Innovatsiya va intergatsiya


I N T E G R A ! S IY A N IN G HOZ1RG1 Z A M O N



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/106
tarix04.10.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#152089
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106
Р. Мавлонова (1)

I N T E G R A ! S IY A N IN G HOZ1RG1 Z A M O N
M i A M M O L A R I
Boshlangich maktab taMim-tarbiyasini integratsiyalash muammosi 
nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir. Keyingi 
paytda boshlang'ich ta’limni integratsiyalash masalasiga bir qancha 
yondashishlar bo'ldi: darsni ikki fan o'qituvchisi olib borishi yoki ikki 
fanni bir darsga birlashtirib. uni bir o'qituvchi tomonidan o'tilishidan to 
integratsiyalangan kurslar tashkil etish, boshlang'ich ta’lim mazmunini 
tubdan o'zgartirishgacha. Bunga maktab ham. didaktika va metodika 
ham tayyor emas.
Hozirgi kunda asosini tabiatshunoslik bo’yicha bilimlar tashkil 
etuvchi integratsiyalangan kurs yaratish muammosi dolzarb bo'lib 
turibdi. Bular boshqa turdagi bilimlarni jipslashtiruvchi asosiy vazifani 
o’z zimmasiga oladi. Bundav yondashish anchadan beri m a lu m va 
diet el maktablari tajribasida hal etilgan. Bunda so“z faqat sinflarda
178


emas, balki umumiy ta’limning o'rta va tugallovchi bo‘g‘inlarida ham 
bir qator fanlarning mazmunini integratsiyalash ustida bormoqda. 
Bu integratsiyalangan fanga tabiat va jamiyatning birligini tushunish 
uchun zarur bo‘lgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy-estetik g'ova va 
tushunchalarni kiritish kcfzda tutilgan.
Keyingi pavtda maktab ta'limini integratsiyalash to‘g4risida ko'p 
so'z yuritilmoqda. Oiimlar va amalivotchi o'qituvchilar bolalarda 
qanday qilib dunyo to‘g'risida yaxlit tushuncha hosil qilish va turli 
fanlar bo'yicha bilimlarni yaqinlashtirish uchun bir butun dasturni 
tuzish to'g'risida bosh qotirishyapti. Bir-biriga yaqin bo6lgan fanlarni 
birlashtiruvchi kurslar tashkil etish harakatlari bolmoqda: Masalan, 
matematika va konstruksiyalash, tasviriv san’at va badiiy mehnat. Bu 
kurslarning samaradorligini xorijlik pedagoglarning ko'p yillik ishlari 
natijalari bo'yicha baholash mumkin. Zero, integratsiyalangan kurslar 
chet el maktablari uchun odatiy holga aylangan.
Chet el tajribasi bilan tanishish shuni ko‘rsatdiki4 tabiat va 
jamiyat haqidagi bilimlarni rivojlantirish uchun asos boluvchi integ­
ratsiyalangan fanlar ko‘pgina mamlakatlarning o'quv dasturlariga 
kiritilgan. Bu ekologik yo‘nalishga ega bo‘lgan integratsiyalangan 
fanlar jahon hamjamiyatida o'quvchilarda atrof-muhitga javobgarlikni 
shakllantirishning asosiy vositasi ekanligi to'g'risida xabar beradi.
Hozirgi kunda integratsiyaning bir necha usullari qo'llaniladi. 
Birinchisi, bir nechta fanlarni bir fanga birlashtirish. Shu masaladagi 
]988-yilda chop etilgan xalqaro pedagogik tajriba yakunlariga 
bag'ishlangan tadqiqot - foydali manba ko'pgina xorijiy mamlakatlar 
boshlang'ich maktablarining o'ziga xos xususiyati integratsiyalangan 
kurslar bo'yicha ta’lim bo4ib qoldi. Kursning maqsadi bolani dunyo 
bilan suhbatga tortish, inson tabiat, jamiyat, fan, san’at bilan suhbat- 
lashishga faqat odamlar suhbatlashadigan til bilangina emas. hayvonlar, 
o’simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilan oiimlar foydalanadigan 
til bilan tanishtirishdir. Kichik maktab o‘quvchisiga fikr doirasi keng 
boMgan muloqot san’atining boshlang'ich savodini egallashda yordam 
berish muhimdir. Bu savod o'zida odamlar bilan muloqotdan tortib 
(tengdoshlar, katta yoshdagilar, kichik yoshdagilar) o^z-o'zi bilan 
muloqotdan to atrof-muhitdagi hodisalar bilan muloqotni qamrab oldi.
179


Kursning maqsadi -
o'zi
ishlayotgan о lam haqida, narsa va hodisalar 
orasidagi bogliqlik, o'zaro yordam xususida va eng asosiysi. insonning 
ichki (ma'naviy) va ijtimoiy dunyosi, olarnda hukm suruvchi qonunlar 
(tabiiy, ilmiy. tarixiy. axloqiy) haqida keng tushuncha berish. Asosiy 
urg'u faqat ma'lum bilimlarni egallashga emas, balki tasvirli fikrlashni 
rivojlantirishga beriladi. Olamning umumiy ko'rinishi tovushlar, 
tasvirlar. ranglar orqali tanishtiriladi, bola esa ham dunyoni, ham o‘zini 
o’rganuvchi, tekshiruvchi o'ringa qo4 adi. Bunda kurs ta’limi kichik 
maktab o'quvchilarining parallel ravishda asosiy fanlarni oVrganishlari 
hamda o‘rta maktab ta’limida qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Kursning tuzilishi q and ay? Kursning integrativligi uning tuzilishiga 
xos xususiyatlarni belgilab beradi. Yil uchun umumiy bo'lgan bir mavzu 
liar chorakning asosiy mavzusida o'z nvojini topadi. Shunday qilib, 
kurs asosiga qo‘yilgan g ’oyalar (fikrlarning) ning gorizontal harakati 
am alga oshiriladi. Xuddi shu yoM bilan vertikal harakat ham amalga 
oshiriladi (sinfdan sinfga). bunda har bir mavzu bolaning o'sishiga 
qarab murakkablashib boradi. Integrativlik insonning olam bilan o'zaro 
aloqalarida aks etuvchi mavzularga kiritilgan: bola idrokida noma’lum 
boigan uzoq olam bilan (kosmos, yulduzlar. yer kurrasi, kattabo"shliqlar 
va vaqt qadri), yaqin olam bilan (mikroolam. uy oldidagi hayvonlar va 
0
‘simlik dunyosi, ona-Vatan tabiati va boshqa mamlakatlar tabiati); 
insonlar olami bilan (tuiii mamlakatlar va madaniyatlar, sivilizatsiya 
markazlari. insonning inson va jamiy at bilan munosabatlari. insonning 
ichki dunyosi); madaniy dunyosi bilan (xalq ijodi, rassom va oiimlar 
ijodi. ma'naviy qadriyatlarni saqlovchi odamlarning ishlari). Shu 
olamlar ichra sayohatning mavjudlik qonuniyatlari, tillarning o'ziga 
xos xususiyatlarini ochish - kurs tizimining asosiy mantiqidir. Kurs 
oddiylikdan murakkablikka, bilishdan ilmga, tartibsizlikdan uyg‘un- 
likka va ijodga boigan harakatni taklif qiladi. Bola dunyo yaralishining 
«gishtchalari» bilan tanishadi, olamning boshlanishiga, insonning 
yerda pavdo bo'lishiga murojaat qiladi. So'zlar. sonlar siri, yashil barg, 
qadimiy afsonalar jumboqlarmi ochish yuzasidan fikrlavdi. 0 4quvchi 
makon va zamon ЬоЧ lab sayohatga otlanadi. Shunday qilib, bola har 
kuni ochishi kerak b o igan olamning go'zalligi va turli-tumanligini 
his qiladi. Murakkab dunyoqarashlar, ilrniy, badiiy g'oyaiar bola
180


tushimishi uchim qulay, tasvirli mavzularda o'z aksini topgan, ular 
yil tmmdarijasini tuzishga imkon beradi, Bir tartibga solingan tizim 
shu kursning o'ziga xos xususiyatidir. Bunday o‘yinlarga yondashish
6—10 yoshdan boshlanadi. Bu o‘yinlar murakkab bilim orttirishga
badiiy; axloqiy masalalarni ha! qilishga yordam beradi. Yil va chorak 
mundarijasiga turli ertak qahramonlari («Zumrad va Qimmat», «To6g‘ri 
va egri», «BoYi bilan tulki», «Tulki bilan turna», «Kichik shahzoda», 
«Karlson», «Dyumovochka» va boshqalar)ning kirltilishi ham shu maq- 
sadga xizmat qiladi. Ular mavzudan mavzuga yetaklab, yangi narsa- 
larni bilib olishga yordam beradi. Kursda shaxsga moslangan yo'na- 
lishga ega faqatgina sinf yoki guruhga emas, har bir bolaga ah am iv at 
beriladigan qilib ishni tashkil etish nazarda tutiladi. Bund a uning 
shaxsiy fazilatlari, qobiliyatlari alohida ko'rsatiladi, qiziqishlari hisobga 
olinadi. Shu maqsadda «O'z yulduzingni yoq», «Guldastada sening 
guling», «Sen sevgan kitob» kabi o'yinlardan foydalanish mumkin. 
O 'yin davomida diqqat-e’tibor birgina bolaga qaratiladi (masalan, 
tug‘ilgan kun munosabati bilan osmonda vangi yoritilgan yulduz uning 
nomi bilan ataladi yoki katta guldasta bayram egasiga yoqadigan gul 
bilan boyiydi). Sevimli kitob esa sinf kutubxonasini toMdirish bilan 
birga egasining imzosiga ega boiadi.
Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarnmg qiziqish va qobiliyat- 
lariga moslashish ularning badiiy faolligini rivojlantirishni taqozo 
qiladi. Bilim olish, badiiy-hayotiy masalalarni hal qilish o^ziga xoslikni, 
uddaburonlikni, epchillikni rag*batlantirishni nazarda tutyapti. Shu 
mimosabat bilan bolalarning she'r va hikoyalar yozish, yangi raqs o'ylab 
topish, shirin taom pishirish, biron asbob yoki o4simliklardan shakllar 
yaratish kabi mustaqil ijodiyotning turli yoMlari bilan rag'batlantirib 
borish taqozo etiladi.
Emotsional tomonlarni rivojlantirishga katta ahamivat beriladi. 
Mashg‘ulotlar bolalarda ko‘rish va eshitish qobiliyatlarini, material lar 
sifatini (fakturasini) ushlab koYib, ajrata bilish qobiliyatini, sezish 
tuyg'ularini (hid va ta’mni ajrata olish qobiliyatlarini) rivojlantirishga 
yordam beradi. 
«Ovchilar», «Hay von lar», «Izquvarlar» o‘yinini 
o'ynash bolalarga faqat umumiy bilimlarga ega bo'lish, masalalarni 
mantiqan hal eta bilishnigina emas, insonga berilgan barcha his-
181


tuyg‘ular ham muhim ekanligini ko^rsatib beradi. Ularni rivojlantirish 
o‘ta nozik tuyg'ularning shakllanish yo'lidir. Bunga yorqin tasvirlarga, 
san'at asarlari. tabiat bilan zavqlanishga murojaat qilish orqali erishish 
mumkin. Bolalarda salbiy, xunuk, yomon narsalarga ham emotsional 
munosabatni rivojlantirish lozim. Bunga ertaklar o'qish, turli sahna 
ko'rinishlari qo'yish yordam beradi. Bolaning his-tuyg‘ulari uning 
jismoniv rivojlanishi bilan bo g iiq harakat qilishga, o4z holatini 
badan harakatlari, imo-ishoralar. raqs orqali ko'rsatib berishga im- 
kon beruvchi mashqlarni kiritish lozim. Kursni tashkil qilish va 
ish shakllari haftasiga ikki soatga mo'ljallangan. Hafta oxirida ikki 
soatlik dars o'qish maqsadga muvofiq. Bunda bolalar. bir tomondan
asosiy darslardan ancha dam olishadi. ikkinchi tomondan, keyingi 
hafta darslariga tayyoiianishadi. Sunday ikki soatlik darsni «Ijod 
soati». «Xayol (orzu) darsi» deb nomlash mumkin. Dars o'tishdagi 
asosiy shart - sinfda zarur. mos muhitni yaratish: polga gilam solish, 
Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin