2.2 Antimonopol siyosat “Antimonopol qonunlar meni zeriktirib yubordi, ishlab chiqaruvchi narxni oshirishi bilan sudlar uni monopol deb e’lon qilishadi, narxni tushurishganda narxlar kamsitilishiga yo’l qo’yildi deyishadi, bir xil narxlarni esa yashirin kelishuvga yo’yishadi”. (Ronald Kouz)
Yuqorida monopoliyaning ijobiy va salbiy jihatlarini ko’rib chiqdik. Bundan xulosa qiladigan bo’lsak monopoliyaning mamlakat iqtisodiyotiga ijobiydan ko’ra ko’proq salbiy ta’sir qiladi. Monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishga ancha jiddiy ta’sir ko’rsatishi, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’lishi ham mumkin. Shunga ko’ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan bo’ladi.
Monopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bo’lgan monopolistik hokimiyatni to’planishini cheklashga qaratilgan. Monopolistik hokimiyat yuqorida aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta’sir qilish kuchini bildiradi. Qaysi firma bozor narxiga ko’proq ta’sir qila olsa, u ko’proq monopolistik hokimiyatga ega bo’ladi. Davlatning antimonopol siyosati esa shunga o’xshash nohush holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotda manopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhititini vududga keltirishda davlat ham qatnahadi. Bu esa yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat mihitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Monopoliyaga qashi siyosat albatta monopol sharoitda amalga oshiriladi. Buning uchun avvalam bor iqtisodiyotda monopol kuchlar bor yoki yo’qligini aniqlash lozim. Ushbu holda biz 1934-yilda Abba Lerner taklif etgan Lerner monopol ko’rsatkichidan foydalanamiz. Ushbu ko’rsatkich quyidagi ko’rsatkich orqali topiladi:
L=(Pm-MC) /Pm L-monopol hokimiyatning Lerner indeksi
Pm-monopol narx
MC-chekli xarajat
Shu bilan birga Xerfendal-Xirshman indeksi ham monopol darajani aniqlashda foydalaniladi :
hhi=s_1^2+s_2^2+...+s_n^2
HH1- Xerfendal-Xirshman indeksi
X-bozordagi korxonaning ulishi
AQSHda XIX asr oxirlarida katta-katta korporatatsiyalar va korxonalar foydani oshirish maqsadida birlashishadi, maxfiy ravishda kelishuvlar olib borishadi. Buning natijasida katta korxonalar katta monopolistlarga aylanishadi va bu holat iqtisodiyotning erkinligi va demokratiyasiga tahdid sola boshlaydi. Bu esa AQSHda birinchi monopoliyaga qarshi qonunchilikning vujudga kelishiga olib keldi.10
AQSHdagi birinchi monopoliyaga qarshi qonunchilikni 1887-yilda tuzilgan “Shtatlararo savdo-sotiq akti” (Interstate Commerce Act) boshlab berdi va bu bu sohadagi ilk qadam bo’ldi. Bu aktga muvofiq, temiryo’l orqali bir shtatdan ikkinchi shtatga kirayotgan yuklarga nisbatan “aqlli va adolatli” ta’riflar o’rnatilishini talab qiladi va uni nazorat qiladi. Bundan tashqari bu qonun temiryo’l kompaniyalarining birlashishini ta’qiqlab qo’ydi. Bu qonunga muvofiq AQSH tarixida birinchi marta “Shtatlararo savdo-sotiq qo’mitasi” tuzildi.
Keyinchalik AQSHning antimonopol siyosatida 1890-yilda Sherman qonuni, 1914 yilda Kleyton va federal savdo komissiyasi qonuni, 1936-yilda Robinson-Patmen qonun va yana bir qancha qonunlar qabul qilindi.
Bu qonunlarning asosiy sababi sifatida esa bir qancha firma va korxonalarning, ayniqsa, yuzlab temiryo’l liniyalarining bir joyda jamlanishi va bitta katta monopol sistemaga aylanishi edi. O’sha vaqtdagi AQSH senatorlaridan biri Jon Sherman bu holdan tashvishlanadi va o’z taklifi bilan kongressga chiqadi. Kongress uning taklifini ko’rib chiqqach, uni bir ovozdan maqullashadi va 1980-yilda Sherman qonuni kuchga kiradi.
Sherman qonuni 7 bobdan tashkil topgan bo’lib, u asosan savdoni va tijoratni monopollashtirishga qarshi qaratilgan edi. Ushbu qonun savdo erkinligini cheklovchi har qanday kelishuvni taqiqlar edi va raqobatchilarni adolatsiz yo’l bilan yo’qotishni jinoyat deb qarar edi. Ushbu qonunni buzganlar jarima to’lashdan tortib, firmani tarqatib yuborishgacha va hatto jinoiy javobgarlikka tortishgacha jazolanishni nazarda tutar edi. Sherman qonuni boshlamishida unchalik darajada yuqori samara bermagan bo’lsada, Ruzveltning federal hokimiyati shu qonunchilikaktiga muvofiq 45 ta kompaniyani sudga beradi va jazolaydi, William Taft esa uni 75 ta kompaniyaga qarshi ishlatadi.
1870-1880-yillarda AQSHning mashhur neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri Standart Oil Company drektori John D. Rockefeller shu sohadagi o’zining raqobatchi kompaniyalariga tahdid o’tkazadi va temiryo’l kompaniyalari bilan ularga qarshi maxfiy kelishuv tuzadi va monopoliyaga erishadi. Ammo 1911-yilda AQSHning Supreme sudi bu kompaniyani Sherman qonunini buzganlikda aybdor deb topadi va u hamda sheriklarini qonunga ko’ra javobgarlikka tortadi.
1914 yilda Kleyton va federal savdo komissiyasi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun Sherman qonuniga qaraganda ancha mukammallashgan qonun bo’lib, u qonunni bajarilishini nazorat qilishni federal savdo komissiyasi zimmasiga yuklagan edi. Bu qonun mahsulot sotish sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo’yicha kamsitish, ma’lum ko’rinishdagi birlashib ketishlar, o’zaro bog’lanib ketuvchi direktorat va boshqalarni taqiqlaydi. Bundan tashqari ushbu qonunda monopoliyani vujudga kelishini oldini olish bo’yicha qilinadigan chora-tadbirlar belgilandi.
O’sha davrda avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanmish Ford Motor Company raqobatchi kompaniyalarni sindirish va o’zida monopol hokimiyatni to’plash uchun narxlarni juda pasaytirib yuboradi va bu narx kamsitilishiga olib keladi. Keyinchalik Kleyton qonuniga muvofiq Fordning bu qilmishiga nuqta qo’yiladi va tarmoqda raqobat qaytadan yo’lga qo’yiladi.
1950-yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to’siq qo’ygan bo’lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertical ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.