Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining hamkorlikka doir ish hujjatlarini oʻrganish kurs ishi
Shuningdek, qonunda:
Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart ekanligi hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgarligi;
Davlat ta’lim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy budjetlar mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi;
Ta’limni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkinligi;
Ta’lim muassasalari ta’lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etishlari, xorijiy mamlakatlarning tegishli o‘quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o‘rnatishi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo‘shma o‘quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega ekanligi;
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi yoritib berilgan.
II. BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA OLIB BORILADIGAN HUJJATLAR VA HAMKORLIKNI TAMINLOVCHI VOSITALAR 2.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida hamkorlikni ishlarini o’rganish O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etish zaruratini yuzaga keltirdi va qator chora-tadbirlar ko‘rishni, jumladan: Davlat ta’lim standartlarini joriy etishni, yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarni joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni, o‘quv yurtlarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.
Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o‘zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o‘quv jarayonining moddiy- texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida puxta o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning yo‘qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.