Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir



Yüklə 321,06 Kb.
səhifə19/34
tarix22.07.2022
ölçüsü321,06 Kb.
#62872
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Innovatsion Yakuniy

87.Milliy innovatsion tizimni shakllantirishning kontseptual qoidalari, o‘ziga xos jihatlari va tendentsiyalari.
Milliy innovatsion tizim – bu milliy chegaralar doirasida ilmiy bilim va texnologiyalarni ishlab chiqarish va tijorat-lashtirish bilan shug’ullanuvchi kichik va yirik kompaniyalar, universitetlar, davlat laboratoriyalari, texnoparklar va inkubatorlar kabi o’zaro bog’liq bo’lgan tashkilot (tuzilma)lardan iborat. Ularning o’zaro aloqasi mustahkam milliy ildizlarga, an’analarga, o’ziga xos siyosiy va madaniy xususiyatlarga ega bo’lgan huquqiy, moliyaviy va ijtimoiy institutlar majmuasi tomonidan ta’minlanadi. Eng kuchli tahlil instrumentlaridan biri sifatida MIT kontseptsiyasining ahamiyati quyidagi uch omilga asoslanadi:
-bilimlarning iqtisodiy jihatdan muhimligini anglab etish;
-tizimli yondashuvga e’tiborning kuchayishi;
-bilimlar yaratish jarayonida ishtirok etuvchi muassasalar sonining ortishi.
Milliy innovatsion tizimlar kontseptsiyasini ishlab chiqishda quyidagi uslubiy tamoyillarga asoslanadi:
Y.Shumpeterning g’oyalari: innovatsiyalar va ilmiy ishlanmalar- korporatsiyalar raqobatbardoshligining asosi; novator-tadbirkorning ilmiy ishlanmalarning tijoratlashuvidagi o’rni.
D. Nort g’oyalari: institutsional muhitning o’rni – keng tarmoqli bozor munosabatlari va mexanizmlarini yaratish bozorlar samaradorligini ta’minlaydi.
B.Lundvall tadqiqotlari F. Listning “milliy ishlab chiqarish tizimlari” kontseptsiyasi va firmalar o’rtasidagi texnologik hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha amalga oshirilgan ilmiy ishlarga tayanadi. B.Lundvall bir davlat ichida yangi bilim va texnologiyalar ishlab chiqaruvchilarning o’zaro munosabatlarini o’rganib chiqdi. Muallifning fikriga ko’ra, firmalarning texnologik hamkorligi ko’pincha mamlakat miqyosida amalga oshadi va uning institutsional tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Globallashuv sharoitida xorijiy kompaniyalar bilan faol hamkorlik qilinishiga qaramay, innovatsion jarayonlar milliy tizimlar bilan uzviy aloqada bo’ladi.

Yüklə 321,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin