Innovatsiya va intergatsiya


T A L A B A L A R N IN G IJO D IY F IK R L A S H IN I



Yüklə 46,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/106
tarix16.12.2023
ölçüsü46,9 Kb.
#183506
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106
Р. Мавлонова

T A L A B A L A R N IN G IJO D IY F IK R L A S H IN I
R IV O J L A N T IR IS H
«...XXI asr sivilizatsi.yas.iga y o i boshlovchi ilmiy-texnika jarayoni 
kimda-kim o'zining intellektual imkoniyatlarini tahlil qilish, sintezlash, 
baholash, shuningdek, moslanuvchan aqliy va ijodiy qobiliyatlarini 
boshqalarga nisbatan yaxshi rivojlantira olsa o'shanga ish va man sab 
in’om etadi», - bu deyarli 20 yil avval yozilgan bashoratli satrlar, 
zamonaviy mutaxassislar tayyorlashga qo'yilayotgan talablarni juda 
aniq belgilaydi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqil likka erishishi bilan taTim 
muassasalarining barcha turlarida, jumladan, oliy o‘quv yurtlarida 
ham o'quv-metodik adabiyotlarni, moddiy-texnik bazani, professor- 
o6qituvchilar tarkibini, mutaxassislar tayyorlash tizimini yangilashga 
qaratilgan qayta qurish boshlandi.
Lekin tizimini yangilash bilan bir qatorda ta’lim jarayonini maz- 
munan yangilashni ham qo'shib olib borish zarur. Jamiyatning ijti- 
moiy-iqtisodiv 
hayotidagi 
o'zgarishlar 
mutaxassislarning 
yangi 
avlodi egallashi zarur b o lg an bilimlar, malakalar va ko'nikmalarga 
yangi-yangi talablarni keltirib chiqarmoqda. Bu, birinchidan, ilmiy 
bilimlarni kowp talab qiladigan texnologiyalarni keng tarqalishiga 
taalluqli bolsa. ikkinchidan, ishni tashkil qilishdagi o'zgarishlar va 
o'qitish jarayonining natijalariga tegishlidir. Uzoq vaqtlar davomida 
ijod - bu insonga tabiat ehson etgan noyob qobiliyat. u har kimga ham 
berilmaydi, deb kelingan. Tajribali pedagog-psixologlarning ilmiy- 
tadqiqot ishlarining tahlili shuni koisatdiki. ijodiy qobiliyatga hamma 
ham ega, lekin uning namoyon boiishi, ro'yobga chiqishi real hayotiy 
sharoitga va mdividning psixologik holatiga bogiiq ekan. Zamonaviy 
ta’lim tizimida ijodiy fikrlashni rivojlantirishning o i a muhimligini eng 
kamida ikkita asosiy sababi bor.
Birinchidan. oliy o'quv yurti akademik ta’lim ining haqiqiy hayot 
talablaridan ajralib qolganligi, berilayotgan «tayyor» umumiy va 
kasbiy bilimlarning amaliyotga mos kelmasligi talabalarning o‘qishga 
b o ig an qiziqishlarining susayishiga sabab boldi. Va bunlng oqibatida 
olingan bilimlarning sifati pasaydi. Bu bilimlarning o4zi ham ko‘pincha 
m a’lumot xarakteriga ega bolib, o'zlashtirishning reproduktiv daraja-
149


sigagina taalluqli bo'lib qolmoqda. Vaholanki. hayot «...fanlarni 
kognitiv o'zlashtirish bilan chegaralanmaslikni talab qiladi. Yangi 
pedagogik va didaktik yondashuvlarga va ularning rivojlanishiga 
sharoit yaratish zarur. Chunki. ay nan shular kommunikatsiyaga, ijodiy 
va tanqidiy tahlil, mustaqil fikrlash (mualliflar tomonidan belgilangan) 
va ko'p madaniyatli mazmunda jamoatchilik mehnati bilan, qachonki 
ijod ham aifanaviy yoki milliy bilim va ko'nikmalarni zamonaviy fan 
va texnika yutuqlari bilan uyg’unlashuviga asoslanganida munosib 
malakalarni egallashga, bilimdonlik va qobiliyatlilikni rivojlantirishga 
ta’sir ko'rsatadilar».
Ikkinchidan, o'zbek xalqiga xos mentalitet - kattalarning irodasiga 
bo'ysunish, o'qituvchi o'rgatgan narsaga so'zsiz ishonch hosil qilish, 
hayotiv masalalarni hal qilishda samarasiz boisa-da, eng oson yo'l 
tanlash, amaliy ziddiyatlarni mumkin qadar chetlab o‘tish kabi qator 
qonimizga singib ketgan odatlarimiz ko'p hollarda ijodiy fikrlashning 
cheklanib qolishiga sabab bo'ladi.
Shuning uchun ham kelajakda buyuk taraqqiyotga ega, huquqiy 
davlat qurishni maqsad qilgan Vatanimiz yoshlarida ijodiy fikrlashni 
rivojlantirish, ularning yangilik yaratishga bolgan xohish va istaklarini 
imkon darajasiga ko'tarish ko'zlangan maqsad va ezgulik yo'lidagi 
ta ’lim tizimining asosiy tadbirlaridan biri hisoblanishi lozim.

Yüklə 46,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin