Innovatsion iqtisodiyot


Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB)



Yüklə 128,13 Kb.
səhifə9/10
tarix14.04.2023
ölçüsü128,13 Kb.
#97822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi

Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) - Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining rivojlanish loyihalari uchun uzoq muddatga kredit ajratish bilan shug’ullanadigan yirik davlatlararo moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Osiyo Taraqqiyot Banki 1966 yilning 22 avgustida 15 ta mamlakat tomonidan shartnoma imzolanishi bilan tashkil etilgan. Bank o’zining o’z kredit faoliyatini 1966 yil 19 dekabrda boshladi.
Osiyo taraqqiyot bankini tuzishdan maqsad - Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga yordam berishdan iborat.

  1. XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARINING RIVOJLANGAN DAVLATLARNING IQTISODIY JARAYONLARINI TASHKIL ETISH YO’LLARI

Bugungi kunda OTBga 67 ta a’zo davlat Osiyo, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari, shuningdek, Evropa va Amerikaning sanoati rivojlangan 19 ta davlati hisoblanib, OTB vakillari har yili ushbu tashkilotga a’zo va faol rivojlanayotgan davlatlarning birida OTB Boshqaruvi, ushbu mamlakatning moliya vazirligi va markaziy banki rahbarlari ishtirokida uchrashuv o’tkazadi.
OTB shtab - kvartirasi Manila shahrida (Filippin) joylashgan bo’lib, OTB prezidenti 5 yil muddatga saylanadi.
OTB faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

  • investitsiya loyihalarini moliyalashda uzoq muddatli va imtiyozli shartlar bilan 40 yilgacha bo’lgan kreditlarni yiliga 1 % dan berish; tijorat kreditlarini 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha berish6;

  • rivojlanayotgan a’zo mamlakatlarga ularning iqtisodiy rivojlanish rejalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, moliyalashga tayyorlash va loyihalarni hamda rivojlanish dasturini amalga oshirishga yordam berish;

  • xalqaro moliyaviy institutlar, milliy davlat va xususiy tashkilotlar bilan investitsiyalarni birgalikda amalga oshirishga taalluqli masalalarda hamkorlik qilish;

  • mintaqada iqtisodiy o’sish va hamkorlikni rag’batlantirish uchun zarur ekspert xizmati va maslahatlarining turli shakllarini tashkil etish.

OTB quyidagi sohalarni o’z ichiga olgan loyihalarni moliyalashtiradi:

  • qishloq xo’jaligi va qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash;

  • avtomobil va temir yo’llarni ta’mirlash va qayta qurish;

  • energetika;

  • ta’lim;

  • transport va aloqa tizimi;

  • tog’-kon sanoati;

  • sog’liqni saqlash va ekologiya;

  • turizm infratuzilmasini rivojlantirish;

  • bank tizimini rivojlantirish.

Iqtisodiyotning bozor usuli jahon uzra keng quloch yozmoqda. Iqtisodiy munosabatlarni samarali tashkil etish va resurslarni oqilona joylashtirish avvaldan insoniyat diqqatini, ayniqsa iqtisod ilmi ahlini, o`ziga jalb etib kelgan. Bunda ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish imkoniyatini tug`diruvchi har qanday ijtimoiy shakl tan olingan. “Resurslar taqchilligi – ehtiyojning poyonsizligi” muammosi insoniyatni doimo o`ylantirib, buni xal qilishda inson bozor usulini tanlagan va uni eng ma’qul usul deb bilgan. Ma’lumki, jamiyat ixtiyoridagi ishlab chiqarish imkoniyatlari, iqtisodiy resurslar, mehnat resurslari, turli mablag`lar, tabiiy boyliklar, yer kabilar poyonsiz emas, ya’ni bu resurslar chegaralangan bo`lib, ulardan foydalanish, ularni joylashtirish oqilona yondoshuvni talab etadi. Basharti ma’lum tarmoqlar tezroq taraqqiy etib, bir xildagi tovarlar ishlab chiqarish ko`paytirilsa, demak bunga ko`proq resurslar jalb etiladi hamda shunga ko`ra qolganlariga kamroq resurslar sarf etish zaruriyati tug`iladi.



Bunday alternativ (ya’ni ikki yo`ldan birini) tanlash muammosi tug`iladi. Iqtisodiy taraqqiyot amaliyoti shuni isbotlab bormoqdaki, hozirgi vaqt bozor iqtisodiyoti hukmronligi resurslarni samarali taqsimlab joylashtirish va iqtisodiy o`sishni tezlashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash va yuqori turmush darajasini ta’minlash imkonini tug`diradi. Bunday tizim mehnatni rag`batlantirish va shaxsiy boylikni, pirovardida esa milliy boylikning ortib borishini tezlashtiradi. Bozor tizimi barcha mamlakatlar iqtisodiga xos bo`lib, u o`z doirasini to`xtovsiz kengaytirib bormoqda. Bu ayniqsa, sivilizatsiya darajasiga bog`liq bo`lib, u o`z taraqqiyot jarayonini tezlashtirib bormoqda. Eng taraqqiy etgan va qudratli iqtisodiyot salohiyatiga ega bo`lgan mamlakatlar asosan erkin bozor sharoiti tufayli xalq farovonligini yuqori ko`rsatkichlariga erishmoqdalar. Bular avvalo yuqori darajali industrial mamlakatlardir. Bularning ketidan borayotgan va bozor 6 munosabatlariga o`tishda yaxshi natijalarga erishayotgan mamlakatlarning soni ortib bormoqda. Sivilizatsiyali iqtisodiyot (madaniylashgan iqtisodiyot) bozor mexanizmini, bozor munosabatlarini takomillashtirib, bozor iqtisodiyotiga, umuman iqtisodiy taraqqiyotga katta o`zgarishlar kiritmoqda. Bu iqtisodiyotning ijtimoiy yo`nalishi, davlatning iqtisodiyot voqeligiga ishtirokining kengayishi, aralash iqtisodiyotning ahamiyatli bo`lib borishi kabilarda o`z aksini topmoqda. O`zbekiston ham o`z iqtisodiy taraqqiyotida bozor yo`lini tanladi. Zero, O`zbekiston faqat bozorgina inson manfaatlariga mos mehnatni rag`batlantiruvchi mexanizmga ega bo`lgani, jahon hamjamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichiga juda mosligi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira olishi, ishlab chiqarishni iste’molchilar manfaatiga bo`ysundirishi, tejamli xo`jalik yuritishning kuchli, oqilona jixatlarini yaratishi, yangiliklarga sezgirlikni oshirishi va fan-texnika yutuqlarini dadil joriy etish sharoitlariga ega bo`lishi kabilarni e’tiborga olgan xolda uzil-kesil bozor munosabatlariga o`tishni tan olib, bozor iqtisodiyoti sari dadil qadamlar qo`ymoqda.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida iqtisodiy dastaklardan kеng ko`lamda foydalaniladi. Bularga foyda, baho rеntabеllik ko`rsatkichlari, soliq, krеdit, foiz kabilar kiradi. Ularni ichida foyda korxonaning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini ifodalovchi eng muhim mеzondir.Erkin iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi bois har bir xo`jalik yurituvchi sub'еkt ko`proq foyda olishga intiladi.
Binobarin, foyda miqdorida jamiyatning korxona jamoasining va har bir xodimning manfaatlari o`z ifodasini topadi. Shu bois foyda iqtisodiy katеgoriya bo`lib u o`zida ishlab chiqarish va taqsimot orqali tovar - pul munosabatlarini aks ettiradi. Xo`jalik yurituvchi sub'еktning olgan foydasa qancha ko`p bo`lsa, har bir xodimni shuncha ko`p rag`batlantirishga, korxonani har tomonlama kеngaytirishga, takror ishlab chiqarish fondlari mablag`ini ko`paytirishga imkoniyati tug`iladi.




Nihoyat milliy iqtisodiyotning eng yukrri darajasi bu metimoliya boʻlib, bu tabiatan xalqaro Moliya munosabatlari hisoblanadi, mamlakatlararo yuz beradi, xalqaro Moliya tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Turli darajadagi Moliya oʻzining koʻlami bilan ajralib turadi. Moliya turli darajadagi moliyalashtirish usullari jihatidan ham farqlanadi. Korxona, sugʻurta va xonadon Moliyasi oʻzini oʻzi moliyalashtirish qoidasiga tayanadi. Davlat moliyasi byudjetdan moliyalashtirish tamoyillarini qoʻllaydi. Turli nodavlat tashkilotlari va jamoat tashkilotlari qisman oʻzini oʻzi moliyalashtiradi. Milliy iqtisodiyotning mohiyati va funksiyalari moliya tizimi faoliyatida oʻz ifodasini topadi Moliya — pul mablagʻlaridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tizimi boʻlib, uning vositasida turli darajada pul mablagʻlari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Magistr bozor iqtisodiyotida yetakchi, katta mutaxassis sifatida innovatsion faoliyat ko`rsatuvchi shaxs hisoblanadi. U o`z mavqeiga ko`ra ilg`or, kompleks mutaxassisdir. Chunki u haqiqiy rahbar va yirik tashkilotchi bo`lishi talab etiladi. Shuning uchun ham magistr o`z nomi, faoliyat xususiyati bilan doimo yangilikka intiluvchi, jarayonga yangilik kiritib boruvchi xodim hisoblanadi. Mamlakatlar bozor tajribasini o`rganish doimiy tartibda bo`lib, uzulishga yo`l qo`ymaslik zarur. Bu doimiy kundalik talabga aylanganidagina tegishli foyda berishi mumkin. Uzilgan xolda yoki istagan vaqtdagina e’tibor berib shug`ullanish kutilgan natija bermay, ma’lumotlardagi yaxlitlikni ta’minlamaydi. Shuning uchun avvalo bunga ajratiladigan vaqtni mazmunli aniqlash taqozo etiladi. Shu bilan bunga bu ish uchun ajratiladigan va belgilangan vaqt ma’lumot va axborot olish shart-sharoitlariga bo`ysundirilgan bo`lishi shart. Lekin qanday bo`lmasin belgilangan vaqt doimiy tavsifda bo`lishi muhimdir. Keyingi zarur talablardan yana biri manbaalarni aniqlash hisoblanadi. Ishni boshlash va bog`lanishdan oldin rivojlangan mamlakatlar tajribasini o`rganish manbaini to`la aniqlash va uning turi, xilini tanlay bilish bilan bog`liq ishlar amalga oshiriladi. Busiz ish samara berishi qiyin. Bunda aniqlik bo`lmasa vaqtning behuda ketishi, vaqtni unumsiz o`tkazish mumkin. Manbaalarni belgilashda eng, yangilik tomonlari bor, foydalanish oson bo`lganlarini tanlash va ularga moslashish maqsadga muvofiq bo`lib, bu har tomonlama yengillik tug`diradi. Manbaalarni to`g`ri belgilagandan keyin foydalanish usullari va yo`llarini aniqlab belgilash kerak bo`ladi. Chunki har bir manbaadan foydalanishning o`z shartsharoitlari bo`lishi mumkin. Bularni tezroq to`la bilgan xolda harakat qilish yaxshi samaraga olib kelishi ma’lum. Shart-sharoitlar manbaalarga qarab boshqacha bo`lishi, shu bilan birga ular oson xal qilinadigan yoki mushkulroq bo`lib, turlicha yondoshuvga olib kelishi mumkin.
Har sohaga o`xshagan rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasini o`rganish tizimlilikni talab qiladi. Bunda bevosita faoliyat ko`rsatayotgan korxona, tashkilotga xos yoki tarmoqqa taalluqli bo`lib, bularga ko`proq e’tibor berish zarur bo`ladi. Bu sohadagi ma’lumot va axborotlar birinchi navbatda va tezroq, ko`proq bo`lishi turgan gap. Shu bilan birga mamlakatlar bo`yicha eng zarurlarini ajratish mumkin bo`ladi. Korporatsiyalar, trans milliy kompaniyalarga aniqlik kiritish foydadan xoli emas. Umumiy oqimli soha, mamlakatlar tizimi bo`lishi mumkin. Aytaylik, yetakchi “sakkizlik”, “O`nlik”, “yigirmalik” mamlakatlari, yoki Yaponiyaning o`zi, yangi industrial Sharqiy Osiyo mamlakatlari, shuningdek sobiq sotsialistik iqtisodli bozorga o`tuvchi mamlakatlar yoki sobiq Itifoqqa kiruvchi O`zbekistonga o`xshagan suveren mustaqil davlatlar kabilarga bo`lingan xolda o`rganib, ma’lumotlar yig`ish va tahlil qilish ma’lum ma’noni belgilaydi va tizimlar turliligiga qarab ish tutishga undaydi. Magistr uchun eng muhim narsa ma’lumotlarni tahlil eta bilish va maksimum ravishda foydalana olishdir. Biznes faoliyatda yangilikka intilish rivojlangan 12 mamlakatlarda bozor tajribasini qo`llay bilishni talab etadi. Buning uchun bunga taalluqli ma’lumot, axborotlarni tahlil etish, to`la tushunish va amaliyotda ishlata olish darajasiga olib kelish ishlarini amalga oshirish jarayonlarini bajarish kerak. Shu bilan birga o`z amaliyotidagi o`lchovlarga taqqoslay bilish salbiy va ijobiy tomonlarini aniqlay bilish muhimdir. Shu taqdirda amalda qo`llash uchun yo`l ochilishi mumkin. Tahlil eta bilish, taqqoslash xulosa chiqarishga olib kelib, amaliy yo`llarni aniqlash talab etiladi. Buning uchun bu tajribalardan kelib chiqadigan xulosalardan foydalanish yo`llari, usullarini belgilash bilan bog`liq ishlarni bajarish kerak. Bunda samaradorlikni belgilash amalda qo`llash darajasini aniqlash bilan bog`liq vazifalar ado etiladi.



Ma’lumot, axborotlarni tizimlay bilish va vaqt, hudud, tarmoqlar bo`yicha tartiblashtirib borishi zarur. Bularni yig`ish tartibi, ularni o`rinlashtirish va kerakli vaqtda qayta foydalanish imkonini beruvchi tartibli xolda saqlanishini ta’minlash talab etiladi. Rivojlangan mamlakatlarda bozor tajribasini o`rganish va ulardan samarali foydalanish diqqat bilan ish tutishni taqozo etadi. Shu bilan birga bu ma’lumot va tajribalardan firma ichki faoliyati va chet iqtisodiy harakatlarda, shuningdek halqaro faoliyatda foydalanishda mustaqil ish yurita bilish magistrdan malakali bo`lishni talab etadi. Chunki bu sohadagi faoliyat shaxsan o`z manfaati bilan chegaralanmay boshqalar uchun foyda keltirishi kerak. Magistr jahon bozori tajribasidan keng foydalanishi uchun bunga taalluqli vositalarni bilishi va erkin tarzda ishlata olishi zarur. Bular internet, kompyuter, ilmiy adabiyotlardan iboratdir. Bunda boshqalarning yordamisiz mustaqil ishlay bilishi zarur. Shuni ta’kidlash kerakki, bozor munosabatlari harakati, biznes avji jahon tajribasisiz kutilgan natija bermaydi va bu vaqtinchalik narsa bo`lmay, doimiy davom etuvchi, to`xtovsiz yangilanib turuvchi xodisalarki, buni hech qo`ldan bermay doimo 13 shug`ullanib borish maqsadga muvofiqdir. Bu har bir magistr uchun ihtiyoriy zaruriyatga aylanishi hamda xavas, ko`ngil qo`yish bilan bajarilib borishi talab etiladi. Magistr uchun jahon bozor tajribasini o`rganib, uni amalda qo`llab borish zarur shartdir.
Bundan jamiyat ham manfaatdor, zеro korxonaning olgan foydasi qancha ko`p bo`lsa foydadan davlat byudjеtiga to`lanadigan soliq ham shuncha ko`p bo`ladi. Shu bois erkin iqtisodiyot sharoitida foyda olishning axamyati bеqiyos darajada oshganligini ko`rishimiz mumkin. Iqtisodiyotimizning barcha sohalaridagi o`sish sur'atlari o`z navbatida foyda hajmini ham barqaror tarzda ko`payishiga olib kеldi.
Moliyaviy natija-korxona faoliyatining foyda summasi va rеntabеllik darajasida ifodalanadigan yakunidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning xo`jalik va moliyaviy faoliyatini bеlgilovchi asosiy mеzon - sof foyda hisoblanadi. Sof foyda miqdorini aniqlash uchun quyidagi oraliq foyda ko`rsatkichlarini aniqlash kеrak:
1.Yalpi foyda = Sof tushum – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
2.Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan kеlgan foyda = yalpi foyda - davr xarajatlari ± asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromad (xarajat).
3.Umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda = asosiy faoliyatdan olingan foyda + olingan dividеndlar + boshqa olingan dividеndlar ± olingan va bеrilgan qarzlar bo`yicha foizlar ± boshqa olingan va to`langan foizlar ± valyuta kursi farqi ± moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa daromad (xarajat).
4.Soliq to`lagunga qadar foyda = umum xo`jalik faoliyatidan kеlgan foyda ±
favquloddagi foyda (zarar).
5.Sof foyda (zarar) = soliq to`lagunga qadar foyda - foydadan soliq boshqa soliqlar va ajratmalar.

XULOSA
Xulosa o'rnida aytish joizki, O'zbekiston va Xalqaro moliya tashkilotlar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishda, iqtisodiy-moliyaviy rivojlanish omillaridan kelib chiqib, yuqorida aytilgandik, puxta o‘ylangan, vazmin, balki bir vaqtning o‘zida ildam va qulay bo‘lishi hamda hozirgi tez o‘zgaruvchan, dunyoda yuzaga kelishini oldindan aytib bo‘lmaydigan yangi muammo va tahlikalarga o‘z vaqtida va munosib javob bera oladigan darajada bo'lishi kerak. Shu bilan bunga bu ish uchun ajratiladigan va belgilangan vaqt ma’lumot va axborot olish shart-sharoitlariga bo`ysundirilgan bo`lishi shart. Lekin qanday bo`lmasin belgilangan vaqt doimiy tavsifda bo`lishi muhimdir. Keyingi zarur talablardan yana biri manbaalarni aniqlash hisoblanadi. Ishni boshlash va bog`lanishdan oldin rivojlangan mamlakatlar tajribasini o`rganish manbaini to`la aniqlash va uning turi, xilini tanlay bilish bilan bog`liq ishlar amalga oshiriladi. Busiz ish samara berishi qiyin. Bunda aniqlik bo`lmasa vaqtning behuda ketishi, vaqtni unumsiz o`tkazish mumkin.
Bunday tizim mehnatni rag`batlantirish va shaxsiy boylikni, pirovardida esa milliy boylikning ortib borishini tezlashtiradi. Bozor tizimi barcha mamlakatlar iqtisodiga xos bo`lib, u o`z doirasini to`xtovsiz kengaytirib bormoqda. Bu ayniqsa, sivilizatsiya darajasiga bog`liq bo`lib, u o`z taraqqiyot jarayonini tezlashtirib bormoqda. Eng taraqqiy etgan va qudratli iqtisodiyot salohiyatiga ega bo`lgan mamlakatlar asosan erkin bozor sharoiti tufayli xalq farovonligini yuqori ko`rsatkichlariga erishmoqdalar.



Yüklə 128,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin