O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INTITUTI
“IQTISODIYOT’’ FAKULTETI
“INNOVATSION IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH” FANIDAN
Kurs ishi
Mavzu: XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI VA ULARNI XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARIDAGI O‘RNI
Bajardi: SH.Shonazarov
Iqtisodiyot yo’nalishi
162-19-guruh talabasi
Qabul qildi: D.B. Taylakova
Qarshi-2023
MUNDARIJA
KIRISH
ASOSIY QISM
XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI VA ULARNI XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARIDAGI O‘RNI………………………………..
XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI VA UNDA XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARINING ASOSIY YO’NALISHLARI……….
XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI TOMONIDAN BAJARILADIGAN ISHLARI TAHLILI……………………………………
XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARINING RIVOJLANGAN DAVLATLARNING IQTISODIY JARAYONLARINI TASHKIL ETISH YO’LLARI……………………………………………………………………
XULOSA …………………………………………………………….………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ………………….……….…
KIRISH
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarining muhim ko'rinishlaridan beri bu xalqaro iqtisodiy hamkorlikdir. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotida iqtisodiy hamkorlikning ahamiyati jahon xo’jaligining rivojlanib, globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi bilan ortib boradi. Uning asosiy subʼyektlari — davlatlar, transmilliy kompaniyalar, mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. XX asrning 80-yillaridan eʼtiboran, xalqaro iqtisodiy hamkorlik doirasi kengayib, iqtisodiy munosabatlarni keng koʻlamda qamrab oldi. Tashqi va xalqaro savdo, kredit munosabatlari, valyuta va toʻlov — hisob kitob sohasi, mintaqaviy integratsiya, migratsiya va kapital chiqarish, transmilliy kompaniyalarni tashkil etish va kredit moliya instutlarini shakllantirish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib, ilmiytexnika va ishlab chiqarish sohalarida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan PF-4947-sonli Farmonidan ham ushbu masalalarga alohida to'xtalib o'tilib, unda kapitalni jalb qilish va korxonalar, moliyaviy tashkilotlar va xalqaro munosabatlarni tashkil etuvchi moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi moliya bozorini o'rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishi belgilab qo'yilgan. Chunki xalqaro iqtisodiy hamkorlik uning subʼyektlari iqtisodiy manfaatlarini milliy chegaralardan tashqarida roʻyobga chiqarishning eng maqbul yoʻli hisoblanadi. Iqtisodiy hamkorlik va iqtisodiy integratsiyani har qanday shaklda amalga oshiradigan mintaqaviy tashkilotlar muhim ahamiyatga ega. Mintaqaviy fondlar va banklar ularga ma'lum darajada yordam beradi. Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarga barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashda, iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini shakllantirishda, ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirishda va odamlarning hayotini yaxshilashda yordam berishdir.
Mamlakatimizda iqtisodiyotdagi bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bu moliya bozorini rivojlantirish va xalqaro moliyaviy munosabatlarni yo'lga qo'yishdir. Moliya bozori iqtisodiyotni rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotlarni oshirish, kapital jalb qilish, investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat qilishini ko'rishimiz mumkin. Jamiyat taraqqiyotida moliyaviy munosabatlarning o'rni esa beqiyosdir, zero, ular moliyaviy resurslarining harakati shakllanishi, taqsimlanishi va xalqaro moliya bozori institutlari hamda moliyaviy institutlar va tashkilotlar tomonidan ishlatilishiga asoslangan tarkib bo'yicha murakkab bo'lgan munosabatlar tizimidir. Shu sababli, hozirgi vaqtda kelib, O‘zbekiston bilan ko‘plab moliya tashkilotlar iqtisodiy munosabatlar keng yo'lga qo'yilib va samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda. Bu xalqaro moliya tashkilotlari O‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy sohalariga bir qator investitsiyalar kiritgan. Investitsion loyihalar soni ko‘p va hamkorlik aloqalarini mustamkamlash doimiy ravishda e’tibor qaratilishi lozim. Sababi shundaki, xalqaro bozorga chiqish, davlatning eksport salohiyatini oshirish, aholining ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, hamda ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaxshilash uchun xalqaro moliya institutlarini bilan aloqalarni rivojlantirish vazifalardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |