Innovatsiya va intergatsiya


M AKTABDA 0 ‘QUV ISH LA R IN I TASHKIL



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/106
tarix04.10.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#152089
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106
Р. Мавлонова (1)

M AKTABDA 0 ‘QUV ISH LA R IN I TASHKIL
Q ILISHNING ASOSIY SHAKLI
Hozirgi paytda o'quv ishlar ini tashkil etishning quyidagi shakllari 
qo'llanadi: dars, ekskursiya, o'quv ustaxonalaridagi mashg'ulotlar, 
mehnat va ishlab chiqarish ta iim i shakllari, uy ishlari, sinfdan 
tashqari o'quv ishlarining shakllari (predmet to'garaklari, studiyalar, 
olimpiadalar, tanlovlar). Pedagogik adabiyotlarda va maktab amaliyotida 
darsdagi ishlarni tashkil etishning asosan uchta; yakka tartibdagi, 
umumiy va guruhiy shakllari qabul qilingan. Biz darslardagi va uydagi 
yakka tartibdagi ishlar deganda o'quvchilarning o'zlari uchun maxsus 
tanlangan va har birining imkonivatlariga mos topshiriqni bajarishlarini 
tushunamiz. Shunga ko'ra o'qituvchi o'quvchining o'ziga xos im ko­
niyatlarini aniqlab, unga faqat tayyor namuna bo'yicha emas, balki 
mustaqil holda ishlashni ham talab qiladigan topshiriqlar sistemasini 
tanlaydi. Bunday ish tasodifiy emas, balki muntazam, puxta o'ylangan 
boiishi va bunda o'quvchining xususiyatlari hamda imkoniyatlari 
hisobga olinishi lozim. O'quvchi imkoniyatlarining ikki tomoni nazar- 
da tutilishi zarur. O'quv imkoniyatlarining ichki tomoniga fikrlash 
va eslab qolishdan iborat o'qish qobiliyati: o'quvchi ilgarigi ta’limda 
olgan maxsus bilimlar, shuningdek, o'quv mehnatiga doir ko'nikm a va 
malakalarning. m aiu m darajada ish qobiliyati va m as’uliyatning, o'qish 
sabablari majmuyining mavjudligi kiradi. O'quvchi imkoniyatlarining 
tashqi tomoni unga m aktabda xilma-xil ta’sir ko'rsatishdan va uning oila 
muhitida oladigan taassurotlaridan iboratdir. Yakka tartibdagi ta’lim har 
bir o'quvchiga yetarli darajada chuqur va puxta bilimlar berish uchun,
37


har bir o'quvchi maqsadga muvofiq kamol topishini va zaruratga qarab 
o'zining bilim larini mustaqil holda to'ldirib borish ko‘nikmalariga ega 
bo'lishini ta'm inlash uchun kerak. Yakka tartibdagi ishlarni darsning 
ham m a bosqichlarida tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday 
ishlardan bilimlarni m ustahkamlash, takrorlash va turli mashqlarni 
uyushtirishda foydalanish juda osondir. Ular yangi materialni o'rga- 
nishda ham g'oyat samaralidir. O ’quvchilar bilan olib boriladigan yakka 
tartibdagi ishlar rejasini quyidagi vo'sinda tuzish mumkin:
- dastlab mustaqil ishlarni o'tkazish hamda o'quvchi yashaydigan 
va o'qiydigan sharoitlarni tahlil qilish orqali uning imkoniyatlarini 
o'rganish;
- o'quvchilar bilan yakka tartibda ishlashning didaktik vositalarini 
yaratish:
- har bir o‘quvchi uchun eng maqbul topshiriqlarni ham da bilim 
olishi va kamol topishini nazorat qilish sistemasini belgilash, o'quvchini 
o‘z vaqtida m urakkabroq m asalalarni hal qilishga o'rgatish, amalga 
oshirilgan ishlarni tahlil qilish va um umlashtirish. tuzatish va xulosalar 
chiqarish.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin