Innovatsion faoliyatni



Yüklə 66,33 Kb.
səhifə2/7
tarix20.05.2023
ölçüsü66,33 Kb.
#118237
1   2   3   4   5   6   7
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish

Hayotiylik tsiklining turli bosqichlarida kompaniyaning innovatsion faoliyatini moliyalashtirish

Yangidan tashkil etilayotgan innovatsion kompaniyalarning (startap) moliyasi zamonaviy korporativ moliya nazariyasi va amaliyotini o‘rganishning obbyekti hisoblanuvchi o‘rta va yirik biznes korxonalari moliyasidan sezilarli darajada farq qiladi. Har qanday startapdan farqli o‘laroq, taraqqiy etgan, operatsion faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan kompaniyalar moliyasi zamonaviy korporativ moliyani o‘rganish obbyekti hisoblanadi. Ushbu holatda kompaniyaning operatsion faoliyati deyilganda, uning mahsulot ishlab chiqarish va sotish, xizmatlarni taqdim etish, ishlarni bajarish bilan bog‘liq asosiy faoliyati tushuniladi.Bunday kompaniya moliyachilarining vazifasi - moliyaviy oqimlarni kompaniya faoliyatining samaradorligini oshirishga yo‘naltirishdan iboratdir. Moliyachi kompaniya uchun eng foydali bo‘lgan dividend siyosatini belgilashi, foiz to‘lovlarini to‘lash borasida optimal sxemalar ishlab chiqishi, oddiy aktsiyalarni so‘ndirishda kompaniya kapitali qiymatini oshirish uchun uning tarkibiy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqishi lozim va shu kabi masalalar bilan shug‘ullanishi kerak bo‘ladi. Yangidan tashkil etilayotgan biznesda bunday global muammolar yo‘q bo‘lsada, tadbirkorning vazifasi ancha murakkab bo‘lib, u ham bo‘lsa korxona faoliyatini moliyalashtirishga mablag‘lar izlab topish va ularni jalb qilishdan iboratdir. Korporativ moliya nazariyasiga ko‘ra, har qanday kompaniyaning barcha pul oqimlari uchta asosiy guruhga bo‘linadi: operatsion faoliyatdan olinuvchi pul oqimlari, investitsion faoliyatdan olinuvchi pul oqimlari va moliyaviy faoliyatdan ko‘riluvchi pul oqimlari. Agar biz rivojlanishning dastlabki bosqichida bo‘lgan yosh innovatsion kompaniyani tahlil qiladigan bo‘lsak, u holda tadbirkorning aslida hech narsasi yo‘qligiga, na aktivlari va na o‘z kapitali borligiga guvoh bo‘lamiz. Tadbirkorning birgina narsasi bor, u ham bo‘lsa, uni bozorga olib chiqish orqali pul ishlashi mumkin bo‘lgan ixtirosidir. Yana shuni qo‘shimcha qilishimiz mumkinki, yangidan o‘z ishini boshlayotan tadbirkorda umumiy holatda biznesni tashkil etish to‘g‘risida tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi biznes-g‘oya ham mavjud. Biznesni tashkil etishning dastlabki bosqichida operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan olinuvchi pul oqimlari haqida gapirishga hali ancha erta. Har qanday tadbirkor - yangi innovatsion loyihani tashkillashtiruvchini-“Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun pulni qaerdan olish kerak” - degan muhim bir savol qiynaydi.
Bu vazifa shunchaki oddiy emas, chunki ko‘p hollarda kichik va o‘rta biznes korxonalari korporatsiyalardan farqli ravishda tijorat krediti olishda jiddiy muammolarga duch keladilar, chunki kredit olish uchun quyidagilar bo‘lishi talab etiladi:

    1. kredit ta’minoti uchun aktivlar;

    2. foiz to‘lovlari vaqtida normal hisob-kitob qilish imkoniyatini beruvchi operatsion faoliyatda olinuvchi pul oqimlari.

Yangi tashkil etilgan kompaniyalar aksariyat hollarda kredit ta’minoti uchun likvid akivlarga va etarlicha o‘z kapitaliga ega bo‘lmaganlari holda, foiz to‘lovlarini to‘lash borasida jiddiy muammolarga duch keladilar. Demak, innovatsion startaplarning korporativ moliyadan yana bir farqi shundaki, ular ko‘pchilik holatlarda kredit mablag‘lari ololmaydilar. Bundan tashqari, yirik kompaniyalar tomonidan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun keng foydalanadigan klassik moliyaviy vositalardan (masalan, obligatsiyalar, tijorat veksellari, bank aktseptlari va boshqalar) yangi tashkil etilayotgan korxonalar etarlicha aktivlari mavjud emasligi bois hali foydalana olmaydilar. O‘z faoliyatini yangidan tashkil etayotgan kompaniya startapda mavjud ishlab chiqish uchun o‘z kapitali va ixtirosi mavjud bo‘lgani holda, faqat uning yordamidagina investorlarni jalb qilishi mumkin, ammo buning uchun tadbirkor kompaniya g‘oyasiga asoslangan o‘z biznes g‘oyasinining istiqbolli ekanligiga investorlarni kafolatlay olishi kerak. O‘z faoliyatini noldan boshlayotgan har qanday kompaniyada moliyaviy qarorlar qabul qilish bilan faoliyatining qolgan boshqa barcha jihatlari - jamoa, personal, kadrlar, marketing, intellektual mulkni himoya qilish, huquqiy jihatlar kabilar o‘rtasida uzviy aloqa mavjud.
Startaplarning moliyasi katta kompaniyalarning moliyasidan tubdan farq qiladi, chunki korporatsiyalar va kichik innovatsion kompaniyalarning moliyaviy oqimlari o‘rtasida sezilarli farq mavjud. Shu bilan birga, an’anaviy tarzda urf bo‘lgan qarz moliyaviy resurslarning aksariyati qismidan (bank kreditlari va ssudalari, kompaniya obligatsiyalarini chiqarish va sotishdan olingan mablag‘lar, boshqa nobank tashkilotlarining kreditlari) yosh innovatsion kompaniyalar foydalana olmaydilar. Bundan tashqari, barcha hal qiluvchi ahamiyat kasb etuvchi barcha moliyaviy qarorlar, ko‘pincha maxsus moliya ta’limga yoki moliya sohasida ishlash tajribasi bo‘lmagan kompaniya muassislari jamoasi tomonidan amalga oshiriladi. Biznes g‘oyani ishlab chiqishdan boshlab uni strategik investorlarga sotish yoki ommaviy bozorlarga olib chiqishgacha bo‘lgan barcha davrlarda, strategiya startapning kelgusidagi taqdirini belgilab beruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Kichik innovatsion kompaniyalar yoki startaplarning moliyaviy strategiyasi yirik korporatsiyalarning moliyaviy strategiyasidan ancha farq qiladi. Hayotiylik tsiklining har bir bosqichida moliyalashtirishning maqbul manbalarini tanlab olish, xarajatlar va daromadlar tarkibini moliyaviy rejalashtirish, kompaniyaning biznes-modelini tahlil qilishni ko‘zda tutuvchi puxta ishlab chiqilgan moliyaviy strategiya yangidan tashkil etilgan korxonaning bozorda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish ehtimolini oshiradi..
Yangi kompaniyaning shakllanish va rivojlanishi jarayoni shartli ravishda bosqichlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning har birining o‘ziga xos aniq vazifalari va ularni hal etish usullari mavjud. Hayotiylik tsiklining quyidagi bosqichlari mavjud:

  • rivojlanishning dastlabki bosqichlari – g‘oyani ekish bosqichi va startap (Seed Stage, Startup);

  • ilk bosqich (Eaarly Stage);

  • kengaytirish/ rivojlantirish bosqichi (Development, Expantion).

Ba’zan loyiha/texnologiyaning susayish (o‘lim) bosqichi ham farqlana-di. Kompaniyaning jami (to‘plangan) pul oqimlarining belgisi va dinamikasi kompaniyaning shakllanish va rivojlanish davrlarini bosqichlarga ajratish me’zoni hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir bosqichda biznesni rivojlantirish uchun zarur moliyaviy resurslarning darajasi ham o‘zgarib boradi.
Innovatsion tadbirkorlikda moliyalashtirishning an’anaviy usullari va manbalaridan foydalanish imkoniyatlari juda ham cheklangan, ba’zi holatlarda esa bunday manba va usullardan foydalanishning umuman iloji yo‘q. Ertami-kechmi har qanday startap asoschisining oldida: “Zarur moliyalashtirish manbaini qaerdan topish mumkin, va ularning optimal tarkibi qanday bo‘lishi kerak?”-degan savol paydo bo‘ladi. Bunda mablag‘lar kiritish borasida qarorlar qabul qilishda tadbirkorlikning rivojlanish bosqichi va moliyaviy qaytimning noaniq istiqbollari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 10.3-rasmda rivojlanishning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli tarzda bosib o‘tgan kompaniya daromadlari o‘zgarishining odatiy modeli aks ettirilgan. Dastlab, daromadlar egri chizig‘i investitsiyalar darajasining foyda darajasidan ortiqchaligini aks ettirgan holda, keskin pasayib boradi. So‘ngra, bozorga yangi mahsulot yoki xizmatlarning kirib borishi asnosida daromadlar egri chizig‘i ko‘tarilib boradi. Qachonki, kompaniya etuklik darajasiga erishar ekan, daromadlar egri chizig‘ining o‘sishi sekinlashishi mumkin. Biroq, ko‘pchilik kompaniyalar o‘zlarining etuklik bosqichida ham ichki o‘sish yohud yutib yuborish yoki birlashish dasturlari natijasida rivojlanishda davom etishlari mumkin.
Yosh kompaniyalar rivojlanishining dastlabki bosqichlarini moliyalashtirishga “g‘oyani ekish bosqichi” (seed stage), ishga tushirish bosqichi (start-up) va ilk o‘sish davri (Early Stage) bosqichlari kiradi. Ushbu holatda “ekish” va “startap” bosqichlari o‘rtasidagi chegara shartli hisoblanadi, chunki har ikkala bosqichda ham salbiy pul oqimiga ega bo‘lgan, o‘z faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda tajribaga ega bo‘lgan yoki tajribasi etarlicha bo‘lmagan yosh innovatsion kompaniyalar nazarda tutiladi. Kompaniya rivojlanishining ekish bosqichida tashqi moliyalash-tirish manbalarini jalb qilishning juda qiyinligi va ba’zan mumkin ham emasligi natijasida kompaniya tadbirkorlik subyektlarining ichki resurslari va grantlar, OO‘Yu, biznes-inkubatorlarning mablag‘lari kabi beg‘araz va tekinga olingan tashqi manbalar hisobiga kun kechiradi.
Bundan tashqari, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan ko‘pchilik korxonalarning tashqi qarz manbalaridan foydalanmasliklari, odatda bunday moliyalashtirish manbalarining yo‘qligi bilan emas, balki faoliyatning dastlabki bosqichlarida tadbirkorning o‘z faoliyati natijalarini boshqalar bilan bo‘lishish istagidan yiroq bo‘lgan strategiyani tanlashi bilan ham izohlanadi. Startap bosqichida pul oqimlarining kompaniyadan chetga chiqib ketish holatlari ham kuzatiladi. Bu mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqish va takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan va ko‘pincha operatsion faoliyatdan olinuvchi daromadlar evaziga qoplanuvchi qo‘shimcha investitsiyalarni aks ettiradi. Ushbu bosqichda tadbirkorlar jamoasi azaldan rosmana faoliyat ko‘rsatayotgan korxona singari o‘zlarini tuta boshlaydilar va yuridik shaxs sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyaga aylanadilar. Ushbu davrga kelib, kompaniyaning dastlabki iste’molchilari ma’lum bo‘ladi, mahsulotning prototipi ustida keng qamrovli ishlar yo‘lga qo‘yiladi, kompaniya jamoasini to‘ldirish uchun qanday insonlarni jalb qilish lozimligi haqida dastlabki tasavvurlar paydo bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, moliyalashtirish jarayonida kompaniya qiymatini baholash, investorlar bilan bitimlarni puxta tuzish kabi birlamchi savollar paydo bo‘ladi.
Kerakli investitsiyalarni o‘z hisobidan moliyalashtirish, ko‘pincha so‘nggi o‘rinlarda ko‘riladi, chunki innovatsion biznes odatda tegishli mablag‘ga ega bo‘lmagan yangidan o‘z faoliyatini tashkil etayotgan korxona hisoblanadi. Boshlang‘ich sarmoya yoki ustav kapitali investitsiyalarni moliyalashtirishning asosiy manbai bo‘la olmaydi, chunki u doimo bir me’yorda saqlanib turishi lozim, aks holda etarlicha ustav kapitaliga ega bo‘lmagan korxona tugatilishi tabiiy holdir. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, moliyalashtirishning birinchi navbatdagi manbalari - birlamchi institutsional investorlar - innovatsion loyihalarning ilk bosqichlarini moliyalashtiruvchi venchur fondlari, biznes- farishtalar hisoblanadi. Shuningdek, universitetlar, biznes inkubatorlar, texnoparklar kabi moliyalashtirish manbalari ham katta ahamiyatga ega. Venchur fondlari yoki strategik investorlar kabi institutsional investorlarning mablag‘larini osongina jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan tajribali tadbirkorlardan farqli o‘laroq, kompaniyani tashkil etishning dastlabki bosqichlaridayoq, yangi tadbirkor o‘z mablag‘larini sarf qilishga, o‘z yaqinlari va biznes-farishtalar orasidan investorlarni izlab topishga, shuningdek, davlat grantlari va tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash dasturlariga umid qilishiga to‘g‘ri keladi. Ilk o‘sish (Early Stage) bosqichiga kelib, kompaniya mahsulot sotishdan daromad ola boshlaydi. Ushbu daromadlar hali unchalik ham katta bo‘lmasada, kompaniyaning investitsion faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan pul oqimlari xarajatlarini qoplash imkonini beradi va buning natijasida pul oqimlarining yakuniy qiymati ijobiy ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Ushbu bosqichda innovatsion mahsulot ma’lum bir yildan so‘ng loyihadan chiqish imkoniyati, inson omili va barqaror raqobat afzalliklari kabi masalalar birinchi o‘ringa chiqadi. Kompaniyaga katta miqdordagi moliyaviy investitsiyalar talab etiladi, bularning barchasi eng avvalo venchur fondlari, investitsiya fondlari va turli xil strategik sherikchilik hisobiga ta’min etiladi. Strategik sherikchilik turli xil shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Bu istiqbolli texnologiyaga ega bo‘lgan startap kompaniyalarning ulushini katta kompaniyalar tomonidan sotib olinishi yoki yirik kompaniyaning mablag‘laridan birgalikda innovatsion mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqishda foydalanish bo‘lishi mumkin. Rivojlanishning keyingi kengayish bosqichida kompaniya bozorda o‘z pozitsiyasini mustahkamlaydi va sotuv hajmlarinining ortib borishi natijasida sezilarli ijobiy pul oqimlari shakllanadi. Shu bilan birga, operatsion faoliyatdan olinuvchi mablag‘lar odatda, investitsion va moliya-viy faoliyat bilan bog‘liq pul oqimlarini qoplashga to‘laligicha etadi. Kompaniyaning yangi bozorlarga kirishga imkon beradigan keyingi strategik kengayishi katta investitsiyalarni talab qiladi va natijada korxona venchur biznesining yirik ishtirokchilariga - strategik hamkorlarga, venchur fondlariga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondlariga qiziqish bildira boshlaydilar. Bunda, moliyaviy resurslarning hajmi va ularning kapital bozoridagi mavqei katta miqyosdagi yangi yirik loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. Yangidan o‘z faoliyatini boshlayotgan korxonalarning texnologiyasi katta kompaniya uchun yangi mahsulot yaratishga, yangi sotish bozorlarining ochilishiga yoki xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirishga imkon berganida katta kompaniyalar yangidan faoliyat boshlayotgan innovatsion kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildiradilar.
Har bir investorning yakuniy maqsadi - bu foyda olishdir. Innovatsion kompaniya biznesni yo‘lga qo‘yish va ilk o‘sishni ta’minlash muammolarini hal qila boshlagach, rentabellik ko‘rsatkichlari va bozor qiymati ko‘rsatkichlari asta- sekin o‘sib boradi. Buning natijasida investor kompaniyaga kiritilgan mablag‘larni nafaqat qaytarib olish, balki muayyan darajadagi foyda olish imkonini beruvchi shart-sharoitlar tarkib topadi. Kompaniyaning barqaror iqtisodiy o‘sish fazasida tadbirkorga investorsiz o‘zi mustaqil tarzda qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi va investorga loyihadan foyda bilan chiqishni ta’min etuvchi, venchurli investorlarga ma’lum bir foyda bilan sarflangan barcha mablag‘larni qaytarib olishga imkon beruvchi iqtisodiy natijalarga erishish lozim.
Shunday qilib, barqaror o‘sish va kengayishning yakuniy bosqichi bo‘lib, bu investitsiyalardan chiqish fazasiga tayyorgarlik ko‘rish hisoblanadi. Ushbu bosqichda kompaniya foyda yoki zararni qayd etish maqsadida investorning kompaniyadagi ulushini sotishni ko‘zda tutuvchi loyihadan chiqishni istiqbolli rejalashtirishga o‘tishi va uzoq muddatli korporativ strategiyani ishlab chiqishi lozim. Investorning kompaniyadan chiqishining: to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish; ommaviy oferta (shu jumladan, IPO) orqali sotish; hisobdan chiqarish; imtiyozli aktsiyalar/ qarzlarni to‘lab berish; boshqa venchur kapitali egasiga sotish; moliya muassasasini sotish kabi usullari mavjud.
Shunday qilib, innovatsion kompaniyalar rivojlanishining dastlabki va keyingi bosqichlarida moliyalashtirish manbalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular an’anaviy kompaniyalar tomonidan foyda-laniluvchi moliyalashtirishning o‘xshash manbalaridan sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning mumkin bo‘lgan manbalarini o‘sib borish tartibida joylashtiramiz:
1) shaxsiy jamg‘armalar (ya’ni F- Family, Friends, Fools);
2) grantlar, OTMlarining mablag‘lari;
3) biznes-inkubatorlarning mablag‘lari;
4) tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkaziluvchi innovatsion loyihalarning tanlovlarning mablag‘lari;
5) biznes- farishtalar;
6) investitsiya fondlari mablag‘lari;
7) venchur fondlari;
8) strategik sheriklik;
9) fond bozorlari va banklar.

Moliyalashtirish manbalari
* Mumkin bo‘lgan manbalar ichida bir muncha jozibador
** Barqaror manba
*** Optimal manba

Moliyalashtirishning mumkin bo‘ lgan
hajmi

“ Ekish bosqichi”



«Startap»



Ilk o‘ sish

Kengayish bosqichi



Etuklik



Dastlabki bosqichlarni moliyalashtirish

Keyingi bosqichlarni moliyalashtirish

Shaxsiy




***

*










jamg‘armalar







Grantlar, OTM

**

**

*







mablag‘lari










Biznes-inkubatorlar

*

***

*







mablag‘lari










Innovatsion

*

***

*







loyihalarda










tadbirkorlik










tanlovlarining










mablg‘alari










Biznes-farishtalar

*

***

**







mablag‘lari










Investitsiya fondlari




***

**







mablg‘alari










Venchur fondlar va
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondlari







*

***

**

*

Strategik sherikchilik










***

***

Fond bozorlari










***

***

Banklar










***

***

Yüklə 66,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin