Inklyuziv ta’limning o‘ziga xosliklari nimalardan iborat va bu tizim nima uchun O‘zbekistonga kerak


— Ixtisoslashtirilgan MTT mutaxassisi qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi?



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə4/15
tarix01.06.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#121506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining hamkorlikka doir ish hujjatlarini oʻrganish kurs ishi

— Ixtisoslashtirilgan MTT mutaxassisi qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi?
— Ixtisoslashtirilgan MTTda bolalar bilan pedagog-tarbiyachilardan tashqari maxsus pedagoglar yoki defektologlar ham ishlaydi. Ular tuzatuvchi pedagogik faoliyat olib borishadi. Insonparvarlik jihatidan baholaganda ham «defektologiya» iborasini to‘g‘ri deb bo‘lmaydi, chunki har bir inson o‘ziga xosdir, jamiyat esa «o‘ziga xos» insonlarga yordam berishi kerak. Hozirda, «maxsus pedagogika» iborasi qo‘llanilmoqda.Umuman, tuzatuvchi (maxsus) pedagogika — bu pedagogikaning rivojlanishda turli xil ruhiy-jismoniy buzilishlarga ega bolalarning shaxsiy rivojlanishi, ta’lim va mustaqil turmush kechirishda imkon qadar yuksak darajaga erishishi uchun zarur bo‘lgan ta’lim berish va tarbiyalash sharoitlarini o‘rganuvchi bo‘limidir. Maxsus pedagogikada boladagi o‘zgarishdan kelib chiqqan holda turli yo‘nalishlar mavjud:
1. surdopedagogika, eshitish qobiliyati o‘zgargan bolalar bilan shug‘ullanuvchi;
2. tiflopedagogika, zaif ko‘ruvchi va ko‘ra olmaydigan bolalar bilan shug‘ullanuvchi;
3. tiflosurdopedagogika, ko‘zi ojiz va kar-soqovlar bilan shug‘ullanuvchi;
4. logopediya nutqida o‘zgarishlar mavjud bolalar bilan ishlaydi;
5. oligofrenopedagogika, aqlida o‘zgarishlar bo‘lgan va ta’lim olishda qiynaladigan bolalar bilan shug‘ullanuvchilar.
Maxsus pedagoglardan tashqari, ixtisoslashtirilgan MTTlarning boshqa xodimlari ham nuqsonli bolalar bilan ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari darkor. Bu nafaqat tarbiyachilar va tibbiy xodimlardan, balki tarbiyachilar yordamchilari, psixologlar, musiqa ishchilari hamda boshqa barcha xodimlardan talab etiladi. Shuningdek, xodimlarning shaxsiy axloqiy sifatlari — ziyrakligi, g‘amxo‘rligi, bag‘rikengligi, qayg‘ura bilishi va ota-onalar bilan birgalikda ishlay olish qobiliyati ham muhim omil hisoblanadi.
— Oldinlari aksariyat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari bir-ikki yo‘nalish bo‘yicha ishlagan. Biroq, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chog‘ida kuzatilganidek, bolalarda jismoniy va ruhiy rivojlanishning birgina turi emas, balki ko‘rish, eshitish, tayanch-harakat tizimi va boshqalar bilan bog‘liq buzilishlar patalogiyasi kuzatiladi. Ko‘p holatlarda nevrologik buzilishlar harakat, nutq, ruhiyat, eshitish, ko‘rish, hissiy-irodaviy sohalar buzilishlari bilan birga kuzatiladi. Eshitish qobiliyatining buzilishi psixik rivojlanish va nutqning ikkilamchi buzilishiga olib kelishi mumkin va hakozo. Shu bilan birga, ma’lum bir yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan MTTga bolaning tashrif buyurishi maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Ammo, to‘liq reabilitasiya va tuzatuvchi-pedagogik yordamni to‘la ko‘rsatish uchun ko‘ptarmoqli yondashuv talab etiladi. Bunda bolakay mutaxassislar yordamini oladi va birgina ko‘ptarmoqli ixtisoslashtirilgan tashkilot sharoitida to‘liq parvarishga ega bo‘ladi. Ko‘ptarmoqli ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni tashkil etish tibbiy va pedagog mutaxassislar bilan samarali ta’minlash maqsadga muvofiqdir. Qaysi kasalliklarga chalingan bolalar guruhlari ixtisoslashtirilgan MTT ochishni nazarda tutadi?
— Davlat ko‘ptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning rivojlanishidagi jismoniy va ruhiy buzilishlari bo‘yicha quyidagi guruhlar tashkil etiladi:
1. Nutqi og‘ir buzilgan tarbiyalanuvchilar;
2. Eshitish qobiliyati og‘ir buzilgan tarbiyalanuvchilar uchun;
3. Ko‘rish qobiliyati og‘ir buzilgan tarbiyalanuvchilar uchun;
4. Asab rivojlanishi ortda qolgan tarbiyalanuvchilar uchun;
5. Aqliy rivojlanishi ortda qolgan tarbiyalanuvchilar uchun;
6. Tayanch-harakat apparati buzilgan tarbiyalanuvchilar uchun.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin