Inklyuziv ta’limning o‘ziga xosliklari nimalardan iborat va bu tizim nima uchun O‘zbekistonga kerak


I. BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA HAMKORLIK METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI VA UNING VAZIFALARI



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə2/15
tarix01.06.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#121506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining hamkorlikka doir ish hujjatlarini oʻrganish kurs ishi

I. BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA HAMKORLIK METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI VA UNING VAZIFALARI
1.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida hamkorlik ishlari va uning
vazifalari
Inklyuziv ta’limning o‘ziga xosliklari nimalardan iborat va bu tizim nima uchun O‘zbekistonga kerak.— «Inklyuziv ta’lim» iborasi bilan salomatligiga doir turli nuqsonlar bo‘lgan bolalarga sog‘lom bolalar bilan birga ta’lim berish, ya’ni barchaga, ularning jismoniy holatidan qat’iy nazar bir xonada ta’lim berish nazarda tutiladi.Shu bilan birga, inklyuziv ta’lim – bu barcha o‘quvchilarning turli xil talablarini ta’lim jarayonida, jamiyat madaniy hayoti va turmushida ularning ishtiroki kengayishi, ta’lim tizimi tomonidan cheklovlar qisqarishi tufayli hisobga olish va qoniqtirishdir. Inklyuziv ta’limni ta’minlash uchun mutaxassislar alohida g‘amxo‘rlikka muhtoj bolaning holatidan kelib chiqqan holda ta’lim dasturlari va pedagogik uslublarni qo‘llay olishi talab etiladi. Aks holda, bu bolaning o‘ziga xos talablari inobatga olinmayotgan jarayonda uning shunchaki ishtirokini ta’minlaydi xolos.
— Inklyuzivlik qoidasi imkoniyati cheklangan bolalar ijobiy hissiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun oddiy ta’lim tashkilotlarida o‘z tengdoshlari bilan birga ta’lim olishini anglatadi. Ixtisoslashtirilgan MTT lar qanday maqsadda tashkil etiladi?
— Ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chalari ommaviy MTT lar xodimlari orasida mavjud bo‘lmagan maxsus pedagoglar, tibbiy xizmatchilar yordami zarur bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Shu bois, bunday MTT ga yo‘llanma bolaga qo‘yilgan tashxis va buzilish og‘irlik darajasidan kelib chiqqan holda 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Bolaning ahvolida ijobiy o‘zgarish paydo bo‘lishi bilan u umumiy MTT ga o‘tgani ma’qul. Ixtisoslashtirilgan MTT da to‘g‘ri va reabilitatsiyaviy yordamni ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar barpo qilinadi – guruhlarda bolalar soni cheklangan bo‘ladi (6-15 nafargacha), maxsus pedagoglar yordamida alohida mashg‘ulotlar o‘tkazishi (logoped, surdopedagog, tiflopedagog va boshqalar), maxsus uskunalar bilan ta’minlanishi (audiosinflar, oftalmologik trenajerlar, yurgichlar va b.) shular jumlasidan. O‘zbekiston Respublikasining «Bola huquqlari kafolati to‘g‘risida»gi Qonuni alohida g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga ta’lim olishda qo‘shimcha imtiyozlarni taqdim etadi. Qanday imtiyozlar haqida gap ketmoqda? O‘zbekiston Respublikasining «Bola huquqlari kafolati to‘g‘risida»gi Qonuni 29-moddasiga muvofiq, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olish huquqiga doir kafolatlari tasdiqlangan:
1. Davlat maxsus pedagogik yondashuvlari talab etiladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning umumbelgilangan ta’lim standartlari va talablari darajasida ta’lim olishini kafolatlovchi zaruriy mablag‘lar ajratadi va boshqa choralarni ko‘radi.
2. Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan va nogironligi bo‘lgan bolalar maxsus ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim maskanlarida o‘zlarining jismoniy, aqliy qobiliyatlari va istaklaridan kelib chiqqan holda bilim olish huquqiga egadirlar.
3. Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan va nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tavsiyanomasi mavjud bo‘lganda, bola qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, o‘z istagi bilan umumiy yoki maxsus ta’lim maskanini tanlashi mumkin. Bundan tashqari, Xalq ta’limi va Moliya vazirligining qo‘shma qarori bilan bolaning jismoniy yoki aqliy rivojlanishidagi buzilishlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, shunday holatlarda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ota-onalardan to‘lov olinmaydi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin