Mamlakatimizda ta’lim sohasiga jahon standartlari talablarini joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalarning sog‘lom tengdoshlari orasida bir xil sharoitda ta'lim olishini ta'minlash tendensiyasi ham shular jumlasidandir.
Ta’limda tenglik bo‘lishi, barcha bolalar birgalikda ta'lim olishi Inklyuziv ta'lim deb nomlanadi va bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.