61
Xulosa
Bashariyat madaniyati taraqqiyotida Sharq kitobat san’atining beqiyos ta’siri
va o’rni bor. Markaziy Osiyoda ushbu san’atning
shakllanishi ilk marotaba
eramizning II asrida Xitoyda qog’ozning ixtiro qilinishi hamda uning ishlab
chiqarilishi bilan uzviy bog’liq. VIII asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran
Samarqandda Xitoy qog’ozidan sira qolishmaydigan, hatto undan-da sifatli ashyo
kashf etishga erishildi.
Yer
yuzining sayqali, deya ta’riflanadigan bu manzilda oliy navli qog’oz
ishlab chiqarish uchun kerakli xom ashyoning barcha turi — ipak, paxta, kanop,
qamish, poxol, tut novdasining po’sti kabi ne’matlar mo’l edi. Ular mohir
ustalarning qo’lida nafis va jiloli qog’ozga aylanardi. Shu tariqa ona Vatanimizda
tayyorlangan qog’oz turlariga nisbatan “Samarqand qog’ozi” yoki “Sharqona
qog’oz” degan shartli atamalar ishlatildi. Ko’p o’tmay, mazkur kashfiyot butun
olamga dovrug’ taratdi.
Manbalarda yozilishicha, hali Yevropada papirus
hamda pergament asosiy
yozuv ashyosi sifatida foydalanilayotgan bir paytda Sharq mamlakatlarida
allaqachon qog’oz ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgandi. Bu esa, ayniqsa, hozirgi
Markaziy Osiyo hududlarida qo’lyozma kitoblarning yoyilishiga keng imkoniyat
yaratdi.
1931-yili Mug’tepa tog’idan topilgan Samarqand hukmdorlariga oid hujjatlar
va Tuproqqal’ada qo’lga kiritilgan Xorazm arxiv materiallari So’g’diyona, Xorazm
hamda Baqtriyadagi qog’ozga yozilgan mahalliy qo’lyozmalarning
arablar
bosqinidan avvalgi davrlarga oidligini asoslaydi. Nima bo’lganda ham, X asrning
oxirlariga kelib, Samarqand qog’ozi papirus va pergament o’rnini tamoman egalladi.
O’rta asrlarda Samarqandda qog’ozsozlik keng ravnaq topdi. Tadbirkor
ajdodlarimiz o’z mahsulotlarini nafaqat qo’shni davlatlar, balki Buyuk Ipak Yo’li
orqali Yevropa bozorlariga olib chiqishdi. Tabiiyki, ushbu jarayon natijasida jahon
olimlar, yozuvchi hamda shoirlar, kotibu naqqoshlar yurtimizda tayyorlangan yuqori
62
sifatli qog’ozlardan foydalana boshlashdi. Samarqand qog’ozining ta’rifi
haqida
buyuk san’atkor,xattot Sulton Ali Mashhadiy shunday yozadi: “Har qancha sinasang
ham Xitoy qog’ozidan yaxshisi yo’q. Ammo Samarqand qog’ozi bebahodir. Agar
sen aqlli odam bo’lsang, undan voz kechma, undagi yozuv ravon va go’zal bo’ladi.
U oddiy bo’ladimi, “sultoniy” bo’ladimi, yaxshisini olishga harakat qil”. Zahiriddin
Muhammad Bobur esa: “Olamda yaxshi kog’az Samarqanddin chiqar, Juvozi
kog’azlar suyi tamom Konigildin keladur. Konigil Siyohob yoqasidadurkim, bu qora
suvni Obirahmat ham derlar”, deya yuksak e’tirof etadi.
Markaziy Osiyoda davrlar mobaynida qog’oz ishlab chiqarishning bir nechta
turlari paydo bo’ldi. Ayni zamonda unga hamohang tarzda ularni anglatuvchi yangi
atamalar ham shakllanib bordi. Bunday qog’oz turlaridan biri “qog’ozi abrishemiy”
deb nomlangan. U juda sifatliligi, tozaligi hamda pishiqligi
bilan barcha savdo
ahlini, ayniqsa, yevropalik savdogarlarni o’ziga rom etgan. Mazkur qog’oz turining
bunchalik xaridorgir bo’lishi sababi uning ipakdan tayyorlanganligidadir. Shu
tufayli “qog’ozi abrishemiy” jahon bozorida oltin tengida baholangan. Yana bir
qog’oz navi “qog’ozi nimkatoniy” deb atalgan. Ushbu qog’oz turini tayyorlashda
ipak va kanop tolasi (katon)dan teng nisbatda foydalanilgan. Mazkur qog’oz navi
ham “qog’ozi abrishemiy” singari juda sifatli, pishiq bo’lib, pardozi hamda nafisligi
bilan undan sira qolishmasdi. Bundan tashqari, “qog’ozi nimkatoniy” yaltiroqligi va
fusunkorligi bilan boshqa qog’oz turlaridan ajralib turgan.
Sharqda, shuningdek, qog’ozning yana bir necha
turlari ishlab chiqarilgan
hamda ular tayyorlangan joyiga nisbat berilgan holda, “qog’ozi samarqandiy”,
“qog’ozi buxoriy”, “qog’ozi davlatobodiy”, “qog’ozi sultoniy”, “qog’ozi haririy”
(ipak qog’oz) deb nomlangan.
Albatta, ulug’ ajdodlarimiz tomonidan kashf etilgan qog’ozning Buyuk Ipak
yo’li orqali Yevropa bozoriga yetkazib berilishi jahon miqyosida ilm-fanning, u
asosida texnika va texnologiya taraqqiyotining tez sur’atlar bilan rivojlanishiga
zamin yaratdi. Samarqand qog’ozi kashfiyoti natijasida
dunyo nashriyotchiligi
shakllandi hamda ravnaq topdi. Ilgari bir kitobni tayyorlash uchun yuzlab hayvon
63
terisidan ne mashaqqatlar bilan teri sahifalar tayyorlangan bo’lsa, keyinchalik
Samarqand qog’ozi asosida sohaning oson va qulay texnologiyasi kashf etildi.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda qog’oz ishlab chiqarish sanoati yanada
rivojlandi. Samarqand qog’ozi bugungi kunda ham jahonning eng sifatli qog’ozlari
sirasiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: