24
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
3.
Trukhanov S.A., Entin, Orina I.V. Actual problems of European law// Studies’. benefit. -
Yeah.: Flint, 2011. - 168 p.
4.
Dumont J.K., Liebig T., Peschner J., Tanay F., Xenogiani T.
What is the situation with
refugees in the labour market in the EU?// Survey EU labour force survey. Working Paper (1)
2016.
5.
EU
migration
policy//eueuropeancouncil.
URL: https://www.consilium.europa.eu/en/policies/migratory-pressures/
6.
Rankin J. EU declares migration crisis over as it hits out at ‘fake news’// Guardian The
Guardian, March 6, 2019. URL: https://www.theguardian.com/world/2019/mar/06/eu-
declares- migration-crisis-over-hits-out-fake-news-european-commission.
25
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
AMALIY DASTURLAR PAKETI VA ULARNING KASBIY SOHALARDA
QO‘LLANILISHI
Allayorova Nigora Shavxiddinovna
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
4- bosqich talabasi
Amaliy dasturiy ta’minot (AT) foydalanuvchi aniq bir vazifalar (ilovalar)ni ishlab
chiqishi va bajarishi uchun mo‘ljallangan. Amaliy dasturiy ta’minot mos operatsion sistemalar
boshqaruvida ishlaydi. Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi:
- turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari;
- foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari.
Amaliy dasturlar paketlari (ADP) foydalanuvchi
hal etayotgan vazifalarni
avtomatlashtirishning kuchli qurolidir, u kompyuter axborotni qayta ishlash bo‘yicha biror
ishni qanday bajarayotganini bilish zaruriyatidan amalda to‘liq ozod etadi.
Muharrirlar deb matnlar, grafik ma’lumotlar va illyustratsiya (bezak)larni yaratish
hamda o‘zgartirishga moijallangan ADPga aytiladi. Ular
asosan hujjat aylanishini
avtomatlashtirishga moijallangan.
Muharrirlarni, o‘z funksional imkoniyatlariga ko‘ra, matn, grafik, nashriy muharrirlariga
ajratish mumkin. Matn muharriri matnli axborotni qayta ishlashga moijallangan va asosan
quyidagi vazifalarni bajaradi: matnni faylga yozish; tahrirlash, chiqarib tashlash, ramzlar,
qatorlar,
matn parchalarini almashtirish; imlo (orfografiya)ni tekshirish; matnni turli
shriftlarda bezash; matnni tekislash; boblarni tayyorlash, matnlarni sahifalarga bo‘lib tashlash;
so‘z va jumlalarni izlash va almashtirish; matnga sodda bezaklar kiritish;
matnni terib
tayyorlash.
Grafik muharrirlar diagramma, illyustratsiya, chizma va jadvallarni o‘z ichiga olgan
grafik hujjatlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Figura va shriftlar o‘lchamini boshqarish, figura
va harflarni ko‘chirish, turli tasvirlar hocil qilishga yoi qo‘yiladi. Ancha mashhur grafik
muharrirlardan PC Paintbrush,
Boieng Graf, Fantavision va boshqalarni keltirish mumkin.
Nashriy tizimlar muharrirlari o‘zida matn va grafik muharrirlari imkoniyatlarini birlashtiradi,
grafik materiallardan sahifani shaklga keltirish va uni bosishga tayyorlash bo‘yicha keng
imkoniyatlarga ega. Bu tizimlar nashriy ishlarda foydalanishga yo‘naltirilgan va sahifalash
tizimlari, deb ataladi. Shunday tizimlardan Adobe firmasining PageMaker va Corel
korporatsiyasining Ventura Publisher mahsulotlarini misol keltirish mumkin.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Ichki mashina axborot ta’minotini yaratish
uchun maxsus ADP – ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalaniladi. Ma’lumotlar
bazasi – diskda saqlanadigan, maxsus tashkil qilingan ma’lumotlar turkumlari jamlanmasi.
26
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Ma’lumotlar bazasini boshqarish maiumot kiritish, ularni tuzatish va ma’lumotlardan turlicha
foydalanish, ya’ni qo‘shimcha qilish, olib tashlash, yangilash va hokazolarni o‘z ichiga oladi.
MBBT ning rivojlanishi amaliy dasturlarning ma’lumotlar bazasida axborotni aniq
tashkil qilishdan mustaqilligini ta’minlaydi. MBBT lar ma’lumotlarni
tashkil qilish uslubiga
bog‘liq holda, tarmoqli, pog‘onali (iyerarxik), taqsimlovchi, relyatsion turlarga bo‘linadi.
Mavjud MBBT lar orasida ommalashib ketganlari PARADOX INTERBASE Microsoft Acces,
Microsoft FoxPro, shuningdek, MSSQL Oracle Informix, SQL serverlaridir. Integratsiyalashgan
paketlar. Integratsiyalashgan paketlar deb vazifasi umumiy ADP turli dasturiy komponentlarini
o‘zida birlashtiruvchi ADPga aytiladi. Zamonaviy integratsiyalashgan ADPlarga quyidagilarni
kiritish mumkin: matn muharriri;
elektron jadval; grafik muharrir; MBBT; kommunikatsion
modul.
Turli komponentlarni yagona tizimga jo qilish foydalanuvchiga interfeysda shak-
shubhasiz afzalliklar beradi, biroq tezkor xotiraga kuchli talablar qismida u muharrir yetkazadi.
Mavjud paketlar orasida Framework, Startnave, Microsoft Offise kabilarni ajratib ko‘rsatish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: