Mavzu bo‘yicha xulosa
G‘aznachilik - davlatning moliyaviy resurslarini boshqarishning yangi
usuli, mahalliy budjetlarning barcha daromadlarini jamlash va taqsimlashdagi
yangicha tamoyil va mexanizmlarni amalda qo‘llashdir. Qolaversa, bu budjetning
har bir so‘mini oqilona ishlatishni ta’minlovchi mexanizm. Mahalliy boshqaruv
organlarining mahalliy budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, budjet
intizomiga rioya qilish, dastlabki va joriy nazoratga urg‘u berish, budjet
tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzdorligiga yo‘l qo‘ymaslik -
g‘aznachilik tizimi faoliyatining samarasi hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, davlat moliyasini boshqarishning institutsional
tarkibida G‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari alohida o‘rin egallaydi.
Ularning faoliyati budjetdan mablag‘ oluvchilar xarajatlarini to‘lab berishda
mablag‘larning maqsadga muvofiq ishlatilishini ta’minlash, shartnomalarni
ro‘yxatga olishda dastlabki nazoratning samarali bo‘lishiga erishish, to‘lovlarni
amalga oshirishda joriy nazoratni ta’minlash, davlat xaridlarini amalga oshirishda
tegishli monitoring ishlarini olib boorish orqali davlat mablag‘lari hisobiga sotib
olinadigan tovarlar narxlarining asossiz oshib ketishining oldini olish, davlat
qarzining hisobini yuritish kabilarga, pirovardida davlat mablag‘larini samarali
boshqarishdek muhim vazifani bajarishga qaratilgan.
Ma’lumki, 2015 yil 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasida 2014 yil yakunlari va 2015 yil istiqbollariga bag‘ishlangan
yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ma’ruza qildilar va
unda bugungi kundagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotdagi dolzarb muammolar ochib
berildi hamda taraqqiyot dasturlarining eng muhim yo‘nalishlari belgilab berildi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishda asosan ana shu ustuvor vazifalarni bajarishda
davlat moliyasini boshqarish organlarining o‘rni, ahamiyati, davlat moliyasini
isloh qilish sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining muhim
tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan G‘aznachilik organlarining davlat mablag‘larini
boshqarishdagi faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rganildi. Izlanishlarimiz
asosida shakllangan hulosalarimiz quyidagilardan iborat:
Birinchidan, XX asrning oxirgi 10 yilida bozor munosabatlariga
bosqichma-bosqich o‘tish davrida mamlakatning iqtisodiy qudratini oshirish
maqsadida davlatning iqtisodiyotdagi roli oshib bordi va u ko‘pchilik iqtisodiy va
ijtimoiy funksiyalarni o‘z zimmasiga oldi. Bu esa professional davlat xizmatini
shakllantirish va barcha davlat boshqaruvi strukturalarini mustahkamlashni talab
etdi. XXI asrning dastlabki 10 yillariga to‘g‘ri keladigan iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangidash sharoitidagi
vazifalarni bajarishga qaratilgan islohotlar davlat moliyasini boshqarish tizimini
ham qamrab oldi. Bu boradagi islohotlar bir qancha yo‘nalishda, ya’ni budjet-
soliq
qonunchiligini
takomillashtirish,
budjet
hisobi
va
hisobotini
mustahkamlash, yangi budjet tasnifini takomillashtirish, budjet ijrosining
g‘aznachilik tizimini shakllantirish va uning tashkiliy, huquqiy, metodologik,
texnik va texnologik asoslarini mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda amalga
oshirilmoqda va bu jarayonning 2020 yillargacha davom etishi ko‘zda
tutilmoqda.
Ikkinchidan, bu sohadagi islohotlar davlat moliyasi, davlat budjeti va
budjet jarayonini boshqarish va tartibga solish organlari faoliyatining
samaradorligini oshirishni ko‘zda tutadi. Shu sababli ular faoliyatini barcha
sohalarda, xususan budjet tizimini boshqarishda so‘nggi ijobiy natijalarni
ko‘zlagan holda muvofiqlashtirish, shaklan va mazmunan yangi sifat pog‘onasiga
ko‘tarish talab etilmoqda. Buning uchun budjet tizimini boshqarish tizimida qator
ishlar amalga oshirildi, ularning asosiy mazmuni, amalga oshirish boqichlari va
har bir bosqichda amalga oshirilgan tadbirlar tahlili ishimizning I bobi, 1-
paragrafida keltirilgan.
Uchinchidan, davlat budjetining g‘azna ijrosini joriy etish, budjet
mablag‘larini boshqarish va ularning shakllanishi va ishlatilishini nazorat qilish
jarayonlari mukammallashib, takomillashib borayotgan bugungi davrda davlat
budjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh
qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet
mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha
darajalardagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini
oshirishga qaratilgan samarali mexanizmlarni ishlab chiqish va ularning
ta’sirchan ishlashini ta’minlash zarur. Buning uchun ishimizning 2 bobi 3-
paragrafida bayon etilgan G‘aznachilik organlarining nazorat funksiyalarining
mukammal bajarilishiga erishish, bu sohaga tajribali, bilimli, zamonaviy axborot-
kommunikatsion texnologiyalarni puxta egallagan, qonunchilikni va undagi
o‘zgarishlarni yaxshi biladilan va ularni amaliyotda qo‘llay oladigan kadrlar
tayyorlash tizimini jiddiy yaxshilash lozim.
To‘rtinchidan, davlat budjeti g‘azna ijrosi jarayonining qonuniy-huquqiy
asoslarini doimo takomillashtirib borish lozim. Ma’lumki, bu borada qabul
qilingan yangi Budjet Kodeksi 2004-2013 yillar davomida amal qilib kelgan
“Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan
normalarni ham mujassamlashtirgan, lekin amalga kiritilgan Budjet Kodeksida
“davlat budjeti g‘azna ijrosi” tushunchasi o‘zining aniq ifodasini topmagan,
vaholanki, davlat budjeti g‘azna ijrosining mazmun-mohiyatini bilish – ham
nazariy, ham amaliy nuqtai-nazardan muhimdir, deb hisoblaymiz. Shuningdek,
Kodeksda budjet jarayonining ishtirokchilari bo‘lgan Moliya vazirligi 65
G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari vakolatlari alohida ko‘rsatilishi va
belgilab qo‘yilishi lozim. Demak, davlat moliyasini boshqarish jarayoni doimo
o‘zgarib va takomillashib boradigan jarayon, uning samarasini oshirish uchun
unga asos bo‘luvchi qonuniy-huquqiy bazani doimo takomillashtirib borish
lozim;
Beshinchidan, davlat budjeti g‘azna ijrosining joriy qilinishi munosabati
bilan bu tizimning mukammal ishlashini ta’minlovchi barcha tashkiliy
elementlarni:
qonuniy-huquqiy
bazani;
axborot-kommunikatsion
texnologiyalarni; bu tizimga kadrlar tayyorlashni; budjet tashkilotlari
buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishni, ularni moliyalash mexanizmlarini
doimo takomillashtirib borish maqsadga muvofiq;
Oltinchidan, Moliya vazirligi G‘aznachiligi faoliyatini takomillashtirishda
xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik alohida muhim ahamiyatga ega, bu borada
davlat moliyasini boshqarish sohasini yaxshilash, o‘rta muddatli budjet
prognozlarini tuzish, natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish tamoyillarini joriy
qilish masalalarida xorijiy tashkilotlar, fondlar va rasmiy hukumat organlari bilan
ilmiy va amaliy hamkorlik yaxshi natijalarni berayotganligini e’tirof etish lozim.
Dostları ilə paylaş: |