dialektik falsafa poydevoriga quriladi. U voqelikning sovuqqonlik, loqaydlik bilan yozilgan tavsifi emas, balki moddiy olam haqidagi qarama-qarshi tushunchalarning o'zaro kurashish maydoni va quroli- dir. Fanlar - e’tiqodlarni shakllantirishning kuchli omili. Shuning uchun yoshlarimiz olgan bilimlar ularning e'tiqodiga aylanishi juda muhimdir. Mana shu vazifalarni amalga oshirishda o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muhim talabdir. Biz faqat ana shunga asoslanib bolalarni mustaqil o'ylashga o‘rgatishimiz, ularda o'zlarining qarashlari va nuqtayi nazari tizimini tarkib toptirishimiz mumkin. Agar bilimlarni bayon etish, ishning usullarini ko'rsatish mumkin boisa, ijodiy faoliyatni o'rgatish uchun o‘quvchilarni xuddi ana shu faoliyat jaravoniga bevosita jalb etish shart. Mana shu muammo bo'yicha ayrim mulohazalarni ifodalashga harakat qilamiz. Avvalo, har qanday ijodkorlik, xususan, o'quvchilarning ijodkorligi maxsus tayyorlangan sharoitlarda amalga oshishi mumkin. Bunda bilimlar, ko'nikmalar va malakalar tizimi hal qiluvchi omil bo'ladi. Ijodni, ijodkorlikni qanday tushunish kerak? Odatdagi tushunchaga ko'ra, ijod ozchilik kishilarning, buyuk san’at asarlarini, yangi mashinalar, dastgohiar va hokazolarni yaratadigan iste'dodli odamlarning qisma- tidir. Lekin ijod buyuk asarlar yaratishdangina iborat emas, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o'ylab topishi, ozgina bo'lsada, qandaydir yangilik yaratishi ham ijoddir. Ijod jaravoniga tasodif sifatida emas, balki qoida sifatida qarash lozim. O'quvchining ijodini qanday tushunish kerak? Bolalar hech qanday yangilik varatmaydi- ku? O'quvchining ijodkorligi, eng avval, uning har qanday faoliyat jarayonidagi: o'ziga xos usul bilan masala yechishi, insho yozishi,