har bir o'quvchi maqsadga muvofiq kamol topishini va zaruratga qarab
o'zining bilim larini mustaqil holda to'ldirib borish ko‘nikmalariga ega
bo'lishini ta'm inlash uchun kerak. Yakka tartibdagi ishlarni darsning
ham m a bosqichlarida tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday
ishlardan
bilimlarni m ustahkamlash, takrorlash va turli mashqlarni
uyushtirishda foydalanish juda osondir. Ular yangi materialni o'rga-
nishda ham g'oyat samaralidir. O ’quvchilar bilan olib boriladigan yakka
tartibdagi ishlar rejasini quyidagi vo'sinda tuzish mumkin:
- dastlab mustaqil ishlarni o'tkazish hamda o'quvchi yashaydigan
va o'qiydigan sharoitlarni tahlil qilish orqali
uning imkoniyatlarini
o'rganish;
- o'quvchilar bilan yakka tartibda ishlashning didaktik vositalarini
yaratish:
- har bir o‘quvchi uchun eng maqbul topshiriqlarni ham da bilim
olishi va kamol topishini nazorat qilish sistemasini belgilash, o'quvchini
o‘z vaqtida m urakkabroq m asalalarni hal qilishga o'rgatish,
amalga
oshirilgan ishlarni tahlil qilish va um umlashtirish. tuzatish va xulosalar
chiqarish.
Dostları ilə paylaş: