IIL M uam m oli darslar.
47
1. 0 ‘quvchilarni uyushtirish.
2. Muammoni ifodalash, taxminiy bayon qilish (natija qanday
bo‘lishi mumkinligini aytish) va yechimning variantlarini bildirish:
muammoni amaliy hal qilishni izlash.
3. Natijalarni muhokama qilish.
4. O'qituvchining sharhi va umumlashtirishi.
5. Uyga vazifa berish.
6. Darsni tugallash.
Umuman aytganda. hozirgi zamon darsi o'zining an'anaviy maq-
sadlari, mazmuni, tashkiliy-metodik jihatlari, o'quvchilar ishlarini faol-
lashtirish darajasi, strukturasi, sur’ati, ta'limning texnik vositalariga
boyligi bilan farqlanadi. O'tgan davr tajribalariga tayanib va o'quv
chilarning mustaqil bilish faoliyatini rivojlantirish g'oyalarini nazarda
tutib, hozirgi zamon darslarini muammolik prinsipi asosida: a) muam
moli va b) muammosiz darslarga boiish mumkin. Bunday darslar bir-
biridan nimalari bilan farqlanadi? Ulardagi taiim ning metodlari va
vositalaridagi tafovutlarni ko'rish mumkinmi? Lekin asosiy farq ularning
strukturasidadir. Bunda muammoli darsning mantiqiy-psixologik
(ichki) va didaktik (tashqi) strukturasi haqida gapirish mumkin. Ichki
tuzilishi nuqtayi nazaridan o'qituvchi atayin muammoli vaziyatlarni
vujudga keltiradigan va o'qituvchilarning o'quv muammolarini mustaqil
holda qo'yish hamda ularni hal qilishga doir faoliyatini tashkil etadigan
yoki muammoni o'zi qo'vib, ularni o'zi hal qiladigan, o'quvchilarga
izlanish vaziyatidagi fikrlash mantiqini ko'rsatadigan darslar muammo
li darslar deyiladi. Muammosiz dars o'qituvchi o'quvchilarga o'quv
materialini bayon qilish va tushuntirishda muammoli vaziyatlarni
Dostları ilə paylaş: |