O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI MAKTABGACHA VA TEXNOLOGIK TA’LIM FAKULTETI MAKTABGACHA VA TEXNOLOGIK TA’LIM YO’NALISHI 301-GURUH TALABASI MUXAMMADIYEVA MUXLISANING MAKTABGACHA TA’LIMDA BOSHQARUV VA MENEJMENT FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI
Mavzu: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining hamkorlikka doir ish hujjatlarini oʻrganish Mundarija: KIRISH…………………………………………………………………………3 I. BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA HAMKORLIK METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI VA UNING VAZIFALARI……. 6 1.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida hamkorlik ishlari va uning vazifalari…………………………………………………………………………6 1.2. Turli tirdagi maktabgacha ta`lim muassasining tashkiliy tizimi va hujjatlari ………………………………………………………………………. II. BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA OLIB BORILADIGAN HUJJATLAR VA HAMKORLIKNI TAMINLOVCHI VOSITALAR……………………………………………………………………11 2.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida hamkorlikni ishlarini o’rganish…………………………………………………………………………20 2.2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti hujatlarining bajaradigan funksiyalari tahlili va ularga qo’shimchalar va takliflar……………………………………30 III. XULOSA……………………………………………………………………..35 IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………36 V. ILOVALAR…………………………………………………………………..38
KIRISH Mavzuning dolzarbligi:Ta’lim muassasalarining bir turi sifatida maktabgacha ta’lim muassasasi, shubhasiz, ularning har qaysisiga xos, bolalarning tarbiyasi, ta’limi, rivojlanishi va salomatligiga yaxshi yo‘nalganligi bilan bog‘liq umumiy xususiyatlarga ega. Shu asnoda tarbiyalanayotgan bolalarning yosh xususiyatlariga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati boshqa ta’lim muassasalarida kechadigan pedagogik jarayonlardan jiddiy farq qiladi.
Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, ta’lim sifatini boshqarishning umumiy nazariy yo‘llarini maktabgacha ta’lim amaliyotiga mexanik ravishda ko‘chirish mumkin emas. Ular maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining o‘ziga xosliklariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirilishi kerak.E’tirof etish joizki, ta’lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu sababli, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida bolalarni estetik tarbiyasi o‘ziga xos yo‘nalish sifatida qabul qilingan.Darhaqiqat, kelajak poydevori bo‘lgan, har jihatdan mas’uliyatli, ma’naviy yetuk, axloqan pok, bir so‘z bilan aytganda jamiyat taraqqiyoti uchun munosib xissa qo‘sha oladigan yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero,Birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, «…bugungi kunda farzandlarimizning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa qolmoqda».1Aytish joizki, ta’lim muassasalari oldida barkamol avlodni voyaga yetkazish masala dolzarb masala hisoblanadi. Bu kabi islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad − yosh avlodning tarbiyasiga atroflicha yondashish, turli yosh guruhlaridagi bolalarning
bilim doirasini kengaytirish, o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu jarayon jamiyatimizning ijtimoiy va ma’naviy rivoji borasida olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu esa uzluksiz ta’lim tizimining bir bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga har tomonlama yuksak e’tibor berish zaruriyatini kun tartibiga olib chiqadi. Mustaqilligimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlashda har bir o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbiga ona Vatanga mehr-muhabbat, istiqlolga sadoqat, kelajakka ishonch tuyg‘ularini singdirish, dunyoqarashini kengaytirish, bir so‘z bilan aytganda, har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib voyaga yetkazish muhim vazifalardan biridir.Zero, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”3.
Ma’lumki, bolaga maktabgacha yoshida berilgan ta’lim – tarbiya uning butun hayoti davomida muhim o‘rin tutadi. Respublikamizning kundan-kunga jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallab borishi, rivojlangan davlatlar bilan tenglik tamoyili asosida o‘zaro hamkorlikka erishishi, nafaqat ota-onalar, balki, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari zimmasiga bolani yoshiga munosib tarzda har tomonlama tarbiyalab borish zaruriyatini yuklamoqda.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalashda qo‘g‘irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish − bolalarning iqtidori, obyektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan yanada ahamiyatlidir.
Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini hisobga olsak, shu davrda ijtimoiy muhit va ta’lim tarbiya ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari paydo bo‘la boshlaydi. Ayni shu vazifani amalga oshirish esa, bizning mamlakatimizda milliy sharqona tarbiya poydevori hisoblangan oilada, xususan ota-onalar va shu bilan birga ta’lim muassasalari– maktabgacha va maktab ta’limi tarbiyachisi hamda pedagoglari zimmasidadir.Bolalar fantaziyasi olami, ularning qiziqishi va xohishi qadar keng va chegarasizdir. Shuning uchun ertaklar azal-azaldan kishilardagi yaxshi sifatlarni kamol toptirib, go‘zallikni xis etish qobiliyatini o‘stiradi, vatan, el-yurt obodligini, osoyishtaligini ta’minlash ishqi bilan yashashga o‘rgatadi.Ertaklarda xalq aql-zakovatining qudratli parvozi, xalqning orzu-istaklari, mingyillik donoligi, tajribasi majoziy timsollar zamiridagi mangu hayot muammolarini bilishga intilishini aks ettiradi. Inson bor ekan, ertak bilan o‘sib ulg‘ayadi, o‘zining qalb qo‘rini ertak bilan boyitadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-hissiy rivojlanishida tasviriy faoliyatning o‘rni katta. Ayniqsa, Maktabgacha ta’lim tashkilotida ota onalar bilan ishlashni tashkil etish qaralayotganligi bugungi kunda ko‘pchilik MTM tarbiyachi –pedagoglariga ham ayon emas.Shu boisdan mazkur BMI da aynan bola shaxsi shakllanishiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri sifatida ilmiy, pedagogik-psixologik adabiyotlar asosida va tajriba sinov ishlari orqali o‘rganishdan iboratdir. Shuningdek, masalaga oid tegishli tavsiyalar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilotida ota onalar bilan ishlashni tashkil etish
Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta’lim tashkilotida ota onalar bilan ishlash maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy estetik va ma’naviy ahloqiy tarbiyalash vositasi sifatida o‘rganish.
Kurs ishining vazifalari:Maktabgacha ta’lim tashkilotida ota onalar bilan ishlash maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy estetik va ma’naviy ahloqiy tarbiyalash vositasi sifatida nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish;
Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ota-onalar bilan ishlash” va undan foydalanish ahvolini o‘rganish;
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun mashg‘ulotlarni tashkil etish;
Kurs ishining metodi:kuzatish, suhbat, pedagogik tajriba, o’yin.
Kurs ishining ishi yangiligi: mazkur bitiruv malakaviy ishi maktabgacha ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari tomonidan ilgari tadqiqot ishi sifatida o’rganilmaganligi bilan yangilikdir.
Kurs ishining ishi tuzilishi: kirish, 2 bob, 4 band, xulosa va tavsiyalar, ilovalar qismidan iborat bo’lib, jami 42 betni tashkil etadi.