O’qitish jarayonida pedagogik texnologiya talablari asosida ifoda etilgan, o’quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o’qitish samaradorligi, asosan, o’quvchi shaxsining o’qitish jarayonidagi o’rni, pedagogning unga bo’lgan munosabati kiradi. Shundan kelib chiqan holda o’qitish texnologiyalarini ikki turga ajratishimiz mumkin bo’ladi: avtoritar va shaxsga yo’naltirilgan.
Avtoritar texnologiyada: pedagog shaxsi yagona subyekt sifatida markazda bo’ladi. O’quvchi talaba esa faqatgina obyekt funksiyasini bajaradi. Bunda talab mustaqiligi va tashabuskorligi pedagog tomonidan qisma faolsizlantiradi. Bu texnologiya Komenskiy tomonidan auyib o’tilgan, didaktika tamoyillariga qarab tuzilgan ’’sinf-dars’’ tizimida tashkil etiladi.
Shaxsga yo’naltirilgan: bunda asosan ta’lim tiziminiing asoasida talaba turadi. Dars mashg’uloti talaba, o’quvchi tamonidan olib boriladi. Bu shakldagi texnologiya bo’lajak pedagogga ta’lim jarayonida sog’lom muhit yaratish uni ta’limdagi nizo va inqirozlardan asrash, talabaning pedagogik mahoratini rivojlantirishga yordam berish kerak.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalaridan foydalanish natijasida ta’limning samaradorligini oshirish ko’zda tutiladi. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalaridan biri muammoli ta’lim texnologiyasidir. Muammoli oʼqitish bu takomillashgan oʼqitish texnologiyasidir. Hozirgi ta’lim tizimida samarador oʼqitish texnologiyasi - bu muammoli oʼqitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli oʼqitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi.
Muammoli oʼqitish jarayonida talabaning mustaqilligi oʼqitishning reproduktiv shakllariga nisbatan tobora oʼsib boradi. Maʼlumki, oʼqitishning har qanday asosida inson faoliyatining muayyan qonuniyatlari, shaxs rivoji va ular negizida shakllangan pedagogik fanning tamoyillari va qoidalari yotadi. Insonning bilish faoliyati darajasini, mantiqiy bilish ziddiyatlarini hal qilishda obʼektiv qonuniyatlari didaktik tamoyillarga tayanadi.