Miliy dasturda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun:
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish;
yuqori malakali o‘qituvchi-mutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular bilan to‘ldirib borishni ta’minlash;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu sohada raqobatga asoslangan muhitni shakllantirishni va samarali faoliyat olib borishni ta’minlovchi me’yoriy bazasini yaratish;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli shaklidagi tashkilot va muassasalarning talab-ehtiyojlariga muvofiq kadrlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlovchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish va rivojlantirishga ko‘maklashish;
professional trening ilg‘or texnologiya va uskunalarni, shuningdek, murakkab, fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini ishlab chiqish, yaratish va amaliy o‘zlashtirib olish zarur.
Kadrlar tayyorlash Milliy tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagi: Ta’limning uzluksizligini ta’minlash;
Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish;
Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar;
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar;
Ta’lim tizimini boshqarish;
Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;
Ta’lim tizimini moliyalash;
Moddiy-texnika ta’minoti;
Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish;
Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish;
Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
Fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish;
Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish;
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik kabi yo‘nalishlar belgilab qo‘yilgan.