Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari mavzu: O



Yüklə 38,36 Kb.
səhifə8/12
tarix02.01.2022
ölçüsü38,36 Kb.
#44770
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
8jYpc59EpfE4Qec2IplQHbsRCgYAkcOsgdibZ9GW

Malakaviy tamoyil. Maxsus ehtiyojli bolalar inklyuziv tarzda o’qitilayotgan sinflarda yuqori malakali o’qituvchilarning dars berishi talab etiladi. Bundan tashqari inklyuziv sinf o’qituvchisi defektlogiya sohasi bo’yicha ham malaka oshirgan bo’lishi kerak.

2. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilishga oid qonun hujjatlar.

Har bir inson taʼlim olish, barcha qatori voyaga yetib, jamiyatda erkin yashash huquqiga ega. Ushbu huquqlarning barchasi nogironlar uchun ham taaluqli.

Bu qoidalarning barchasi BMTning inson huquqlari butunjahon deklaratsiyasida (1948 y), bola huquqlari to‘g‘risidagi (1989 y), hamda nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi (2006 y) konvensiyalarida o‘z ifodasini topgan. BMT tomonidan 1989 yilda qabul qilingan «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiyasi hamma bolalarni, shu qatori maxsus ehtiyojli bolalar huquqlarini ham himoya qiladi va qo‘llab-quvvatlaydi. Aynan 2, 23, 28, 29 - moddalarda maxsus ehtiyojli bolalari huquqlari belgilangan.

«Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiyaning 2-moddasi maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun asosiy modda hisoblanadi. Unda mazkur Konvensiyadagi har bir modda irqi, dini, millati, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha bolalaga tegishliligi haqida ta’kidlanib, “Barcha huquqlar har bir bola uchun tegishli. Kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun zarur choralarni ko’rish ishtirokchi davlatlar majburiyatlariga kiradi” deb bayon qilingan.

Ushbu hujjatlarda ishtirokchi davlatlarning nogironlarning barcha qatori teng huquqlardan foydalana olishlari uchun amalga oshirishlari lozim bo‘lgan tadbirlar ko`rsatilgan.

O`zbekiston respublikasi hukumati inson huquqlari va erkinliklarini eng ustuvor vazifa hisoblab, birlashgan millatlar tashkilotining yuqoridagi kelishuvlarini ratifikatsiya qildi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda nogironlikning oldini olish va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash, o‘qish, mehnat qilish va dam olishlari uchun qonuniy asos yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonuni, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son ‘‘Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risidagi Nizom’’ni tasdiqlash haqidagi Qarorlaridir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

• 2020-2025 yillarga xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda – Konsepsiya) va 2020-2021 yillarda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;

•alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari).

Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi.

I bosqich


  • malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

  • moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va muassasalarni maхsus moslamalar (koʻtarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, turli kasblarga oʻqitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlash;

  • zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;

  • aholi oʻrtasida ijobiy ijtimoiy muhitni shakllantirish;

  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada boʻlishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • inklyuziv ta’lim tizimini tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim muassasalarining faoliyatiga joriy qilish. 


Yüklə 38,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin