O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVASIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
90K-2 GURUH TALABASI QARSHIBOYEVA SEVARANING
G’AZNACHILIK FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Toshkent 2023
G‘aznachilik yagona axborot tizimining takomillashuvi
Hozirgi kunda davlat budjeti daromadlari va xarajatlari kassa ijrosi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligining O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisob-kitob raqami hamda hududiy
g‘aznachilik bo‘linmalari uchun ochilgan hisob-kitob raqamlari orqali amalga
oshirilmoqda. Bunday tartibda faoliyat yuritish uchun uslubiy va texnikaviy asos
vazifasini “G‘aznachilik” deb nomlangan maxsus majmuaviy dastur xizmat
qilmoqda.
“Davlat moliyasini isloh qilish” majmuaviy dasturining turli modullari
orasida tegishli informatsiyalar bilan almashinuv jarayonlari modullararo
mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu mexanizmlar paketning o‘zak
qismida hamda modul tizimining alohida sozlash tizimlarida joylashtirilgan.
Modul paketining o‘zak qismi normativ-spravochnik tipidagi informativ blokka
ham ega. Ushbu informativ blok negizida bajariladigan operatsiyalar
klassifikatori, G‘aznachilik hamda bank bo‘linmalari haqidagi spravochniklarda
saqlab qo‘yiladi.
“Daromadlarni boshqarish” moduli yordamida davlat budjetiga kelib
tushadigan soliq to‘lovlari va boshqa xil majburiy to‘lovlarning turlari va qaysi
bir budjetga tushirilishi lozimligiga qarab ro‘yxatga olib borish, belgilab
qo‘yilgan normativlarga muvofiq turli darajali budjetlarga tushiriladigan
mablag‘larning kundalik taqsimlanishi haqida ma’lumotlar olish, Yagona g‘azna
hisobraqamiga tushayotgan mablag‘lar haqidagi kundalik ma’lumotlarni jamlash,
budjetga kundalik kelib tushgan soliq to‘lovlari va ularning taqsimoti haqida
ma’lumotlar bilan tanishib borish mumkin bo‘ladi.
Davlat budjet(lari)ning kirim qismiga tushadigan mablag‘lar jumlasiga
amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq joriy etilgan soliq to‘lovlari hamda
boshqa xildagi majburiy to‘lovlar (ular haqidagi to‘liq ma’lumot “G‘aznachilik”
dasturining spravochniklarida saqlanadi) kiritiladi. Soliq to‘lovchi sub’ektlar
budjetga tushiriladigan mablag‘larni barcha bank bo‘linmalarida amalga oshirishi
mumkin, o‘z navbatida mazkur bank bo‘linmalari qabul qilingan mablag‘larni
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahridagi Bosh
boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazi (HKM) da ochilgan YaG‘HR ga tegishli
maxsus hisob-kitob raqamiga o‘tkazib berishi lozim bo‘ladi. Budjetga
to‘lanadigan to‘lovlar naqd pul ko‘rinishida yoxud pul o‘tkazish yo‘llari bilan
amalga oshirilishi mumkin. To‘lov operatsiyalari pul o‘tkazish yo‘li bilan
bajarilganida zimmasidagi majburiyatlarini bajaruvchi sub’ektning zarur
rekvizitlari (daromadlar kirim qilinadigan shaxsiy hisob-kitob raqamining kodini,
soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (INN), kirim operatsiyalarining
administratori (DSI, Bojxona organi)ning kodini, to‘lovlar qachon amalga
oshirilgani haqidagi ma’lumot, YaG‘HRning hisob-kitob raqami ochilgan agent-
bankning kodini) aks ettirilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining bo‘linmalari
taklif etilayotgan modul tizimining sozlovchi mexanizmlariga qanday ish
tartibiga sozlanganiga qarab agent-bank beradigan ma’lumotlarni avtomatik
tarzda yoki mexanik tarzda bajariladigan operatsiyalar yordamida qabul qilib
olib, so‘ngra olingan ma’lumotlar tegishlicha tartibda ishlanganidan keyin turli
darajali budjetlar bo‘yicha taqsimlab berishadi. Tushgan daromadlarni turli
darajali budjetlar o‘rtasida taqsimlab berish operatsiyasi amaldagi qonunchilik
normalariga muvofiq daromadlarni budjetlar o‘rtasida taqsimlash normativlariga
asoslanib tayyorlangan maxsus spravochniklarga tayanib avtomatik tarzda
bajariladi. Mazkur spravochniklarga g‘aznachilik funktsiyasi hamda budjet
operatsiyalarini bajarish bilan bog‘liq jarayonlarga taalluqli ma’lumotlarni
kiritish tizim faoliyatiga “Davlat moliyasini isloh qilish” majmuaviy dasturining
tadbiq etilishi davrida amalga oshiriladi. Bunda amaldagi qonunchilikka asosan
davlat budjetining daromadiga tushiriladigan mablag‘larni turli darajali budjetlar
orasida taqsimlab berish normativlari e’tiborga olinadi. Davlat budjetining kirim
qismiga tushiriladigan mablag‘larni turli darajali budjetlar orasida taqsimlab
berish jarayonlari amaldagi normativlarga mos ravishda bajarilishi, shuningdek,
“Davlat moliyasini isloh qilish” majmuaviy dasturining tegishli spravochniklari
bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘ladigan soliq summalarini to‘g‘ri belgilab berilishi
ustidan qat’iy nazorat o‘rnatmoq uchun G‘aznachilikning bo‘linmalarida mas’ul
xodimlar
tayinlanib,
ular
normativspravochnik
materiallariga
taalluqli
o‘zgarishlarni muntazam ravishda kuzatib bormog‘i kerak.
Davlat
budjetining
kirim
qismiga
tushiriladigan
mablag‘lar
G‘aznachilikning YaG‘HR ga kelib tushgani haqida ma’lumot olinganidan keyin
to‘plangan barcha daromadlar summasi haqidagi ma’lumotlar generatsiyalanib
(bir erga jamlanib), tahlil qilinadi va shundan keyin jamg‘arilgan mablag‘lar
darajasiga qarab tegishli budjetlar orasida taqsimlanadigan summalar miqdori
aniqlanadi, buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha muayyan operatsiyalar
bajariladi, avtomatik tarzda G‘aznachilikning YaG‘HR ga kelib tushgan absolyut
summalar hamda har xil budjetlarga ajratilgan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar
shakllantirilib saqlab qo‘yiladi.
Ushbu modul G‘aznachilikning YaG‘HR ga kelib tushgan mablag‘larni
qayd qilish va ular bilan bog‘liq turli xil kassa operatsiyalarini bajarish bo‘yicha
quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beradi:
G‘aznachilikning YaG‘HR ga kelib tushgan kirimlar hisobini yuritish
(jumladan, kundalik tartibda YaG‘H ga kelib tushgan summalar hamda turli xil
budjetlarga qaerdan va kimning nomidan kelgani aniqlanmagan mablag‘lar
haqidagi tegishli ma’lumotlarni tahlil qilish va ishlash);
belgilangan normadan ortiq miqdorlarda ilgariroq budjetga o‘tkazilgan
mablag‘larni qaytarib berish hamda turli xil budjetlarga qaerdan va kimning
nomidan kelgani aniqlanmay qolgan mablag‘larni egasini aniqlab qaytarib berish;
soliqning biron bir turi bo‘yicha belgilangan normadan ortiq miqdorlarda
budjetga o‘tkazilgan mablag‘larni boshqa turdagi soliq to‘lovlari bo‘yicha
mavjud qarzdorlik hisobiga o‘tkazib tafovut o‘rnini qoplash (amalda bo‘lgan turli
xil soliq to‘lovlari bo‘yicha balans hosil qilishga xizmat qiladi), shuningdek,
tasniflanib ulgurilmagan kirimlarni turli xil darajadagi budjetlarga ajratib berish;
mamlakat miqyosida yig‘iladigan soliq va boshqa xildagi majburiy
to‘lovlarni turli darajadagi budjetlarga o‘tkazib berish imkonini beradi; eng
muhimi shuki, to‘planadigan mablag‘larni bir xilda quyi darajali budjetdan
yuqoridagisiga va aksincha, yuqori darajadagi budjetdan quyi darajadagi
budjetlarga o‘tkazib bera oladi;
o‘zaro hisob-kitoblarni qayd etish asosida barcha kassa operatsiyalari
haqidagi ma’lumotlarni jamlash uchun qulaylik tug‘diradi, bunday imkoniyatning
yaratilishi oqibat natijada aniq maqsadga yo‘naltirilgan loyihalar bo‘yicha
xarajatlarni amalga oshirish vaqtida tomonlarning o‘zaro hisobkitoblarini qayd
etish imkonini beradi;
dastur ish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniqlab
tuzatish imkonini ham beradi;
budjetga kelayotgan kirimlarni hamda ularni qaytarib berish bilan bog‘liq
kassa operatsiyalari bo‘yicha turlicha hisobot tayyorlanadi, shuni hisobga olib
turib turli xil hisobotlarni tayyorlash mumkin bo‘ladi;
modul tizimi negizida normativ-spravochnik ma’lumotlarini o‘rnatish va
sozlash imkonini beradi (ushbu modul asosidagi funktsional vazifalarning
muvaffaqiyatli bajarilishi uchun yuqorida aytib o‘tilgan spravochniklar tizimga
kiritib qo‘yilishi kerak);
modul tizimi negizida memorial orderlar haqidagi (jumladan, analitik
buxgalteriya hisoblariga oid yozuvlar qayd etiladigan jamlangan (yig‘ilgan,
terma) memorial orderlarning tuzilgan vaqti, qayd qilish raqami haqidagi tegishli
ma’lumotlarni) spravochnik o‘rnatilishi mumkin;
buxgalteriya hisoblar rejasining tuzilishi bilan bog‘liq jarayonlar
(xususan, budjetning kirim qismi bo‘yicha hisobga olinadigan barcha kassa
operatsiyalarini bajarishga doir turli xildagi analitik materiallarning ro‘yxati)ga
oid rasmiy yozishma materiallari bo‘yicha spravochnik o‘rnatishga imkon beradi.
Tizim bo‘yicha turli xil ma’lumotlarni qabul qilib olish hamda masofaga
uzatish uchun maxsus – “Ma’lumotlarni qabul qilib ular bilan ishlash, uzatish”
deb nomlangan modul ham yaratilgan. G‘aznachilikning turli bo‘linmalari hamda
agentlik vazifasini bajaruvchi bank tizimi o‘rtasida operativ tarzda kerakli
ma’lumotlar bilan almashinuv jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun maxsus
kommunikatsiya tizimlari yordamida yoxud kurerlar vositasida ta’minlanadigan
aloqa tizimi o‘rnatilishi kerak. Bunday aloqa tizimidan foydalanish vaqtida
agentlik vazifasini bajaruvchi bank tomonidan yozib beriladigan rasmiy
hujjatlarning ko‘chirma nusxasi G‘aznachilikka elektron variantda yuboriladi.
Ayni vaqtning o‘zida agentlik vazifasini bajaruvchi bank tomonidan yozib
beriladigan rasmiy hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini jamlab qo‘yiladigan,
harakati nazorat qilinadigan va o‘zaro aloqadorlik munosabatlarida bo‘lgan har
ikki tomondan yuboriladigan rasmiy hujjatlar jumlasiga avtomatik tarzda
kiritiladi. Yuqorida aytib o‘tilgan operatsiyalarning avtomatik tarzda bajarilishini
“Ma’lumotlarni qabul qilib ular bilan ishlash, uzatish” deb nomlangan modul
ta’minlab beradi.
Davlat budjetining daromad va xarajatlari moddalar bo‘yicha amalga
oshirilgan kassa operatsiyalariga asoslanib “Bosh kitob” deb nomlangan modul
tomonidan G‘aznachilikda yuritiladigan Bosh kitobda qayd etilishi uchun alohida
ma’lumot tayyorlanadi. Bu xildagi ma’lumotlar har kuni kun davomida
muntazam ravishda G‘aznachilikka yuborib turiladi. G‘aznachilik tarkibiga
kiruvchi barcha bo‘linmalardan kerakli ma’lumotlarni yig‘ib olganidan keyin har
kun davomida bir marotabadan jamlangan ma’lumotlar Bosh kitobga qayd etiladi
va bajarilgan ishlar asosida joylarga tasdiqlangan ma’lumotlar yuboriladi.
Yaratilgan modul kommunikatsiya tizimidagi aloqalar nisbatan yomon 61
ishlaganida,
G‘aznachilikning
hududiy
bo‘linmalaridan
yuboriladigan
ma’lumotlarning kelishi nisbatan sust kechganida ham bir maromda ishlab
turishga qodir.
G‘aznachilikning har bir hududiy bo‘linmasidan keladigan, u нerda amalga
oshirilgan kassa operatsiyalari haqidagi, ma’lumotlarga asoslanib hisobotlarni
generatsiyalovchi alohida modul yordamida har xil hisobotlar (budjetning
daromad qismiga kelib tushgan tushumlar, daromadlarni turli xil budjetlar
o‘rtasida taqsimlanishi, budjetning xarajat qismi bo‘yicha amalga oshirilgan
operatsiyalar, budjetdan xarajatlari amalga oshirilgan loyihalar haqida,
shuningdek, har qanday yig‘ma va konsolidatsiyalangan) tayyorlasa bo‘ladi.
Tadbiq etilayotgan informatsion tizim avval aytib o‘tilgan asosiy funktsiyalardan
tashqari budjetdan xarajatlari amalga oshiriladigan tashkilotlarga budjetdan
tashqari manbalardan ajratib beriladigan mablag‘larning qabul qilinishi va
sarflanishi haqidagi to‘liq ma’lumotlarni avtomatik tarzda hisobga olib
keyinchalik nazorat qilib borishga imkoniyat yaratib beradi.
Dostları ilə paylaş: |