Innavatsiyalar vazirligi


-rasm. Yorug’likning qaytish qonunini topish uchun ishlatiladigan asbob



Yüklə 430,5 Kb.
səhifə6/8
tarix11.10.2023
ölçüsü430,5 Kb.
#153516
1   2   3   4   5   6   7   8
Abdujalilov Bahrom

11-rasm. Yorug’likning qaytish qonunini topish uchun ishlatiladigan asbob.



Bunday shartlar faqat yorug’lik tekis sirtga (masalan yassi, ko’zguga) tushib
qaytgandagina bajariladi (12.a-rasm). Agar yuza tekis bo’lmaganida bunday yuzaga
tushgan yorug’lik tekis qaytmasdan hamma tomonga sochilib ketadi (12.b-rasm).
Bunday qaytishga tarqoq qaytish yoki diffuz qaytish deyiladi. Bunday qaytish
tabiatda ko’proq uchraydi. Masalan odatdagi qog’oz varag’idan yorug’lik tarqoq
qaytadi.

12.a-rasm. 12.b-rasm.
Bir jinsli muhitda yorug’lik to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi. Optikaviy bir jinsli muhitda yorug’lik nuri to’g’ri chiziqli tarqaladi, chunki nuqtaviy yorug’lik manbai bilan shaffof bo’lmagan buyumlar yoritilganda, buyumlar shaklida aniq soya hosil bo’ladi. Yorug’lik nurlari to’lqin uzunligiga yaqin bo’lgan o’lchamli buyumlar yoritilganda, bu qonundan chetlashish kuzatiladi.
Geometrik optika - optikaning yorugʻlik nurlari haqidagi tasavvurlar asosida optik nurlanish (yorugʻlik)ning tarqalish qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi. G. o. qonunlari manbadan chiqayotgan yorugʻlikning toʻlqin uzunligi atrofdagi narsalarning oʻzlariga xos oʻlchamlaridan koʻplab marta kichik boʻlgan holdagina oʻrinli boʻladi. Bu holda yorugʻlik nuri degan taxminan tushunchani ishlatish mumkin. Yorugʻlik nuri sifatida yorugʻlik energiyasi oqimi tarqalayotgan chiziq tushuniladi. Hyp diafragmalar yordamida hosil qilinadi. Deyarli yoyilmasdan tarqaluvchi yorugʻlik nuriga misol qilib lazer nurini koʻrsatish mumkin.



Mustaqil tarqaluvchi yorugʻlik nurlari haqidagi tasavvur qad. dunyo fani davridayoq vujudga kelgan edi. Yunon olimi Evklid nurning toʻgʻri chiziqli tarqalish va yorugʻlikning koʻzgudan qaytish qonunini kashf qildi. 17-asrda bir qator optik asboblar (kuzatish trubasi, teleskop, mikroskop va b.) kashf qilinishi va ularning keng qoʻllanishi munosabati bilan G. o. juda tez rivojlana boshladi. Shu davrda golland matematigi V. Snell va R. Dekart tomonidan yorugʻlik nurlarining ikki muhit chegarasida sinish qonunlari tajriba asosida kashf qilindi. 17-asr oʻrtalaridayoq fransuz olimi P. Ferma G. o.ning asosiy prinsipini quyidagicha ifodalagan edi: ikki nuqta orqali oʻtuvchi yorugʻlik nuri shu nuktalar oraligʻida eng qisqa vakt ketadigan yoʻl boʻylab yuradi. 18-asrdan boshlab optik sistemalarining hisoblash usullari takomillasha borgan sari G. o. amaliy fan sifatida rivojlana bordi.
Geometrik optikada ozgina tushuncha va qonunlar (yorugʻlik nuri toʻgʻrisida tasavvur, yorugʻlikning qaytishi va sinishi qonunlari)ga asoslanib, koʻpgina muhim amaliy natijalarni olish mumkin.

Yüklə 430,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin