Innovatsion iqtisodiyot


Monopoliyaning ijobiy va salbiy jihatlari



Yüklə 210,63 Kb.
səhifə7/11
tarix12.05.2023
ölçüsü210,63 Kb.
#112048
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
meyliyev bobur mustaqil ish

1.3 Monopoliyaning ijobiy va salbiy jihatlari.
Har bir narsaning bir yaxshi bir yomon tomoni bo’lganidek, monopoliyaning ham bir qancha ijobiy va salbiy tomonlari bor. Monopoliyaning asosiy ijobiy va salbiy tomonlarini ko’rib chiqamiz.
Uning ijobiy tomoni asosan, quyidagi ikki jihat orqali namoyon bo'ladi.
Birinchidan, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, u ma'lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi.
Ikkinchidan, monopolist bo'lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko'proq rag'bat va imkoniyat mavjud bo'ladi. Chunki uncha yirik bo'lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda, moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo'lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko'ra, ko'proq joriy daromadga e'tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g'oyalar raqiblar tomonidan juda tez o'zlashtirib olinadi va buning oqibatida, mazkur g'oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydanadi. Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo'lib, innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi.
Uchinchidan, ba’zi bir sohalarda monopoliya sohaning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlab bera oladi. Shu sababdan ham bu sohalarda monopoliyaning vujudga kelishi davlat tomonidan ham ta’minlab beriladi. Raqobat bu sohalar faoliyatini buzishi yoki izdan chiqarishi mumkin. Bunga misol qilib elektr energiyasi, gaz, suv kabi komunal sohalarni yoki metropolitelin, temir yo’l va avia sohalarni keltirishimiz mumkin. Ammo hozirgi kunda dunyoning bir nechta rivojlangan davlatlarida bu sohalarning monopoliyadan chiqarilish holatlarini kuzatishimiz mumkin.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko’rsatish mumkin:
1. Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko’tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo’lmagan turlarini, past texnikaviy darajsini va sifatini hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo’ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.
Monopoliyalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo’ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo’ladilar. O qibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o’sadi, xo’jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiayt boyligi resurslarning oqilona raqobatli bozor taqsimoti sharoitida qo’lga kiritilishi mumkin bo’lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi.
2. Daromadlardagi tengsizlikning kuchayayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi yoki pasaytirilishi hamda yuqori foyda olinishi bilan bo’g’liq bo’lib, bu aholining qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi.

4-rasm. Monopol hokimiyat keltirgan sof zararlarning chizma tasviri.


A va B iste’molchi yutug’ining yo’qotilishi.
A monopol yutug’i.
B va C monopol yo’qotishi .
3. Iqtisodiy turg’unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo’shimcha urinishlarsiz o’zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa, ularni ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to’g’risida qayg’urish kabi xatti-harakatkardan qaytaradi.
4. Iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to’sib qo’yilishi. Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to’sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo’lgan korxonalarni o’zlariga bo’ysundirishlari, jamiyatga o’z ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to’lash, sifati oast tovarlarni ishlab chiqarish, o’ta darajada oshirilgan tovar narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o’z mahsulotini iste’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o’zlarining kamsituvchi shartlarini ko’ndalang qo’yishlari mumkin.
Monopoliyaning salbiy tomonlari haqida oldindan ta’kidlab kelingan va bir qancha buyuk iqtisodchilar bu haqida o’z fikrlarini bildirib o’tishgan. Buning yorqin misoli sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

5-rasm.Jamiyatning qaytarib bo’lmas yo’qotishlari.


Arnold Xarberger fikriga ko’ra bozorda monopoliyaning mavjud bo’lishi jamiyat boyliklarining bir qismini qaytmas xarajatlar (DeadWeight Loss (DWL))ga aylantiradi. Bu fikr o’z tasdig’ini topgan.
Xavri Leybenstayn monopoliyada samaradorlikni oshiruvchi stimul yo’qligini ta’kidlaydi.
Richard Pozdner esa monopolist monopol hokimiyatini ushlab qolish uchun qo’shimcha keraksiz sarf-xarajatlar qilishini va bu harajatlar odatda iste’molchining zimmasiga tushishini, hamda natijada bu aholi daromadlarining kamayishiga olib kelishini aytib o’tgan.
6-rasm. Zarar keltiruvchi monopoliya .

Yüklə 210,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin