Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari mavzu: O


Yura olmasliklari sababli



Yüklə 38,36 Kb.
səhifə12/12
tarix02.01.2022
ölçüsü38,36 Kb.
#44770
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
8jYpc59EpfE4Qec2IplQHbsRCgYAkcOsgdibZ9GW

Yura olmasliklari sababli


Maktabga osonlikcha kira olmaydilar

Sinfda harakatlana olmaydilar

Turli oyinlarda ishtirok eta olmaydilar

Suhbatdoshlari va dostlari kam

Yaxshi eshita olmasliklari sababli


Oqituvchining aytgan sozlarini, topshiriqlarni tushunmaydilar

Savollarga toliq javob bera olmaydilar

Turli oyinlarda ishtirok eta olmaydilar

Telefon orqali gaplasha olmaydilar

Suhbatdoshlari va dostlari kam

Bir ozlari begona joyda erkin bola olmaydilar

Yaxshi kora olmasliklari sababli


Doskada yozilganlarni oqiy olmaydilar va yozma topshiriqlarni tushunmaydilar

Daftarlariga kochirib yoza olmaydilar

Sinf va maktabda erkin harakatlana olmaydilar

Turli oyinlarda ishtirok eta olmaydilar

Suhbatdoshlari va dostlari kam

Yuqoridagi to‘siq (sabab)lar ularning barcha tengdosh bolalari bilan do‘stlashishlariga, birga o‘qishlariga va yonma-yon, bir mahallada, o‘z uylari, oilalarida voyaga yetishlariga halal beradi

Bu holat esa asta-sekinlik bilan jamiyatga qo‘shila olmaslik - ijtimoiy nogironlikni yetaklab keladi.



Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi?

O‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etish imkonini beradi:

- mustaqil harakatlanish birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyati orqali yuzaga keladi;

- dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi;

- o‘qishga bo‘lgan ehtiyoji va qiziqishlari ortadi;

- o‘zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi;

- ilgari sezilmagan imkoniyatlari ochiladi;

- yotsirash, yakkalanish kabi xususiyatlari yo‘qoladi.



Inklyuziv ta’lim sog‘lom bolalar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  • o‘zlariga o‘xshamagan tengdoshlarining ehtiyojlarini his qiladilar;

  • qo‘llab-quvvatlash, yordam berishga intilish –insonparvarlik hissi tarbiyalanadi;

  • yordamga muhtoj insonlarga e’tibosizlik qilmaydigan shaxsga aylanadilar;

  • tengdoshlariga g‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi;

  • insonlarga, imkoniyati cheklanganlarga pozitiv munosabat, o‘zaro hurmat tarbiyalanadi.

O‘quvchilari turlicha bo‘lgan, ularning barchalariga har birlari uchun o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda teng sharoit yaratilgan maktab inklyuziv maktab deb nomlanadi.

O’zbekistonda maxsus ta’lim sohasida quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda:

- yordamga muhtoj bolalar uchun moslashuvchan va ko’p qirrali ta’lim tizimini yaratish;

- mahalliy va mintaqaviy miqyosda maxsus ta’limning tobora oshib borayotgan ahamiyati asosida ta’lim boshqaruvini markazlashtirish;

-yordamga muhtoj bolalarga yoshlikdan tashhis qo’yish va kasalliklarni aniqlash uchun sharoit yaratish;

- milliy ta’lim standartlari asosida yordamga muhtoj bolalarga mo’ljallangan o’quv qo’llanmalar sifatini yaxshilash;

- ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

- nogiron bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish;

- ko’zi ojiz bolalar uchun mo’ljallangan turli kitoblar, metodologik adabiyotlarni chop etish;

- nogiron bolalarni maxsus aravachalar, eshitish moslamalari, ko’zoynaklar, sport anjomlari, ish asbob-uskunalari, kanselyariya mollari, maxsus mebellar va tibbiy uskunalar bilan ta’minlash;

- maxsus ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash.

Maktabda imkoniyati cheklangan bolalar uchun xavfsiz inklyuziv o`quv muhiti yaratilishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 6 noyabrdagi qaroriga asosan o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilish belgilangan.

Qarorda xalq taʼlimi tizimida kasb-hunarga yo‘naltirish, ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish mexanizmini yanada takomillashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirishning ilg‘or tajribalarga asoslangan zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish, inklyuziv taʼlimni joriy etish, rivojlantirish hamda bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va jamoatchilikni ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlash orqali bolalar uchun xavfsiz inklyuziv o‘quv muhitini yaratish ko‘zda tutilgan.

Korreksiyalovchi (kamchiliklarini tuzatish) taʼlim mazmunini o‘quvchilarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda individual bo‘lishini taʼminlash orqali har bir o‘quvchi inklyuziv taʼlim sharoitida erkin his qiladigan darajaga yetkazilishi zarur. Buning uchun taʼlim jarayonida ishtirok etuvchi barcha pedagog xodimlar, tarbiyachilar oldiga yagona talab qo‘yiladi. Bunda o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashga yaʼni oilada, mahallada, jamoat joylarida, umuman olganda hayotda qo‘llaniladigan shaxslararo munosabatlardagi barcha kommunikativ ko‘nikma va malakalar berilishini taʼminlashni ko‘zda tutadi.

Inklyuziv taʼlimga o‘tishda maktab va undagi sinf xonalariga alohida talablar qo‘yiladi. Chunki barcha umumiy o‘rta taʼlim maktablari sog‘lom bolalarni taʼlim olishiga mo‘ljallangan. Shuning uchun harakati cheklangan, zaif ko‘ruvchi, ko‘zi ojiz, kar va zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus qurilmalar, moslamalar, darslik va o‘quv materiallari, jihozlar bo‘lishi talab etiladi.

Inklyuziv sinflarda umumtaʼlim maktablarining barcha o‘qituvchilari faoliyat olib boradi, faqat sinfdagi imkoniyati cheklangan bolalar bilan maxsus taʼlim mutaxassislari (surdopedagog, tiflopedagog, oligofrenopedagog) maxsus o‘qituvchi sifatida hamkorlikda ish olib boradi. Inklyuziv taʼlim umumtaʼlim dasturlari asosida har bir yo‘nalishdagi (ko‘rishdagi, eshitishdagi, aqliy faoliyatida muammosi mavjud) bolalarga yo‘naltirilgan, moslashtirilgan o‘quv dasturlari asosida individual yondashuv orqali o‘qitiladi.



Ta'limni o‘quvchilarning imkoniyatlariga yo‘naltirish

Ko‘zi ojiz o‘quvchilar: eshitish va taktil sezgisi orqali o‘quv materiallarni yaxshi qabul qiladi.

Eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilar: Ko‘rish sezgisi o‘tkir bo‘lganligi sababli o‘quv materialni vizual ravishda qabul qiladi. Ko‘rsatib tushuntira olmagan qismini imo-ishora bilan tushuntiradi.

Aqliy faoliyati yengil darajadagi o‘quvchilar: O‘quv materiallarini kompleks ravishda barcha analizatorlariga ta'sir etgan holda olib boradi.

Ijodiy imkoniyatlari mavjud bolalarni harakat imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning qiziqishlarini qo‘llab imkoniyat yaratib borish va kasbga yo‘naltirish.

Sanab o‘tilgan bolalarning hususiyatlari quyidagilar: faoliyat sustligi va diqqat tarqoqligi, tovushlar talaffuzida kamchiliklar, nutq zaxirasining yetarli shakllanmaganligi, mayda motorikalarida muammolari bor, emotsional-hissiy holati o‘zgaruvchan, tushuncha va tasavvurlarining cheklanganligi. Inklyuziv sinf o‘quvchilarning soni 25 nafardan oshmasligi,hamda bu sinfda alohida ehtiyojli bola soni 2 nafardan oshmasligi belgilangan. Xalq ta'limi vazirligi, Bolalar ijtimoiy moslashuv markazi hamda yevropa ittifoqi hamkorligida, 2014 yil mart oyidan boshlab, respublikaning 5 ta viloyatining 15 ta maktabida “Inklyuziv ta'lim” loyihasi amalga oshirilgan va bugungi kunda loyiha doirasida 800 nafardan ortiq bolalar inklyuziv sinflarda tahsil olmoqdalar.

Nogironligi boʼlgаn insonlаrgа oʼz huquqlаrigа egа boʼlishlаridа, imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishlarida qanday yordam ko`rsata olamiz?

Siz ham ularning bаrchа bolаlаr bilan doʼstlashib oʼqib, doʼstlikda yashashlariga yordam bera olasizmi? unday boʼlsa, oʼz fаoliyatingizni qаytа koʼrib chiqing!



Tа’lim sifаtigа hissа qoʼshing!
Yüklə 38,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin