Innovasiyalar vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 249,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix13.04.2023
ölçüsü249,3 Kb.
#97295
1   2
G\'aznachilik yagona axborot tizimi

Mavzu bo‘yicha xulosa 
G‘aznachilik - davlatning moliyaviy resurslarini boshqarishning yangi 
usuli, mahalliy budjetlarning barcha daromadlarini jamlash va taqsimlashdagi 
yangicha tamoyil va mexanizmlarni amalda qo‘llashdir. Qolaversa, bu budjetning 
har bir so‘mini oqilona ishlatishni ta’minlovchi mexanizm. Mahalliy boshqaruv 
organlarining mahalliy budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, budjet 
intizomiga rioya qilish, dastlabki va joriy nazoratga urg‘u berish, budjet 
tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzdorligiga yo‘l qo‘ymaslik - 
g‘aznachilik tizimi faoliyatining samarasi hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, davlat moliyasini boshqarishning institutsional 
tarkibida G‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari alohida o‘rin egallaydi. 
Ularning faoliyati budjetdan mablag‘ oluvchilar xarajatlarini to‘lab berishda 
mablag‘larning maqsadga muvofiq ishlatilishini ta’minlash, shartnomalarni 


ro‘yxatga olishda dastlabki nazoratning samarali bo‘lishiga erishish, to‘lovlarni 
amalga oshirishda joriy nazoratni ta’minlash, davlat xaridlarini amalga oshirishda 
tegishli monitoring ishlarini olib boorish orqali davlat mablag‘lari hisobiga sotib 
olinadigan tovarlar narxlarining asossiz oshib ketishining oldini olish, davlat 
qarzining hisobini yuritish kabilarga, pirovardida davlat mablag‘larini samarali 
boshqarishdek muhim vazifani bajarishga qaratilgan. 
Ma’lumki, 2015 yil 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasida 2014 yil yakunlari va 2015 yil istiqbollariga bag‘ishlangan 
yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ma’ruza qildilar va 
unda bugungi kundagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotdagi dolzarb muammolar ochib 
berildi hamda taraqqiyot dasturlarining eng muhim yo‘nalishlari belgilab berildi. 
Mazkur bitiruv malakaviy ishda asosan ana shu ustuvor vazifalarni bajarishda 
davlat moliyasini boshqarish organlarining o‘rni, ahamiyati, davlat moliyasini 
isloh qilish sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining muhim 
tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan G‘aznachilik organlarining davlat mablag‘larini 
boshqarishdagi faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rganildi. Izlanishlarimiz 
asosida shakllangan hulosalarimiz quyidagilardan iborat:
Birinchidan, XX asrning oxirgi 10 yilida bozor munosabatlariga 
bosqichma-bosqich o‘tish davrida mamlakatning iqtisodiy qudratini oshirish 
maqsadida davlatning iqtisodiyotdagi roli oshib bordi va u ko‘pchilik iqtisodiy va 
ijtimoiy funksiyalarni o‘z zimmasiga oldi. Bu esa professional davlat xizmatini 
shakllantirish va barcha davlat boshqaruvi strukturalarini mustahkamlashni talab 
etdi. XXI asrning dastlabki 10 yillariga to‘g‘ri keladigan iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangidash sharoitidagi 
vazifalarni bajarishga qaratilgan islohotlar davlat moliyasini boshqarish tizimini 
ham qamrab oldi. Bu boradagi islohotlar bir qancha yo‘nalishda, ya’ni budjet-
soliq 
qonunchiligini 
takomillashtirish, 
budjet 
hisobi 
va 
hisobotini 
mustahkamlash, yangi budjet tasnifini takomillashtirish, budjet ijrosining 
g‘aznachilik tizimini shakllantirish va uning tashkiliy, huquqiy, metodologik, 


texnik va texnologik asoslarini mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda amalga 
oshirilmoqda va bu jarayonning 2020 yillargacha davom etishi ko‘zda 
tutilmoqda. 
Ikkinchidan, bu sohadagi islohotlar davlat moliyasi, davlat budjeti va 
budjet jarayonini boshqarish va tartibga solish organlari faoliyatining
samaradorligini oshirishni ko‘zda tutadi. Shu sababli ular faoliyatini barcha 
sohalarda, xususan budjet tizimini boshqarishda so‘nggi ijobiy natijalarni 
ko‘zlagan holda muvofiqlashtirish, shaklan va mazmunan yangi sifat pog‘onasiga 
ko‘tarish talab etilmoqda. Buning uchun budjet tizimini boshqarish tizimida qator 
ishlar amalga oshirildi, ularning asosiy mazmuni, amalga oshirish boqichlari va 
har bir bosqichda amalga oshirilgan tadbirlar tahlili ishimizning I bobi, 1-
paragrafida keltirilgan.
Uchinchidan, davlat budjetining g‘azna ijrosini joriy etish, budjet 
mablag‘larini boshqarish va ularning shakllanishi va ishlatilishini nazorat qilish 
jarayonlari mukammallashib, takomillashib borayotgan bugungi davrda davlat 
budjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh 
qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet 
mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha 
darajalardagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini 
oshirishga qaratilgan samarali mexanizmlarni ishlab chiqish va ularning 
ta’sirchan ishlashini ta’minlash zarur. Buning uchun ishimizning 2 bobi 3- 
paragrafida bayon etilgan G‘aznachilik organlarining nazorat funksiyalarining 
mukammal bajarilishiga erishish, bu sohaga tajribali, bilimli, zamonaviy axborot-
kommunikatsion texnologiyalarni puxta egallagan, qonunchilikni va undagi 
o‘zgarishlarni yaxshi biladilan va ularni amaliyotda qo‘llay oladigan kadrlar 
tayyorlash tizimini jiddiy yaxshilash lozim.
To‘rtinchidan, davlat budjeti g‘azna ijrosi jarayonining qonuniy-huquqiy 
asoslarini doimo takomillashtirib borish lozim. Ma’lumki, bu borada qabul 
qilingan yangi Budjet Kodeksi 2004-2013 yillar davomida amal qilib kelgan 


“Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan 
normalarni ham mujassamlashtirgan, lekin amalga kiritilgan Budjet Kodeksida 
“davlat budjeti g‘azna ijrosi” tushunchasi o‘zining aniq ifodasini topmagan, 
vaholanki, davlat budjeti g‘azna ijrosining mazmun-mohiyatini bilish – ham 
nazariy, ham amaliy nuqtai-nazardan muhimdir, deb hisoblaymiz. Shuningdek, 
Kodeksda budjet jarayonining ishtirokchilari bo‘lgan Moliya vazirligi 65 
G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari vakolatlari alohida ko‘rsatilishi va 
belgilab qo‘yilishi lozim. Demak, davlat moliyasini boshqarish jarayoni doimo 
o‘zgarib va takomillashib boradigan jarayon, uning samarasini oshirish uchun 
unga asos bo‘luvchi qonuniy-huquqiy bazani doimo takomillashtirib borish 
lozim;
Beshinchidan, davlat budjeti g‘azna ijrosining joriy qilinishi munosabati 
bilan bu tizimning mukammal ishlashini ta’minlovchi barcha tashkiliy 
elementlarni: 
qonuniy-huquqiy 
bazani; 
axborot-kommunikatsion 
texnologiyalarni; bu tizimga kadrlar tayyorlashni; budjet tashkilotlari 
buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishni, ularni moliyalash mexanizmlarini 
doimo takomillashtirib borish maqsadga muvofiq;
Oltinchidan, Moliya vazirligi G‘aznachiligi faoliyatini takomillashtirishda 
xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik alohida muhim ahamiyatga ega, bu borada 
davlat moliyasini boshqarish sohasini yaxshilash, o‘rta muddatli budjet 
prognozlarini tuzish, natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish tamoyillarini joriy 
qilish masalalarida xorijiy tashkilotlar, fondlar va rasmiy hukumat organlari bilan 
ilmiy va amaliy hamkorlik yaxshi natijalarni berayotganligini e’tirof etish lozim. 

Yüklə 249,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin