Innovasiyalar vazirligi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix11.10.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#153490
1   2   3   4   5   6   7   8
Sanoat ishlab chiqarishi sifat ko‘rsatkichlari tizimida tannarxning roli va tutgan o‘rni.

AFF =YaF – DX +BD + BZ,
 
bu yerda:
-
AFF
– asosiy faoliyatdan olingan foyda;
-
DF
– davr xarajatlari;


-
BD
– asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
-
BZ
– asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa zararlar;
-xo’jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) – bu asosiy faoliyatdan 
olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlar va minus 
moliyaviy xarajatlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF = AFF + MD – MX, 
bu yerda: 
UF
– umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda; 
MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari;
-soliq to’lagungacha olingan foyda – bu umumxo’jalik faoliyatidan 
olingan foyda, plyus favqulotda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlardan 
ko’rilgan foyda va minus favqulotda ko’rilgan zarar sifatida aniqlanadi: 
STF = UF + FP – FZ,
bu yerda:
STF – soliq to’lagungacha olingan foyda:
FP – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda:
FZ – favqulodda vaziyatlardan ko’rilgan zarar;
-yilning sof foydasi – bu soliq to’langandan keyin xo’jalik 
yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o’zi dadaromad (foyda)dan 
to’lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
soliqlar va to’lovlarni chiqarib tashlangan xolda soliqlar to’lagunga qadar 
olingan foydani ifodalaydi:
SF = STF – DS – BS, SF – sof foyda;
DS – daromad (foyda)dan to’lanadigan soliq; BD – boshqa soliqlar 
va to’lovlar.
Har bir korxona (firma) yashashi va ravnaq topishi uchun foyda 
olishi kerak. Korxona foydani o’z rivojini ta’minlovchi birinchi muhim 
omil deb biladi. Foydani maksimallashtirish bilan shug’ullanmaydigan 
korxonaning yashab ketish imkoniyati kam bo’ladi. Makroiqtisodiyotda 
uzoq muddatga foydani maksimallashtirish masalasiga katta e’tibor 
berilishi shundan iboratki, shu asosda firma faoliyati oldindan bashorat 
qilinadi.
Mulk egasini o’zi boshqaradigan unchalik katta bo’lmagan korxona 
(firma)da ularni yuritish bilan bog’liq bo’lgan hamma qarorlarda foydani 
ko’paytirish asosiy o’rin tutadi. Juda katta va yirik korxona (firma) larda 
rahbar (boshqaruvchi)lar kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari 
har doim ham boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay 
olmaydilar. Shuning uchun boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik 
qilishda ma’lum darajada erkinliklar bo’lib, foydani maksimallashtirish 
bilan yetarli shug’ullanmasliklari mumkin. Ular mulk egasi 


bo’lmaganliklari uchun uzoq muddatli manfaat o’rniga qisqa manfaatni 
afzal ko’rishlari mumkin. Boshqaruvchilar ko’pincha foydani 
maksimallashtirish o’rniga daromadni ko’paytirish yoki aksiyadorlarni 
qiziqtirish uchun dividendni oshirishga harakat qilishlari mumkin. 
Bundan tashqari, ular yuqori lavozimga erishish yoki katta mukofotlar 
olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa ham hozirgi kunning 
o’zida oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli bunday rahbarlar o’z 
lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani boshqa rahbarlarga 
topshirish zarurati yuzaga keladi.
Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir 
qancha turlari mavjud:

haqiqiy foyda;

o’rtacha foyda;

monopol foyda yoki iqtisodiy renta; - maksimal foyda.
Haqiqiy foyda – bu haqiqatda hisobot ma’lumotlari, ya’ni haqiqiy 
xarajatlar asosida aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona 
moliyaviy faoliyatini tashkil etishda asosiy manba bo’lib hisoblanadi.
O’rtacha foyda deganda boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan 
kapitaliga bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bo’lish 
tushuniladi. O’rtacha foyda korxona (firma)ning faoliyat ko’rsatayotgan 
sohada, tarmoqda qolishini ta’minlaydi. Bunday foydaning yuzaga kelishi 
bozorning uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. 
O’rtacha foydani ko’pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar.
Iqtisodiy foyda qachon paydo bo’ladi? Agar korxona bir mahsulotni 
tayyorlab, sotib, haqiqatda 100 ming so’m foyda olgan bo’lsa-yu, ana shu 
mablag’ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sarflab, uni sotganda 150 
ming so’mlik foyda olsa, bunday foydani iqtisodiy foyda deb tushunish 
kerak. Bu holda foyda ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy foyda korxonani 
biron-bir investor faoliyat boshlashiga rag’batlantirsa, ijobiy haqiqiy 
foyda ishlab chiqarish yoki firmaning ancha oyoqqa turib olganidan darak 
beradi.
Monopol foyda yoki iqtisodiy renta – bu cheklangan ishlab chiqarish 
omillaridan foydalanish natijasida sodir bo’lgan foyda hisoblanadi. 
Masalan, ikkita korxona bir xil yerga ega bo’lib, yerni olish bilan bog’liq 
xarajatlar bir xil bo’lishi sharoitida birinchi yer transport tarmog’iga yaqin 
bo’lganligi uchun mahsulotni tashishga 10 mln. so’m kam sarf qilinishi 
mumkin, ana shu 10 mln so’m uning qo’shimcha foydasi hisoblanadi. 
Iqtisodiy renta ishlab chiqarish omillari cheklanganligidan kelib chiqadi 
va u yoki bu ishlab chiqarish omiliga berish holatini bildirgan baho bilan 
shu omilning eng kam bahosi o’rtasidagi farqdan iborat bo’ladi.


Maksimal foyda – bu bir birlik qo’shimcha mahsulotni sotishdan 
olingan daromadni shu bir birlik qo’shimcha mahsulotga qilingan xarajat 
miqdori bilan bab-barobar kelishi natijasida olingan foyda. Shu holda 
rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bo’ladi. Shunga ko’ra, 
foydani maksimallashtirish degani, eng yuqori rentabellikni ta’minlash 
deganidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida o’tkazilayotgan tub 
iqtisodiy tadbirlar majmuida foydani taqsimlash masalalari muhim o’rin 
tutadi, zero uni, adolat yuzasidan va to’g’ri taqsimlash jamoa va har bir 
xodimning manfaatdorligini uyg’unlashtirish uchun sharoit yaratadi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin