Innovatsion loyihalarni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning
Loyihani moliyalashtirish bir qator afzalliklar va kamchiliklarga ega. Afzalliklarga moliyalashtirishning maqsadli xarakteri, tijorat xatarlarining taqsimlanishi, davlat va moliya tashkilotlarining kafolatlari kiradi. Loyihani moliyalashtirish kamchiliklari: loyiha xatarlarining ancha yuqori darajasi, innovatsion muhitga bog‘liqligi, qonunchilikdagi (shu jumladan, innovatsion qonunchilikdagi) kamchiliklar. Bir qator tamoyillarga rioya etilib, talablar majmui hisobga olinsa va ma’lum sharoitlar yaratilgan holatda loyihaviy moliyalashtirish innovatsiyalarni moliyalashtirishning samarali shakllariga kiritilishi mumkin. So‘nggi yillarda davlat byudjetidan sohaga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi 3 martagacha oshirildi. Lekin ular asosan ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarning maoshlari, moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanmoqda. Ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnika va ilmiy laboratoriyalar ba’zalarini rivojlantirmas ekanmiz, ko‘zlagan maqsadimizga erisha olmaymiz”1

Innovatsion loyiha - bu innovatsiyalarni tijoratlashtirishdan kelgusi foyda to‘g‘risidagi matematik jihatdan rasmiylashtirilgan kelishuv. Innovatsion loyihaning samaradorligini baholash, o‘z navbatida, loyihaning kutilayotgan bozor qiymatiga erishishdan manfaatdor bo‘lgan venchur investorni muvaffaqiyatli jalb qilish uchun zarurdir. Aslida, loyihaning samaradorligi uning bozor qiymatini oldindan belgilab beradi va shunga mos ravishda maksimal darajada oshirilishi kerak. Shunga qaramay, shuni yodda tutish kerakki, bir tomondan, loyiha tashabbuskori ko‘proq ob’ektiv baho berishdan ko‘ra, g‘oya haqidagi ijobiy fikrini tasdiqlash uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishi mumkin: “natijada u o‘z e’tiqodiga zid bo‘lgan qismni e’tiborsiz qoldirib, ma’lumotni tanlab oladi. Boshqa tomondan, venchur investorni loyiha haqidagi barcha ma’lumotlar, ayniqsa salbiy xatar va tahdidlar qiziqtiradi. Ikki muqobil fikrning to‘qnashuvi natijasida innovatsion loyihani baholash sifatiga talablar keskin oshdi.