Innovatsion loyihalarni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning
Yaponiya fan va texnologiyalarning rivojlanishi bo‘yicha AQSH dan keyin jahonda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Yaponiyada ham 1980 yillarning o‘rtalaridan tarkibida venchur kapitali bo‘lgan kichik innovatsion korxonalar iqtisodiy rivojlanishning innovatsion modelini shakllantirish asosi sifatida e’tirof etila boshlandi. Bu turdagi korxonalar hozirda Yaponiya yalpi ichki mahsulotining 52 foizni yetkazib beradi. Venchur biznesini moliyalashtirishda Yaponiyada xususiy kapital bilan birgalikda davlat ham faol qatnashadi. Ba’zida yuqori texnologiyali sanoatda innovatsiyalar diffuziyasiga erishish uchun davlat tomonidan yangi korporatsiyalar tashkil etiladi. Yirik shaharlarda birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozorining mavjudligi yapon venchur biznesining tez rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Yapon siyosatining maqsadlaridan biri bu kichik, lekin bozor talabiga egiluvchan innovatsion korxonalarni yaratish hisoblanadi. Bu korxonalarda yangi texnologiyalarni va yangi mahsulotlarning yaratilishi tor ixtisoslik orqali amalga oshiriladi. Oxirgi yillarda Yaponiya ilmiy texnik ishlanmalarga investitsiyalar bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Innovatsiyalarga investitsiyalarni asosan yirik moliya-sanoat guruhlari va xususiy sektor amalga oshirad
Jahonning rivojlangan davlatlari har biri o‘ziga xos innovatsion siyosat olib borish evaziga yuqori mehnat unumdorligi va raqobatbardoshlik darajasiga erishib kelmoqda. Eng jadal rivojlanayotgan davlatlar orasida esa Xitoy va Hindiston ayniqsa oxirgi 10-15 yilda innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishdi. Jumladan Xitoyda yuqori texnologiyali sanoat klasterlarining yaratilishi telekommunikatsiya va elektronika sohasining jadal rivojlanishiga olib keldi. Hindistonning dasturiy ta’minot yaratishga ixtisoslashuvi ham innovatsion siyosatning muvaffaqiyatli olib borilayotganidan dalolat beradi. Xitoy va Hindistonning yuqori texnologiyali 370 sanoatda o‘z o‘rnini egallab borishiga qaramasdan, ularning iqtisodiyotida ko‘pchilik kichik va o‘rtacha korxonalar innovatsion sohalar bilan hamkorlikdan uzilib qolga