Innovatsion jarayonning mohiyati va shakllari



Yüklə 31,55 Kb.
səhifə1/6
tarix28.02.2023
ölçüsü31,55 Kb.
#85945
  1   2   3   4   5   6
inn.iqt 2


2- MAVZU. JAXON IQTISODIYOTIDA INNOVATSION JARAYONLARNING BOSQICHLARI VA MODELLARI.

  1. Innovatsion jarayonning mohiyati va shakllari.
  2. Innovatsion jarayon modellari.


  3. Innovatsion jarayonlar va zamonaviy biznes modellari.

Innovatsion jarayonning mohiyati va shakllari


Innovatsion jarayon - ilmiy bilimlarni (g‘oyalarni) innovatsiyaga (yakuniy mahsulotga) aylanish va uning keyinchalik tarqalish (diffuziya) jarayonidir. Innovatsiya jarayoni o‘z ichiga ikki zaruriy bosqichni (fazalarni) qamrab oladi:

  1. bosqich. Ishlab chiqarish (o‘zlashtirish) uchun tayyor bo‘lgan yangi mahsulot (mahsulot namunasi, prototip) ni yaratish.

  2. bosqich. Mahsulotni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish va tarqatish (diffuziya) jarayoni natijasida, bozor tomonidan talab etiluvchi yangilik sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot innovatsiyaga aylanadi.

Birinchi bosqich, asosan, izchillikda amalga oshiriluvchi ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, tajriba-konstruktorlik ishlari, tajriba tariqasidagi ishlab chiqarishlarni tashkil etishni o‘z tarkibiga oladi. Birinchi bosqichda innovatsiyalarning foydali jihatlari hali ko‘zga tashlanmaydi, balki uni ro‘yobga chiqarish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratiladi. Tijoriy ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichida va innovatsiyalarning tarqalishida innovatsiyalarning ijtimoiy-foydali samarasi innovatsiyalarni ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda iste’molchilar o‘rtasida ham taqsimlanadi.
Innovatsion jarayonning uchta shakli mavjud:

  • oddiy tashkilot ichida (natural);

  • oddiy tashkilotlararo (tovarli);

  • kengaytirilgan shakllari farqlanadi.

Oddiy innovatsion jarayon bitta korxonaning o‘zida innovatsiyalarning yaratilishi va ulardan foydalanishni o‘ziga oladi, mazkur holatda innovatsiya bevosita tovar shaklini olmaydi. Oddiy tashkilotlararo innovatsion jarayonda yangilik (innovatsiya) oldi-sotdi obyekti sifatida namoyon bo‘ladi. Innovatsionda jarayonning ushbu shakli innovatsiya yaratuvchisi va ishlab chiqaruvchisining funktsiyasini iste’molchi funktsiyasidan alohida ajralib turishini anglatadi. Kengaytirilgan innovatsiya jarayoni (diffuziya) yangidan yangi innovatsion ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Kashfiyotchi ishlab chiqaruvchilar monopoliyasining barham topishi o‘zaro raqobat natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotning iste’mol xususiyatlarini yanada takomillashtirishga yordam beradi.
Diffuziya - bu qachonlardir o‘zlashtirilgan va foydalanilgan innova-tsiyalardan yangicha sharoitda yoki yangi qo‘llash joylarida foydalanilishni bildiradi. Y.Shumpeterning innovatsiyalar borasidagi nazariyasiga ko‘ra, innovatsiyalarning diffuziyasi – novatorning ortidan yuqori foyda olish ilinjida yangiliklarni amaliyotga joriy etuvchi imitatorlar sonining kumulyativ ko‘payish jarayoni hisoblanadi. Y.Shumpeter, yuqori foydaga ega bo‘lishni kutishning, yangiliklarni joriy qilish jarayonlarini tezlashtiruvchi kuch sifatida baholaydi. Novatorlar va imitatorlar - innovatsion jarayonning asosiy subyektlari hisoblanadilar (2.2-rasm).
Novatorlar - ilmiy-texnik bilimlar generatorlari, yangiliklarni yaratuvchilari hisoblanadilar. Ular alohida ixtirochilar yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari ham bo‘lishi mumkin. Ular ixtirolardan olinadigan foydaning bir qismiga egalik qilishdan manfaatdor bo‘ladilar. Ilk retsipientlar - bu innovatsiyalarning bozorga olib chiqilishini tezlashtirish orqali qo‘shimcha daromad olishni istagan va innovatsiyalarni birinchilardan bo‘lib o‘zlashtirgan tadbirkorlardir. Ular “pioner” tashkilotlar nomini olishgan.
Ilk ko‘pchilik – bu qo‘shimcha foyda olish maqsadida ishlab chiqarishga birinchilardan bo‘lib yangiliklarni joriy qilgan kompaniyalardir.
Ortda qoluvchilar – yangiliklarni joriy qilishda ortda qolayotgan kompaniyalar, yangiliklarni joriy etishda kechikish ularni innovatsion jihatdan eskirgan yangi mahsulotlarni chiqarishga majbur qiladi.

Yüklə 31,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin