Innovatsion loyihalarni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning
Ularning o‘rtacha daromadliligi 19 foizni tashkil etadi. Mamlakatlar miqyosida venchur kapital salmog‘ini 357 qarab chiqqanda, AQSH va Kanada birgalikda jahonning 60foiz venchur kapitalini, Evropa 25 foiz, Osiyo 9 foiz, Afrika 2 foiz, Lotin Amerika va MDH davlatlari 1foizni jalb qiladi. Shu bilan birga venchur kapitalining hajmi va tuzilishi mamlakatda innovatsion iqtisodiyot shakllanishiga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Masalan, Amerikada venchur kapitali ellik yil davomida rivojlanib keldi. 1950 yillarda paydo bo‘lib, 1970-80 yillarda odatiy xo‘jalik shakliga aylandi. Amerika innovatsion modeliga xos xususiyat bu davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanadigan kichik venchur korxonalarini rivojlantirish hisoblanadi. Ilmiy texnik tadqiqotlarning olib borilishi va sotilishi davlat tomonidan faol qo‘llab quvvatlanadi. Amerikada xususiy korxonalarning innovatsiyalarni yaratishdan olingan daromadi uchun soliq yuki past hamda bu korxonalar uchun qo‘shimcha imtiyozlar mavjud
Yaponiya fan va texnologiyalarning rivojlanishi bo‘yicha AQSH dan keyin jahonda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Yaponiyada ham 1980 yillarning o‘rtalaridan tarkibida venchur kapitali bo‘lgan kichik innovatsion korxonalar iqtisodiy rivojlanishning innovatsion modelini shakllantirish asosi sifatida e’tirof etila boshlandi. Bu turdagi korxonalar hozirda Yaponiya yalpi ichki mahsulotining 52 foizni yetkazib beradi. Venchur biznesini moliyalashtirishda Yaponiyada xususiy kapital bilan birgalikda davlat ham faol qatnashadi. Ba’zida yuqori texnologiyali sanoatda innovatsiyalar diffuziyasiga erishish uchun davlat tomonidan yangi korporatsiyalar tashkil etiladi. Yirik shaharlarda birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozorining mavjudligi yapon venchur biznesining tez rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Yapon siyosatining maqsadlaridan biri bu kichik, lekin bozor talabiga egiluvchan innovatsion korxonalarni yaratish hisoblanadi. Bu korxonalarda yangi texnologiyalarni va yangi mahsulotlarning yaratilishi tor ixtisoslik orqali amalga oshiriladi. Oxirgi yillarda Yaponiya ilmiy texnik ishlanmalarga investitsiyalar bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Innovatsiyalarga investitsiyalarni asosan yirik moliya-sanoat guruhlari va xususiy sektor amalga oshirad