Innovatsiyalar vazirligi andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 326,88 Kb.
səhifə1/6
tarix15.04.2023
ölçüsü326,88 Kb.
#98381
  1   2   3   4   5   6



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM” (SIRTQI) YO‘NALISHI
1-BOSQICH 103-GURUH TALABASI
ABDULLAYEVA GULNORANING

FAN: MAKTABGACHA TA’LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISH
MAVZU: Ijodiy o'yinning bolalar hayotidagi ahamiyati

KURS ISHI

ILMIY RAHBAR: _________________________
BAJARDI: Abdullayeva G.

ANDIJON 2023 yil


MAVZU: Ijodiy o'yinning bolalar hayotidagi ahamiyati


MUNDARIJA:


KIRISH

  1. Ijodiy o'yinning bolalar hayotidagi ahamiyati.

  2. Ijodiy o‘yinlar, qoidali o‘yinlar, milliy o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyatlari

  3. Maktabgacha yoshdagi bolalar idrokini ijodiy о‘yinlar orqali rivojlantirish

  4. Maktabgacha yoshdagi bolalar syujetli-rolli o’yinlarning ahamiyati



XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI


KIRISH


Taʼlim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi”, 1

Shavkat Mirziyoyev




Mavzuning dolzarbligi: Ko‘plab mamlakatlarda qariyb 200 million bola maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagani natijasida ularning boshlang‘ich bilim olish imkoniyatlari cheklanmoqda. O‘z navbatida, keyingi bir necha yil davomida koronavirus pandemiyasi ta’lim sohasiga ham katta salbiy ta’sir ko‘rsatgani sir emas. Mana shunday sinovlar davrida barcha davlatlarning yaqin hamkorlikni yanada chuqurlashtirishi, xalqlarimiz o‘zaro birlashib, muammolarni birgalikda hal etishi naqadar muhimligini yaqqol ko‘rsatmoqda.
2022 yil 15 noyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan YUNESKOning Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishga bag‘ishlangan Butunjahon konferensiyasida davlat rahbarimiz Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilishini ta’kidladi.
“Biz kelgusida ham bu yo‘lda boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirib, 2025-yilda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish uchun barcha zarur choralarni amalga oshiramiz. Bundan tashqari, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish doirasida 2025-yilga qadar 6 yoshli bolalarning 100 foizini maktabga tayyorgarlik dasturi bilan qamrab olishni maqsad qilib olganmiz”2, — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.
Maktabgacha yosh bola rivojlanishining eng qulay davri hisoblanadi. Ayniqsa bola psixologiyasida kо‘plab о‘zgarishlar kо‘zga tashlanadi. Buni bolaning kognitiv rivojlanishida kuzatish mumkin. Mukammal, sog‘lom sezgilar bilan tug‘ilgan chaqaloqda idrok etishning dastlabki kо‘rinishlari shakllana boshlaydi. Keyingi rivojlanish bosqichi yoshma-yosh ulg‘aygani sari namoyon bо‘lib boradi.
Maktabgacha yoshdagi bola idroki sodda kо‘rinishga ega bо’lib, tevarak-atrofda sodir bо’layotgan voqea-hodisalar va predmetlarni tushunishi, о‘zlashtirishi asosiy faoliyati bо‘lgan о‘yinlar asosida yuzaga keladi. О‘yin doimo hayotni aks ettiradi. Shuning uchun uning mazmuni ijtimoiy voqelikda o’zgarib turadi. О‘yin – maqsadga qaratilgan o’ylangan jarayondir. О‘yin jarayoni asosida o’quv faoliyati rivojlanadi. Bola yoshligida qancha ko’p o’ynasa, maktabda yaxshi o’qishiga va keyinchalik mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
О‘yin nazariyasining asosiy masalalari quyidagilardan iborat:

  • О‘yinning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari.

  • О‘yinning bola hayoti va tarbiyasidagi o’rni.

  • О’yinning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari.

О‘yin - buyumli-predmetli va ijtimoiy voqelikda harakat qilish va uni anglashga yo’naltirilgan jarayondir. U o’zining kelib chiqishiga ko’ra, yo’nalish va mazmuniga ko’ra ijtimoiy voqelik hisoblanadi. О‘yin, bu bola faoliyatining yorqin turi. Unda maqsadning mavjudligi, sabablar, amalga oshirish vositalarining rejali harakatlari natijaning mavjudligi uning o’ziga xosligidir. Xususiyatlarning orasida sabablarning o’ziga xosligi asosiy hisoblanadi. О‘yin jarayonida bolaning psixik bilish jarayonlari, irodasi, hissiyoti, ehtiyoji va qiziqishlari, ta’sirchanligi – uning butun shaxsiyati shakllanadi.

Yüklə 326,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin