2. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi
xarajatlarni guruhlash.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini aniqlash va uni hosil qiluvchi
xarajatlarni turkumlash mamlakatimizda tegishli me’yoriy hujjatga
muvofiq amalga oshiriladi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ning ishlab chiqarish tannarxini hosil
qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi
elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
-
ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari (qaytariladigan
chiqitlar qiymati chiqarilib tashlangan holda);
-
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq
to’lash xarajatlari;
-
ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga
ajratmalari;
-
asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
-
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar. I.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlar.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlarga quyidagilar
tegishli bo’ladi:
1.
Ishlab chiqariladigan mahsulot asosini tashkil etib uning
tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda,
xizmatlar ko’rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib
olinadigan xom ashyo va materiallar.
2.
Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni
o’rash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish
ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va
boshqa asosiy vositalar sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish
va
ulardan
foydalanish)
uchun
ishlab
chiqarish
jarayonida
foydalanadigan, xarid qilinadigan materiallar, shuningdek, asbob-
uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, instrumentlar,
moslamalar,
inventar, priborlar laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga
kirmaydigan boshqa arzonbaho ashyolarning eskirishi.
3.
Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo’jalik yurituvchi
subyektda montaj qilinadigan yoki qo’shimcha ishlov beriladigan
butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar.
4.
Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xo’jalik
yurituvchi
subyektning
ichki
tarkibiy bo’linmalari tomonidan
bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo’lmagan, lekin ishlab
chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ishlar va xizmatlar.
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo’lgan ishlar va xizmatlarga
mahsulot tayyorlash bo’yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xomashyo
va materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar
sifatini aniqlash uchun sinovlar o’tkazish, belgilangan texnologik
jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish
fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli bo’ladi.
Xo’jalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning
transport xizmatlari (xomashyo, materiallar, detallar, instrumentlar,
inventarlar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan sexga
keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan xizmatlarga tegishli bo’ladi.
5.
Tabiiy
xomashyo
(er
rekultivatsiyasiga
ajratmalar,
ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni
rekultivatsiya qilish ishlariga haq to’lash), ildizi bilan beriladigan
daraxtga haq to’lash, sanoat korxonalari tomonidan suv xo’jaligi
tizimidan belgilangan limitlar doirasida va undan ortiqcha olinadigan suv
uchun haq to’lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun – yog’och-
taxta materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga
huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof-muhitni tiklash
xarajatlari.
6.
Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab
chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan sotib
olinadigan barcha turlari, xo’jalik yurituvchi subyektlarning transporti
tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha
transport ishlari.
7.
Xo’jalik yurituvchi subyektning texnologik, transport va
boshqa ishlab chiqarish hamda xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha
turdagi xarid qilinadigan energiya. (Xo’jalik yurituvchi subyektning o’zi
tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi va energiyaning boshqa
turlariga, shuningdek, xarid qilinadigan energiyani iste’mol joyigacha
transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli
elementlariga kiritiladi).
8.
Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy
yo’qolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo’qotilishi,
yaroqsizlanishi va kam chiqishi.
9.
Xo’jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari
tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog’liq xarajatlar (yuklash
va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish
xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to’lash
xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va
boshqalar).
10. Xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni
yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar
qiymatiga kiritiladi.
11. Mahsulot
tannarxiga
kiritiladigan
moddiy
resurslar
xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati, idish va o’rash-joylash
materiallari qiymati ularning amalda sotilishi, foydalanishi yoki omborga
kirim qilinishi narxi bo’yicha chiqarib tashlanadi.
12. «Moddiy xarajatlar» elementi bo’yicha aks ettiriladigan
moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, jumladan, barter
bitishuvlarida, qo’shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy
tashkilotlar tomonidan to’lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar
birjalari xizmatlari qiymatidan, xususan, brokerlik xizmatlaridan, bojlar
va yig’imlardan, transportda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik
shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga
haq to’lashdan kelib chiqib shakllanadi.
II. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash
xarajatlari.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash
xarajatlari tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi:
1.
Xo’jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq
to’lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajariladigan narxnomalar, tarif
stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda
bajariladigan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ish haqi,
shu jumladan, bajarilgan ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki
hujjatlarda nazarda tutilgan rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar.
2.
Kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalari va
okladlarga ustamalar.
3.
Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan
kompensatsiya tusidagi to’lovlar, shu jumladan:
-
texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda,
ishdan tashqari, vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda
ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo’shimcha
haq;
-
ko’p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib
borganlik va xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun
ustamalar;
-
hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati
bo’yicha og’ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida
ishlaganlik uchun ustamalar, xususan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish
staji uchun ustamalar;
-
aloqa, temir yo’l, daryo, avtomobil transporti va katta yo’llar
xodimlari doimiy ishi yo’lda o’tadigan yoki qatnov tusiga ega bo’lgan
boshqa xodimlarning ish haqiga, xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan
joydan jo’nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha
to’lanadigan yo’lda o’tgan har bir sutka uchun to’lanadigan ustamalar;
-
qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda
bevosita band bo’lgan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajargan xodimlarga ishning ko’chma
va qatnov xususiyati uchun ustama;
-
doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo’lgan xodimlarga
ularning shaxtada (konda) ish joyiga jo’nab ketishlaridan va orqaga
qaytishlarigacha o’tadigan normativ vaqt uchun qo’shimcha haq;
-
mehnatga haq to’lashning rayonlar bo’yicha tartibga
solinishiga, shu jumladan, rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun
hujjatlariga muvofiq cho’l, suvsiz va yuqori tog’ joylarida ishlaganlik
uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan to’lovlar;
-
xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan (yig’ilish
punktidan) ish joyiga va orqaga qaytadigan yo’lda o’tadigan kunlar uchun
vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek, xodimlarning
meteorologiya sharoitlariga ko’ra va transport tashkilotlari aybi bilan
yo’lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi.
4.
Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib
hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda
xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi
munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlagan ish vaqti uchun
dam olish) kunlari uchun haq to’lash.
5.
Ishlamagan vaqt uchun haq to’lash:
-
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yilgi) va
qo’shimcha ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va
qo’shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o’smirlarning imtiyozli
soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar,
shuningdek, tibbiy ko’rikdan o’tish bilan bog’liq vaqt uchun haq to’lash;
•
majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga asosiy ish haqini qisman
saqlab qolgan holda haq to’lash;
•
donor xodimlarga qonini tekshirish, topshirish kunlari uchun
va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari
uchun haq to’lash;
•
davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig’inlar,
favqulodda vaziyatlar bo’yicha yig’inlar va boshqalar) mehnat haqi
to’lash.
6.
Xo’jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar
mehnatiga ular
tomonidan
fuqarolik-huquqiy
tusdagi
tuzilgan
shartnomalar bo’yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to’lash, agar
bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo’jalik yurituvchi
subyekt tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi ham shu jumlaga
kiradi.
7.
Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida
qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan
to’lovlarning boshqa turlari.
III. Ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga
ajratmalar.
Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi:
1.
Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bo’yicha
mehnatga haq to’lash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar.
2.
Nodavlat pensiya jamg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga
va ixtiyoriy sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar.
IV. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo’yicha xarajatlar tarkibiga
quyidagilar kiradi:
1.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash)
qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi
(hisoblangan eskirish), lizing bo’yicha va belgilangan tartibda
tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan
jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi.
2.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar
eskirishi har oyda xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan dastlabki
qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq xo’jalik
yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib
hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo’ladi.
Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo’lmagan nomoddiy
aktivlar bo’yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq
xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas.
V.
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarni hisobga olishning
navbatdagi kompleks moddalari I, II, III, IV – bandlarda keltirilgan
xarajatlar elementlari bo’yicha ajratiladi.
1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish xarajatlari:
-
ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yonilg’i, energiya,
instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan
ta’minlash xarajatlari;
-
asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash
xarajatlari (texnik ko’rik va qarov, joriy va mukammal tuzatish
xarajatlari). Asosiy ishlab chiqarish vositalarini barcha turda (joriy,
o’rtacha, mukammal) tuzatishlarni xo’jalik yurituvchi subyektning o’z
kuchi bilan o’tkazish ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlari
(moddiy xarajatlar, mehnat haqi to’lash xarajatlari va boshqalar) bo’yicha
mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi.
Zarurat bo’lganda ayrim tarmoqlarning xo’jalik yurituvchi
subyektlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan
mukammal tuzatish ishlarini o’tkazish uchun mablag’lar zahirasini tashkil
qilishlari mumkin. Ushbu zahiraga ajratmalar «Ishlab chiqarish tusidagi
boshqa xarajatlar» elementi tarkibida aks ettiriladi va ko’zda tutilayotgan
xarajatlar qiymati hamda asosiy vositalar har bir obyektini mukammal
tuzatishlarning davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Zahiraga
ajratmalar normasi har bir hisobot yili oxirida qayta ko’rib chiqiladi va
zarur bo’lganda yangi moliya yili uchun ajratmalar miqdori ko’paytirilishi
yoki kamaytirilishi mumkin. Agar mukammal tuzatishga zahira
mablag’lari summasi ushbu obyektni tuzatishga qilingan haqiqiy
xarajatlar summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa bo’yicha tuzatish
kiritilishi kerak: agar haqiqiy xarajatlar zahiradagidan oshib ketsa, u holda
oshib ketgan summa «Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar»
elementi tarkibida aks ettiriladi.
-
yong’indan saqlash va qo’riqlashni hamda xo’jalik yurituvchi
subyektlarni texnikaviy foydalanish qoidalari bian nazarda tutilgan
boshqa maxsus talablar bilan ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish
xarajatlari.
Idoradan tashqari, qo’riqlash xarajatlari bunday qo’riqlash mavjud
bo’lishini talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar
mavjud bo’lgan taqdirda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi
mumkin.
-
ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo’lgan asosiy vositalarni
joriy ijaraga olish bilan bog’liq xarajatlar;
-
tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va
ulardan foydalanish bilan bog’liq joriy xarajatlar, jumladan,
ifloslantiruvchi moddalarni yo’l qo’yiladigan normalar doirasida va
undan ortiqcha atrofmuhitga chiqarganlik uchun to’lovlar;
-
ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan va qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan mehnatning normal sharoitlari va texnika xavfsizligini
ta’minlash xarajatlari;
-
xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi
bilan bog’liq bo’lgan sog’liqni muhofaza qilish tadbirlari;
-
tekin ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim
tarmoqlar xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, xo’jalik yurituvchi subyekt
xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini to’lash xarajatlari (yoki uy-
joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi
summasi).
-
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va
shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan,
formali kiyimbosh, maxsus ovqatlar, yoki ular pasaytirilgan narxlar
bo’yicha sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi);
-
ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lgan boshqaruvning
texnik vositalarini, aloqa uzellarini, signalizatsiya vositalarini,
boshqaruvning boshqa texnik vositalarini, hisoblash markazlarini saqlash
va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
-
qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band bo’lgan
xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq
to’lash.
2.
Ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish
jarayoniga tegishli bo’lgan xizmat safarlariga yuborish bo’yicha normalar
doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar.
3.
Ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini
majburiy sug’urta qilish xarajatlari.
4.
Brak tufayli kelib chiqadigan yo’qotishlar.
5.
Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko’ra bekor turishlar
tufayli yo’qotishlar.
6.
Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli
tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko’rsatish xarajatlari.
7.
Mahsulot
(xizmatlar)ni
majburiy
sertifikatsiya
qilish
xarajatlari.
8.
Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qolishi
munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va
qarorlarisiz to’lanadigan nafaqalar.
9.
Umumiy foydalaniladigan yo’lovchilar transporti xizmat
ko’rsatmaydigan yo’nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib
kelish bilan bog’liq xarajatlar.
Mahsulot tannarxi nazariyasida mahsulot tannarxi tarkibi degan
muhim tushuncha mavjud. U ayrim xarajatlarning mahsulot ishlab
chiqarish uchun sarflanadigan jami xarajatlar summasidagi nisbatini
ko’rsatadi. Odatda, tarkib foiz hisobida o’lchanadi.
Tannarx tarkibi tarmoqlar va korxonalarning xususiyatiga, ishlab
chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning tashkil qilinishiga
bog’liqdir.
Mahsulot tannarxining tarkibi o’zgarmas miqdor hisoblanmaydi.
Sanoatning o’sishi, texnika va ishlab chiqarish texnologiyasi
takomillashishi, asosiy va aylanma fondlardan foydalanishning
yaxshilanishi, ish haqi miqdorining o’zgarishi, iste’mol buyumlari
baholarining tartibga tushishi va transport tariflarining o’zgarishi bilan
mahsulot tannarxi tarkibi ham o’zgaradi.
Mahsulot tannarxida qaysi guruhdagi xarajatlar asosiy o’rin
tutishiga qarab, sanoat tarmoqlari bir-biridan farq qiladi – ko’p mehnat,
ko’p material, ko’p energiya, ko’p mablag’ talab qiladigan bo’ladi. Buni
13 - jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rish mumkin.
13-jadval O’zbekiston sanoat tarmoqlari bo’yicha sanoat mahsuloti
ishlab chiqarish tannarxining tarkibi (ishlab chiqarishga ketgan barcha
xarajatlar foiz hisobida)
Ish haqi uchun qilinadigan xarajatlar (mehnat xarajatlari) salmog’i
eng katta bo’lgan ishlab chiqarish tarmog’i ko’p mehnat talab qiladigan
tarmoq hisoblanadi (ko’mir sanoati, yog’och tayyorlash sanoati va
boshqalar).
Xomashyo va materiallarga qilinadigan xarajatlar salmog’i eng
katta bo’lgan ishlab chiqarish tarmog’i ko’p material talab qiladigan
tarmoq hisoblanadi (engil sanoat va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik).
Xarajatlarning ko’p qismi asosiy vositalar amortizatsiyasi uchun
sarflanadigan tarmoqlar ko’p mablag’lar talab qiladigan tarmoqlarga
kiradi (masalan, neft va gaz qazib chiqarish, gidroelektrostansiyalarda
elektr energiyasi ishlab chiqarish).
Ishlab chiqarishning tarmoq xususiyatlarini hisobga olish, tannarx
tarkibini va ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy tahlil qilish ishlab
chiqarishda yuz beradigan asosiy texnik-iqtisodiy jarayonlarni o’rganish,
ishlab chiqarishdagi chiqimlarni kamaytirishning asosiy yo’llarini
belgilashga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |