DARSNING TIPLAR I Dars strukturasi o'quvchilar bilish faoliyatining xarakteri bo'yicha
tasniflanadigan darslarning tipiga bog'liq bo'ladi. Ularni o'tkazish
usullari, ta iim metodlari esa o'quvchilar mustaqil ishining darajasi
bo'yicha tasniflanadi.
Darsning quyidagi tipiari mavjud: yangi bilim larni o'zlashtirish,
m ateriallar to'plash. kuzatuvlar o'tkazish, jarayon va hodisalarni o'rga
nish ko'nikm alarni tarkib toptirish bilim larni um umlashtirish, darslarni
tizim lashtirish va m ustahkam lashdan iborat. Darsning muayyan
m iqdordagi tiplarini beigilashning turlari, y o lla ri bilan uning ancha
jiddiy strukturasi ishlab chiqilgan. M asalan, kombinatsiyalashgan
darslar quyidagi sxema bo'yicha tashkil qilingan: tashkiliy jih a t
o'quvchilar uy vazifasini qanday bajarganini tekshirish, o'quvchi-
lardan o'tilgan m avzu bo'yicha so'rash, o'qituvchining yangi m avzuni
bayon etishi, o'rganilayotgan m avzuni mustahkamlash, uyga vazifa
berish. O'qituvchilarning ilg'or tajribasini tahlil qilish, didaktlar
(I.T. Ogorodnikov, M .I.M axm utov, V.A.Onishchuk, R.A .M avlonova va
boshqalar)ning tanqidi, darsning strukturasini tushuntirish ta iim n in g
hozirgi talablariga javob bermaydi, degan xulosaga olib keladi. Dars
jarayoni faqat o'qituvchi va o'quvchilarning darsdagi ham korlik fao-
liyati tashkil topishining tashqi ko'rinishini aks ettirib qolmasligi, balki
o'quvchilar bilish faoliyati bilan b ogiiq ichki jarayonning m ohiyatini
ham ifodalashi lozim.
Kamol toptiruvchi ta iim sharoitida «darsning strukturasi» tu-
shunchasini aniqlashda uni uchta: didaktik, mantiqiv-psixologik va
m etodik shartlar asosida ko'rib chiqish tavsiya etiladi. Bunda doimiy
komponentlar: oldin o'zlashtirilgan bilim va harakatlar usullarini
faollashtirish hamda qo'llashdan, ko'nikm a va m alakalarni shakllan-
tirishdan iborat didaktik struktura asos bo'ladi (M .I.M axmutov).
Hozirgi zamon darsining eng muhim xususiyatlari yangi o'quv
m avzuini va uni amalda qo'llashni o'zlashtirish bilan birga, ilgari
o'rganilgan narsalarni o'zlashtirish, sintez qilish, takrorlash va m us
tahkam lash, nazorat qilish kabi elem entlarining o'zaro bogianishidir.
T.A .Ilina dars jarayonida barcha asosiy elementlarini o'z ichiga olgan
tipini, ya’ni umumiy yoki aralash darsni tavsiya etadi.
46