60
Darvoqe, Samarqand qog‘ozi bilan nom taratgan Konigil qishlog‘ining infratuzilmasi
bugungi kunda yaxshilanib, bu yer yanada ko‘rkamlashmoqda. Bu turizm
qishlog‘ida madaniy-ko‘ngilochar dasturlar tashkil etish uchun imkoniyat
yaratilmoqda, binolarning tarixiy qiyofasi tiklanyapti. Mehmon uylari, ovqatlanish
shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilyapti. Mehmonlarning tabiat qo‘ynida dam
olishlari hamda sayr qilishlari uchun Siyob arig‘i atrofida piyodalar yo‘lagi, dam olish
maskanlari tashkil etildi.
Bundan tashqari, Konigil qishlog‘ida ziyorat, agro, sanoat, tibbiyot va boshqa
turizm yo‘nalishlari tashkil etiladi. Shunda Samarqand qog‘ozining dovrug‘i yanada
oshadi.
Dostları ilə paylaş: