bosqich: «Barqaror toraqqiyot uchun inklyuziv ta’lim» mavzusida milliy anjuman tashkil etish.
3-bosqich: Xalq ta’limi vazirligining viloyat boshqormalori bilan hamkorlikda nuqson bilan rivojlanoyotgan bolalarni aniqlash bo’yicha tibbiypsixologik-pedogogik komissiyani toshkil etish. Qo’shma guruh va sinflarda o’qitish moqsadida nuqson dorajosi me’yordon og’ishgon (3-7 yoshdagi) bolalarni aniqlash.
4-bosqich: Uslubiy tavsiyanomalar, qo’llanmalar va dasturlarni nashr qilish.
5-bosqich: Pedagog-tarbiyachilar, o’qituvchilar, psixologlarning qo’shma guruhlari va sinflarda bolalardagi nuqsonlarni tuzatish va rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish.
6-bosqich: Mavjud bolalar ta’limi muassasalarida, 2 ta bog’cha va 2 ta o’rta maktabda maxsus tajribaviy guruh tashkil etish, Texnik yordam ko’rsatish.
7-bosqich: Maktabgacha inklyuziv ta’lim Ixtisoslashgan ishlab chiqilgan tajribalarni targ’ib qilish bo’yicha ilmiy-uslubiy, amaliy-mintaqaviy anjumanni tashkil etish.
8-bosqich: Monitoring va baholash.
9-bosqich: Moliyaviy hisobot.
Loyiha yordamga muhtoj bolalar, ularning ota-onalari, bog’cha pedagogtarbiyachilariga qaratilgan. Loyiha Respublika ta’lim markazi qoshidagi Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi tomonidan Toshkent Davlat pedagogika universitetining Boshlang’ich ta’lim va defektologiya fakulteti, YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi va YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi, shuningdeq boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Loyiha bir yil muddatga mo’ljallangan. Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi 2001 yilda O’zbekiston Xalq talimi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazida tashkil etilgan. Tashkilotning asosiyfaoliyati quyidagilardan iborat:
- nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchi va
tarbiyachilar uchun turli anjuman va o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish
orqali O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga inklyuziv ta’limni tatbiq etish;
- nogiron bolalar uchun o’quv darsliklarini yaratish;
- nogiron bolalar uchun tajribaviy maydonlar barpo etish;
- bola uchun alohida rivojlantirish rejasini yaratish;
- pedagoglar va ota~onalarga maslahat xizmatini ko’rsatish;
- uslubiy qo’llanmalar, tavsiyanomalar, maxsus maktablarda nogiron
bolalar bilan ishlash rejasini yaratish;
- yuridik faoliyat va ijtimoiy muhofaza bo’yicha ma’lumot bilan ta’minlash;
- nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi jamoat va davlat
tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
- nogiron bolalar ta’limi sohasida mavjud kamchiliklarni ommaviy
axborot vasitalarida yoritib borish;
- xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; maxsus ta’lim sohasidagi tajribalarni tatbiq etish. Ta’lim sohasida yordamga muhtoj bolalarning tahsil olishlari hamisha jamiyatning diqqat markazida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Shunday ekan, ularga ta’lim beruvchi pedagoglar va mutaxassislor malakasini oshirish, zarur zamonaviy qo’llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash ham bu masalani hal qilish uchun qo’yilgan qadamlardan biri hisoblanadi.