Innovatsiya va intergatsiya


K R E A T IV L IK VA U N IN G T A S H X IS L A N IS H I



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/106
tarix27.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#198949
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106
Р. Мавлонова

K R E A T IV L IK VA U N IN G T A S H X IS L A N IS H I
XX asrning 50-yillarida ingliz-amerika psixologlarining izlanish- 
larida kreativlik deb nomlanadigan 
(creatio -
lotincha «yaratish») 
alohida qobiliyatlarni o'rganish katta k o iam d a qiziqish uvg'otmoqda. 
Kreativlikni alohida o’rganishga an'anaviy intellekt testlari bilan 
muammoli vaziyatni muvaffaqiyatli yechimi orasida aloqaning mav­
jud emasligi haqidagi m a’lumotlarning aniqlanishi turtki boTdi. 
E'tirof etilishicha, kreativlik ma’lum masalaning yechimini topishdagi 
axborotlarni tez sur'atda foydalanish qobiliyatiga bogiiq. Bu qobiliyatni 
kreativlik deb atadilar va uni intellektga bo g iiq bo im agan holatda -
individning yangi tushunchalar yaratuvchi va shakllantiruvchi yangi 
malakalari sifatida o'rgandilar. Kreativlik shaxsning ijodiy ko'rsat- 
kichlari bilan belgilanadi. Kreativlikni o‘rganish asosan ikki yo'nalishda 
olib boriladi:
123


1-yo'nalish. Kreativlikni intellekt bilan bog'liqligi masalalarini va 
kreativlik bilan bog'liq ta’limiy jaravonlarni belgilashni o'rganadi.
2-yo'nalish. Shaxs va uning psixologik o'ziga xosligi kreativlikning 
asosiy aspekti ekanligi. shaxsga va uning motivatsion chizgilariga urg'u 
berilishi bilan tasniflanadi.
Intellektual faktorlarni ta'limiy yo'nalishlarda qoMlanilishida, 
kreativlikni o'rganish, baholashda 1950-yilIarda J. Gilford va uning 
izdoshlari 16 ta gipotetik intellektual qobiliyatni ajratib ko'rsatadilar. 
Ular orasida: fikrning turliligi (maTum vaqt oralig'idagi g ’oyalarning 
miqdori), fikrning (bir g'oyadan ikkinchisiga ko'cha olishi) originalligi 
(o'ziga xoslik - um ume'tirof etilgan qarashlardan farq qiluvchi g'cyani 
yaratish qobiliyati). qiziquvchanlik (o‘zini o'rab tiirgan olamdagi 
muammolarga ta’sirchanlik), gipoteza qilish qobiliyati (reaksiyaning 
stimuldan mantiqiy mustaqilligi), fantastikali (stimul va reaksiya 
orasidagi mantiqiy bog’liqlikning borliq hayotdan butun lay uzilganligi). 
Gilford bu faktorlarni tafakkurning divergent!igi degan umumiy nom 
bilan ataydi, u rnuammo endigina aniqlanayotgan. uning yechimini 
avvaldan belgilangan. aniq yechimi bolm agan vaqtda yuzaga keladi, 
deydi (ma’lumotga tayanuvchi yoki muammoning «mos» yechimi, 
konvergent tafakkurdan farqli ravishda).
Tafakkurni ifodalovchi qobi 1 iyatlarni o'rganish. an'anaviy intellek­
tual testlar vositasida kreativlikni maxsus testlar vositasida aniqlash 
jarayonida olimlar qarama-qarshi natijalarga erishdilar. Bu natijalar 
asosida intellekt va kreativlik o'zaro aloqadorligi haqida xulosa 
chiqarish mumkin emas. Agarda testlar o'rniga kreativlikni baholovchi 
boshqa mezon - bajaruvchi faolivat yuritgan ish turi bo'yicha erishilgan 
ijodiy muvaffaqiyatlar bo'yicha baholanganda, intellekt va kreativlikni 
belgilovchi bir xil mazmunga ega natijaga erishish mumkin. Ba’zi 
olimlar kreativlikka intellektning an anaviv testlar yordamida oichab 
bo'lmaydigan bir qirrasi sifatida yondashadilar. Ular kreativlikni ortti- 
rilgan tajribaga. o'zlashtirilgan bilim va malakalar tasnifiga, qurshab 
turgan muhitning o'ziga xosligiga bogiiqligini. ko'rsatadigan tajribalar 
natijasiga tayanadilar. Barcha mamlakatlarda tabaqalashtirib o'qitila- 
digati sinf o'quvchilari kreativlik testlari bo’yicha o’ziarining oddiv 
sinflarda o'qiydigan tengdoshlariga nisbatan yaxshiroq natijaga ega 
boiganlar.


Kreativlikni baholashda atrof-muhitning bogiiqligi uning shakl- 
lanishi va rivojlanishida namoyon boiadi. Avvalo qanday muhitdan 
rivojlantiruvchi ta'sirni kutish mumkin? Tadqiqotlarning natijasiga 
kcvra. muhit, axborotning ko’pligi va erkinlikni ta’minlanganligi bilan 
ajralib turishi kerak, Tadqiqotlar kreativlikning rivojlanishida shaxsiy 
qobiliyatning katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.
Kreativlikni o'rganishda vakka yondashuvda asosiy e’tibor hissiy 
va motivatsion omillarga qaratiladi. Kreativlik bilan bog iiq shaxsiy 
qobilivatlar munosabatida turli tadqiqotlar natijasida o‘zaro moslik 
mavjud. Kreativ individlarni kreativmaslardan ajratib ko'rsatadi. 
Ba'zilarda shaxsiy o‘ziga ishonch, tajovuzkorlik, o^z-o'zidan qoniqish, 
ijtimoiy cheklovlarga va o'zgalar fikriga toqatsizlik aniqlangan. Ba’zi 
psixologlarning fikricha, kreativ b oim agan tipdan farqli ravishda, 
kreativlikka ega boigan kishiiar tipi mavjudligini bildiradi. Shunisi 
qiziqki, bolalar va voshlar orasida olkazilgan tadqiqotlar yosh va 
balog'atga yetgan individlarda kreativlik belgilari bir xil boiadi. 
Shunday xulosa chiqarish mumkinki, kreativlik shaxsiy qobiliyatlarga 
asoslangan holda bolalarning juda kichikligidan bashoratlash mumkin. 
Ijodiy muvaffaqiyatlar asabbuzarliklar bilan b o g iiq degan nuqtayi nazar 
ham mavjud, Shu bilan birga bu fikrga qarama-qarshi ravishda yuksak 
kreativ individlarda katta ruhiy kuchga egalik, tashqi muhitga, turli 
nizolarga nisbatan muvozaiiat mavjudligini taiddlovchi tadqiqotchilar 
ham mavjud. Kreativlikni motivatsion tasnifiashga aloqador yagona 
qarashlar mavjud emas. Bir nuqtayi nazarga asosan kreativ individ 
o^z imkoniyatlaridan iloji boricha samarali foydalanishga. yangi, 
o’zlashtirilmagan yangi faoliyat turlarini bajarishda o'z qobiliyatlarini 
ishga soladi. Boshqa nuqtayi nazarga ko;ra kreativ bolalar motivatsiyasi 
tavakkalchilik, o'z imkoniyatlari chegaralarini aniqlashga asoslanadi. 
Y uqorida ay tilganlarni xulosalab 
ay tish mumkinki, 
intellektual 
qobiliyatlarning kreativlik deb nomlanadigan alohida tipi bugungi kun 
psixologlari tonionidan keng koiam da o'rganilmoqda.
Kreativlik va shaxsning ijodiy muvaffaqiyatlari orasida bogiiqlik 
mavjud. ammo uning xususiyatlari oxirigacha ovrganilmagan. Kreativ­
likni intellektnmg an’anaviy tushunchalaridan ajratib olish mumkin 
emas. Kreativlikning birinchi testlari J. Gilford tomonidan XX asrning 
50-yillarida yaratilgan.
125


Bu metodika Janubiy Kaliforniya testlari nomi bilan mashhur bo'lib, 
Gilford tomonidan divergent deb nomlangan fikrlashning o'ziga xos 
tipini belgilashda foydalanilgan 14 ta testdan iborat bo'lgan. Ularning 
dastlabki 10 tasiga og'zaki javob, 4 tasiga tasvir orqali javob talab 
etilgan. Verbal vazifalardan namunalar:
So'zdan foydalanishda yengillik. Berilgan tovush ishtirokida so'z 
yozing («о» - oy, ro'mol, oddiy, muddao va b.);
Assotsiatsivalardan fovdalanishdagi yengillik. Berilgan so'zga 
mazmunan o'xshash so'zlarni yozing («og'ir», «zildav», «vazmin» va 
boshqalar).
Tasviriy vazifa namunasi.
Bezash. Ma'lum obyektlarni detallar bilan to'ldirish. Gilford testlari 
kattalar va yuqori sinf o'qitvchilariga mo'ljallanadi. Ularni standart- 
lashtirish katta bo'lmagan tanlovlarda, ishonchlilik ma'lumotlari 
bir testdan ikkinchisiga o'tganda o'zgarib turadi va to'liq qoniqarli 
bo'lmaydi. Psixologlar fikricha, ijodiy qobiliyatlarni baholashda Gilford 
testlari samaraliligi kam bo'lishiga, bilimlar natijasini bilisb shaxsiy 
xarakterlarga emas, balki bajarish tezligiga asoslangani sabab bo'ladi. 
Bundan tashqari, vazifalar ma'lum sondagi javoblarni belgilanmagan
bu natijani aniq hisoblash imkonini bermaydi. Shu sababli, ba'zi 
psixodiagnostlar kreativ testlar uchun va ularning natijalarini aniqlashda 
ishonchli mutaxassislarni jalb etishni taklif qiladilar. Hozirgi kunda 
talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda E.P. Gorrensning 
kreativlik testlaridan foydalanilmoqda. Gorrens test topshiriqlari ijodiy 
jarayon modeli sifatida ko'rilib, unda talabalarning bilimi natijaga 
emas, balki ijod jarayoniga qaratilgan.
1966-yilda angliyalik olimlar tomonidan Verbal shakldagi test 
ishlab chiqilgan. Bu test 5 yoshli bolalardan boshlab kattalarga 
mo'ljallangan. U 7 ta topshiriqdan iborat. Dastlabki uchta topshiriq 
bir rasmga bog'liq savollardan iborat: rasmga ko'proq savollar tuzish, 
tasvirlangan narsalarning nima uchun chiziIganligi va oqibatlari haqida 
iloji boricha ko'proq sabablarni ko'rsatish so'raladi.
1-topshiriq - «Rasm chizib bering». Vazifa bajaruvchi qog'oz vara- 
g'iga rangli qog'ozlardan qirqib olingan noto'g'ri shakldagi qog'ozni 
yopishtirish va uning asosida o'ziga xos rasm chizish so'raladi.


2-topshiriq -
«R asm
chizishni 
tugallang» -
test daftarlarida beril- 
gan tugallanmagan shakllar rasmi 
asosida 
noodatiy sujet, rasm va 
predmetni 
chizib berish 
scfraladi.
3-topshiriqda 
parallel 
chiziqlar 
va 
doiralar asosida iloji boricha 
ko6proq predmetlarni 
chizib berish s o ia la d i. H ar 
bir subtestning baja- 
rilishi uchun 
10 mi nut vaqt ajrat iladi 
(javoblarning 
tahlili tezkorlik, 
ko“p 
qirralik, egiluvchanlik, o'ziga xoslik va mukammallik mezonlari 
bo'y icha tahl.il 
qilinadi).
4-topshiriqda berilgan rasmdagi 
o'yinchoqlar 
o'rnini iloji boricha 
ko'proq va 
qiziqroq 
tarz da almashtirish 
so‘raiadi.
5-topshiriqda turmushda ishlatiladigan 
predmet 
(masalan, boush 
quti) 
dan ko'proq noodatiy va qiziq foydalanish 
usullarini o'ylab top ish 
so'raladi.
6 4 opshiriqda shu predmet haqida noodatiy 
savollarni o'ylab topish 
so'raladi.
7-topshiriq 
noodatiy 
vaziyatning 
yechim lari 
haqida 
iloji boricha 
ko'proq 
izlanishlar 
olib borish so'raladi.
1980-yilda 
Torrens tom onidan m aktabgacha yoshdagi 
bolalar uchun 
yangi kreativlik 
testlari tuzildi. 
Bu 
testning vazifalari shundan iborat 
ediki, 
go'dak o'z ining ijodiy 
qobilivatlarini biror bir xonada erkin 
harakatlanish asnosida 
namoyon qiladi. 
Ijodiy fikrlashni reproduktivga 
qarshi qo'ygan psixologlarning intilishlariga qaramasdan. amaliyotda 
kreativlik testlari intellekt testlari 
bilan bir 
xil prinsiplarda. 
ya’ni tezlik 
metodikasi va 
qat’iy mazmun 
asosida 
qurilgan. Tadqiqotchilarning 
fikricha, ularning asosiy 
kamchiligi 
motivlarni 
va individning boshqa 
ijodiy 
qobiliyatni 
tashkil 
etuvchi tavsiflarini 
hisobga olinmaganligi- 
dadir. Ko^pgina psixologlar kreativlikni testlar 
yordam ida 
aniqlash 
m u m k in emas. deb hisobiaydilar. Fan, 
texnika, san’at va boshqa inson 
faoliyatidagi muvaffaqiyatlarga 
erishish, 
turli qobiliyatlarning va shaxsiy 
xususiyatlarining murakkab tuzilmasini 
(shu 
jumladan, intellektual va 
maxsus) talab qiladi. 
Hozirgi 
davrda 
mavjud b o l g a n
kreativ testlarda 
ijodiy 
qobiliyatning 
alohida 
elementlariga e’tibor qaratiladi, ijodiy 
inuvaffaqiyatlarni bashoratlashda buning o'zi vetarli emas. Ayrim 
psixologlar ijodning ay rim 
qismlarini tahlil qilish yoTi bilan kreativlikni 
aniqlash m u m k in deb hisobiaydilar. K reativlikni 
tashxislash yo'nalishi 
deyarli o'rganilm agan. B u 
sohada 
professor 
D.B. Bogoyavlenskaya 
(1983-yil) 
ijodiy 
qobilivat 
intellektual 
tashabbuskor birliklarini yaratdi.
127


U muammoning yechimini topishda inson oldiga qo'yilgan masala- 
ni fikrlash faoliyati deb ataydi. D.B. Bogoyavlenskaya gipotezasi 
(taxmini)ga muvofiq bajaruvchiga tashqi qo'zg'atuvchilar ta'sirisiz 
nazariy umumlashtirishlarga va vaziyatni baholashga o‘ta oladigan 
«kreativ doira metodi»ni taklif qiladi. Bu metod doirasida bir necha 
metodikalar ishlab chiqilgan. Tashqi mezonlarni belgilashda muallif 
sezilarli qiyinchiliklarga duch keldi. Ijodiy muvaffaqiyat bir qator kam- 
chiliklarga ega bo'lgan tajribalar asosida aniqlanadi. «Kreativ doira» 
ning tamoyillari:
1) Tashqi qo'zg'atuvchidan va baholashni belgilovchi stimulidan voz 
kechish.
2) Obyektni tadqiq etishda «chegara»ning boimasligi - chegaralan- 
magan faoliyat.
3) Eksperimentning davomiyligi.

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin