Innovatsion iqtisodiyot


Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsiflga ko'ra



Yüklə 210,63 Kb.
səhifə4/11
tarix12.05.2023
ölçüsü210,63 Kb.
#112048
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
meyliyev bobur mustaqil ish

2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsiflga ko'ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun'iy monopoliya.
Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror hosil qilib bo'lmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali qazilmalar va h.k.)ga ega boigan mulkdorlar va xo'jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga o'ziga xos texnologiyaning qo'llanishi sababli raqobatni rivojlantirib bo'lmaydigan ba'zi bir tarmoqlari va ishlab chiqarish turlari ham kiritiladi.
Tabiiy monopoliya — korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo’lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo'lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holatidir. Bunday samaradorlik ishlab chiqarish hajmining ko'payib borishi bilan tovar birligiga to'g'ri keluvchi xo'jalik xarajatlari ning ahamiyatli darajada pasayib ketishida namoyon bo'ladi. Shu bilan birga, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste'molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo'lmaydi.

1-rasm.Tabiiy monopoliya.
Tabiiy monopoliyada ishlab chiqarish hajmi, tabiiy monopoliya xolati quyidagi rasmda berilgan.
Unga ko`ra LAC va LMC lar uzoq muddatli davrdagi xarajatlar, D talab, AR, MR meyoriy daromad va MC meyoriy harajatlar. Monopolist narxni P1 o`rnatib Q1 hajmda ishlab chiqaradi. Bu holatda LMC va MR teng bo`ladi. Monopolist foydasi esa CP1AB to`tburchak yuziga teng bo`ladi. Lekin, Q1 hajmda chiqarilayotgan maxsulotlar jamiyat uchun kam, P1 narx esa juda baland. Grafikdan ko`rishimiz mumkinki, Jamiyat uchun eng optimal narx va hajm monopolist ishlab chiqarmaydigan P3 va Q3dir. Shuning uchun boshqaruvchi organ narxni P3 = LMC(Q3) = AR(Q3) da o`rnatish kerak. Muommo shundaki, bunday narx monopolist ihlab chiqarishini qoplamaydi va o`rtacha xarajatlardan kamroq bo`ladi.
Legal monopoliya bu - qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin:

  • patent tizimi — bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar - patentlar orqali amalga oshiriladi;

  • mualliflik huquqi — ilmiy, badiiy va san'at asarlari, ijro san'ati fonogrammalari, ko'rsatuvlar. efir to'lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o'z mahsulotlarini ma'lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko'paytirishga ruxsat berish imkonini ta'minlaydi;

  • tovar belgilari — bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi hamda boshqalarni ro'yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo'yicha paydo bo'lgan munosabatlami qonuniy tarzda tartibga solish shakli.

Suniy monopoliya - monopol foyda olish maqsadida tash­kil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliya-lardan ajratib turish uchun) nomi.
Sun'iy monopoliya o'z manfaatlari yo'lida bozor muhiti tuzilishini ataylab o'zgartiradi, ya'ni:

  • bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo'l qo'ymaslik uchun turli to'siqlar hosil qiladi (xom ashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);

  • ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnolo- giyasiga erishib, qolgan raqiblarini bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;

  • ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo'llaydi;

  • o'z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.

Sun'iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium.konsern kabi aniq shakllarda namoyon bo'ladi.
Kartel - bitta sanoat tarmog'idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo'lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o'z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa, kvota, ya'ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo'lib olinishi va h.k, bo'yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Sindikat — bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasidir.Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o'zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.
Trest - ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta'minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko'rinishidagi birlashmasi.
Konsorsium - tadbirkorlarning yirik moliyaviy opera- siyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda kata miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo'yish).
Konsern— rasmiy jihatdan mustaqil bo'lgan, ko'p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari)ning majmuini o'z ichiga oluvchi birlashma. Odatda, bunday birlashma ma'lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo'lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun'iy monopoliyalarning sanab o'tilgan shakllari orasida konsernlar keng tarqalgan.


Yüklə 210,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin